Tovushlar talaffuzini shakllantirish mustahkamlashga qaratilgan o‘yinlar



Yüklə 112 Kb.
səhifə1/11
tarix12.04.2023
ölçüsü112 Kb.
#105106
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1545027717 73308


Tovushlar talaffuzini shakllantirish mustahkamlashga qaratilgan o‘yinlar

Reja:


  1. Sirg‘aluvchi tovushlarni nutqqa qo‘yish, mustahkamlash va farqlashga qaratilgan o‘yinlar.

  2. Shovqinli tovushlarni nutqqa qo‘yish, mustahkamlash va farqlashga qaratilgan o‘yinlar.

  3. Sonor tovushlarni nutqqa qo‘yish, mustahkamlash va farqlashga qaratilgan o‘yinlar.

  4. Til orqa tovushlarni nutqqa qo‘yish, mustahkamlash va farqlashga qaratilgan o‘yinlar.



Sirg‘aluvchi tovushlarni nutqqa qo‘yish, mustahkamlashga qaratilgan o‘yinlar
Ma’lumki, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishda uning sabablariga alohida e’tibor beriladi. Chunki, artikulyatsion motorika harakatchanligining yetishmasligi va fonematik idrokning rivojlanmaganligi tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladi. Fonematik idrokni shakllantirish va rivojlantirish ishlari esa tovushni nutqqa qo‘yish va mustahkamlash ishlari bilan parallel ravishda olib boriladi. Tovushlar talaffuzining buzilishi aoosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo‘lgan tovushlarda kuzatiladi. Shunday tovushlar qatoriga sirg‘aluvchi tovushlar kiradi. Bu tovushlardagi kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini bolalar uchun qiziqarli bo‘lgan o‘yin faoliyati bilan bog‘lab o‘tish orqali, korreksiyalash ishning samaradorligini oshiradi.
Nasos” o‘yini
O‘yinning maqsadi: Bolalarga “S” tovushini to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatish.
O‘yinning borishi: Bolalar stulchalarda o‘tirishadi. Logoped bolalarga shunday deydi: - Hozir biz velosipedda sayr qilishga chiqamiz. Velosipedda sayr qilishdan avval uning kamerasiga havo damlanganmi yoki yo‘qmi shuni tekshirishimiz lozim. Velosiped uzoq vaqtgacha minilmaganligi sababli kamerasi bir oz bo‘shab qolibdi. Unga havo yuborish kerak. Nasos bilan kameraga havo yuboramiz. Nasosdan chiqayotgan havo S – S -S, deb ovoz chiqaradi. Bolalar avval birma-bir, o‘ngra birgalikda nasos harakatiga taqlid qilib, kameraga dam uradilar. Kameraga dam berish vaqtida S – S - S tovushini cho‘zibroq talaffuz etadilar. Bolalar S tovushini to‘g‘ri talaffuz etishlari uchun lab va tilning to‘g‘ri holatda bo‘lishi va xavo oqimining til o‘rtasidan chiqishiga z’tibor berib borish zarur.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə