1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə10/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Biologik ehtiyojlar - bu - fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu), jinsiy, 

moslashuv ehtiyojlari. 

Ijtimoiy ehtiyojlar - bu - mehnat qilish, bilish, estetik va axloqiy-ma’naviy 

ehtiyojlar.

Boshqaruv jarayonida motivlarning turlari va anglanganlik darajasi 


farqlanadi.

Motivlar quyidagi turkumlarga ajratiladi:  
shaxsning ijtimoiy ehtiyojlariga mos motivlar; 
umumiylikka ega bo‘lgan motivlar; 
faoliyatga mos motivlar; 


-paydo bo‘lish xususiyati, muddatiga ko‘ra motivlar;

- aks etish darajasi nuqtai-nazaridan ierarxik vujudga kelgan motivlar. 

Amerikalik olim G.Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli 

tizimini ishlab chiqqan: 

A.Kognitiv komponent - ustanovka ob’ektiga aloqador bilimlar, g‘oyalar, 

tushuncha va tasavvurlar majmui; 




B.Affektiv komponent - ustnovka ob’ektiga nisbatan sub’ekt his qiladigan 

real hissiyotlar; 

V.Harakat komponenti - sub’ektning ob’ektga nisbatan real sharoitlarda 

amalga oshirishi mumkin bo‘lgan harakatlari majmui (xulqda namoyon bo‘lish). 
Xodimlarni motivasiyalash boshqaruv psixologiyasida katta o‘rin egallagan 
mavzulardan biridir. Afsuski, motivasiya so‘zining o‘zbek tilida to‘g‘ridan to‘g‘ri
tarjimasi mavjud emas va bu so‘z kundalik muloqotda kam ishlatiladi. Shu 
munosabat bilan motivasiya so‘zining psixologik mazmuni va boshqaruv
amaliyotida qo‘llanish imkoniyati haqida gaplashamiz. Motivasiya motiv so‘zidan 
kelib chiqadi va biron harakat sababi ma‘nosini anglatadi. Faoliyat asosi sifatida
avval odamda u yoki bu ehtiyoj paydo bo‘ladi, shundan so‘ng ehtiyoj qondirilishi 
uchun harakat amalga oshiriladi. Aynan shu harakatga turtki bo‘luvchi ichki kuch
motiv va ehtiyojni qondirish davomida ishga tushuvchi qator motivlar majmuasi 
motivasiya deb, ataladi. Boshqaruv sohasiga oid motivasiya - xodim yoki mehnat
jamoasini tashkilot maqsadlari sari faoliyatga undash ma‘nosini anglatadi.



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə