“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-20, Issue-2, November - 2022
162
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA
TALABALARNING IJODIY
QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING SHART-SHAROITLARINI
VA SAMARODARLIGINI OSHIRISH USLUBLARI
Ochilova Mo`tabar Safoevna
Toshkent Arxitektura qurilish instituti o`qituvchisi
Mavzuning dolzarbligi
. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy
sohalarida bo‘layotgan tezkor o‘zgarishlar ta’lim tizimini
ham tubdan isloh qilishni
taqozo etmoqda, chunki mukammal ta’lim tizimi orqali respublikamizning kelajak
intellektual imkoniyatlarini va uni gullab yashnashi hamda
rivojlanishini belgilab
beruvchi yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil
faoliyat yuritadigan qilib
tarbiyalashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. SHuning uchun ta’limda eng muhim strategik
yo‘nalish bo‘lib ta’lim muassasalarini innovatsion faoliyati hisoblanadi. Bu esa barcha
ta’lim muassasalarida,
ayniqsa ijodkor, yuqori salohiyatli mutaxassis pedagog
kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim orqali intellektual mulkni tayyorlash va intellektual
mulk tizimini innovatsion faoliyat ko‘rinishida amalga
oshirish bugungi kunning
dolzarb masalasi hisoblanadi.
Ijodiy qobiliyatlarni (kreativlik) baholashda berilgan
vazifani
yechishning
"engilligi",
"moslashuvchanligi
va
egiluvchanligi",
"orginalligi"ga e’tibor beriladi.
QOBILIYATLARNING TABIIY SHARTLARI
Har bir kishida tug’ma layoqat nishonalari, ya’ni miyaning oliy nerv faoliyatining
analizatorlarining o`ziga xos xususiyatlari bor bo`ladi,
binobarin, kelgusida biror
qobiliyatni rivojlantirishga bo`lgan muayyan moyillik ana shunga bog’liqdir. Tabiiy
anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning
fiziologik asosini tashkil
etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui kishining
iste’dodi deyiladi. Lekin bu tabiiy layoqat nishonalari muvaffaqiyatli faoliyatning
to`la-to`kis shart-sharoiti bo`la olmaydi. Layoqat nishonalarini rivojlantirish kerak, bu
esa faoliyat jarayondagina ruy berishi mumkin. Layoqat nishonalari ko`p qiymatlidir,
yana tegishli sharoitlar mavjud bo`lganda, faoliyatga qarab layoqat nishonalari asosida
turli qobiliyatlar rivojlanishi mumkin. Masalan, yaxshi
eshitish va ohangni sezish
qobiliyati mavjud bo`lganda bir kishi kompozitor, ikkinchisi yaxshi ijrochi, uchinchisi
yaxshi dirijyor, to`rtinchisi musiqa tanqidchisi va hokozolar bo`lib yetishmogi
mumkin. Qulay sharoitlar mavjud bo`lganda ayrim kishilarda
qobiliyatlar juda erta
rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san’atga bo`lgan layoqat ancha ertaroq paydo
bo`ladi. Masalan, M.I. Glinka 3-4 yoshidayoq shunday o`yinni juda yoqtirgan: u ovoz
chiqaradigan turli buyumlarni (mis, tog’oracha, kostrilka) yog’och bilan chalgan.
Bunda kattalarni hayron qoldiradigan darajada ohangdosh tovushlar paydo bo`lganki,
ularni eshitish maroqli edi. Keyinchalik bu bola buyuk kompozitor bo`lib yetishdi.