Tasdiqlayman” yobib direktor o`rinbosari



Yüklə 436,67 Kb.
səhifə1/10
tarix31.05.2023
ölçüsü436,67 Kb.
#114640
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Manaviyat soati 2-kurs 2023


TASDIQLAYMAN”
YOBIB direktor o`rinbosari
_______________ P. Jumayev

Mavzu: “ Milliy armiya-xalqimiz ishonchi vatanimiz qudratidir. (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).


Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har bir kasbning o`z o`rniga ekanligini uqtirish, har bir shaxs jinsidan qat’iy nazar kasb egasi bo`lishiga haqli ekanligini singdirish, Vatan himoyachilariga bo`lgan hurmat va iftixorni rivojlantirish.
O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Harbiylik – mardlar kasbi Mardlar qo`riqlaydi, Vatanni!”
Demak, harbiy bo`lishni istovchi yoshlar safi yil sayin kengayib bormoqda. Muhimi, ularning orzulari amalga oshmoqda. Harbiy xizmat oilaviy kasbga aylanib, harbiylar sulolalari paydo bo`layapti. Istiqlol tufayli harbiy xizmat sharafli kasbga aylandi. Yoshlar harbiy kasbga katta havas va qiziqish bilan qarashmoqda. Bu oddiy qiziqish emas, ulardagi vatanparvarlik tuyg`usining yuksakligi hamda Vatan tinchligi va daxlsizligi uchun o`zlarini mas’ul deb bilishlarining ifodasidir.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, harbiy sohada ham keng ko`lamli islohotlar amalga oshirildi. Xususan, mudofaa ishlari boshqarma va bo`limlarining chaqiruv punktlari, harbiy qismlarning o`quv sinflari zamon talablari darajasiga keltirildi. Yigitlarni harbiy xizmatga tantanali kuzatish va kutib olish mustaqillik yillarida yaxshi an’anaga aylandi. Bunday marosimlarda ota-onalar, mahalla tizimi, jamoatchilik vakillari, mehnat va urush faxriylari faol qatnashmoqda. Badiiy jamoalarining konsert dasturlari namoyish etilmoqda. Yoshlarning askar bo`lishga havasini kuchaytirayotgan yana bir omil – harbiy xizmatdan qaytgan yigitlarning ishga joylashishi va o`qishga kirishlarida berilayotgan imtiyozlardir. Harbiy xizmatni namunali o`tab, qo`mondonlikning tegishli tavsiyanomasiga ega bo`lgan yoshlarning ko`pchiligi oliy ta’lim muassasalariga o`qishga kirayotgani armiyamizning obro`-e’tiborini yanada oshirmoqda. Harbiy xizmat yoshlarimizni ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol voyaga yetkazadigan hayot maktabiga aylangani mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasini yaqqol namoyon etmoqda. Bu jarayonda chaqiriqqacha yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, boshlang‘ich harbiy ta’lim berish sohasidagi ishlar samaradorligi oshgani, harbiy qismlar bilan jamoatchilik o`rtasida doimiy aloqaning keng yo`lga qo`yilgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, har yili Vatan himoyachilari kuni oldidan mudofaa ishlari bo`limlari joylardagi harbiy qismlar bilan hamkorlikda mahallalar, korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarida turli uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar tashkil etmoqda. Uchrashuv va suhbatlarda mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, samaralari, harbiy xizmatchilar hayoti, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida keng ma’lumotlar berilmoqda.
Topshiriq: “Orzuga ayb yo`q” mashqi. Harbiy bo`lish har bir yigitning orzusi, armiyaga borgan har yigit qizlarning hurmatiga sazovardir. Fikrimga qo`shilasizmi? Fikrlar maydoniga marhamat.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

Gurux rahbari _____________________
TASDIQLAYMAN”

Yüklə 436,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə