1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Motivasiyaning ikki shakli farqlanadi



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə11/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Motivasiyaning ikki shakli farqlanadi:

1.Tashqi motivasiya – xodimlarni ishga jalb etish va faoliyatga undash
maqsadidagi tashkilot tomonidan amalga oshiriluvchi tadbirlar.


2.Ichki motivasiya – odamning biron yo‘nalish bo‘yicha faoliyatini
ta‘minlovchi o‘z xohishi, ehtiyoji va manfaatlari.
Albatta, samarali boshqaruv amaliyoti nuqtai nazaridan motivasiyaning
ikkinchi shakli anchagina unumli va maqbul ko‘rinish kasb etadi. Xodimning biron 
faoliyatni o‘zi tanlashi, bu faoliyatga faollikni o‘zi qabul qilishi va maqsad sari
yo‘nalishi har qanday rahbar uchun xavas qilishiga arzigulik tashkiliy masaladir.
Rahbar o‘z itoatidagi xodimni biron ishga qanday jalb etish, maqsad sari
intilishini ta‘minlash va boshlagan ishini oxirigacha yetkazish haqida o‘ylar ekan, 
bu yo‘nalishda turli uslublarga murojaat etadi. Kimdir xodimni motivasiyalovchi
omil sifatida pul, moddiy mablag‘ degan tushuncha bilan yashasa, boshqa bir 
rahbar xodimning lavozimda, mansabda o‘sishi asosiy turtki deb qarashi, yana bir
rahbar esa xodimni faollikka undash asosi sifatida ish shart-sharoitini yaxshilash va 
xodimga munosabatni ijobiylashtirish deb tushunishi mumkin. Albatta, ushbu
sanab o‘tilgan omillarning hammasi turtki beruvchi kuch sifatida ishtirok etadi.


2.Motivasiya va shaxs ehtiyojlari. 
Har qanday motivasiyaning boshlang‘ich nuqtasi qondirilishi lozim bo‘lgan 
ehtiyoj, zaruratdir. Keyin esa ushbu ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq maqsad
aniqlanadi. Aniqlangan maqsad va anglangan ehtiyoj ushbu zaruratni qondirish 
ob‘yektini izlay boshlaydi va inson shu maqsad sari xatti-harakatni amalga
oshiradi. Bu jarayon inson faolligining eng sodda tarzdagi bayonidir. Dolzarb 
ehtiyojni aniqlash va uni qondirilishi bilan bog‘liq tadbirlar orqali o‘zgalar xulqini


boshqarish mumkin. Shu fikrga asoslangan holda xodimlarni boshqarishning


asosiy g‘oyasini quyidagicha bayon etish mumkin:
Tashkilot maqsadini ifoda etuvchi manfaatlarni xodim ehtiyojlari bilan
uyg‘unlashtirish xodimlarni samarali boshqarishning asosiy shartidir. Odatda, 
xodim tashkilotga kelar ekan, doimo uni mehnatga undovchi ichki kuch,
qondirilishi lozim bo‘lgan ehtiyoj mavjud. Rahbar bu ehtiyojni to‘g‘ri aniqlashi va 
tashkilot manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishi orqali xodim va tashkilot o‘rtasida
o‘zaro yakdillik hislarini tashkil etishi mumkin. Bu esa xodimning tashkilot 
maqsadlarini amalga oshirishdagi asosiy kuchlardan biridir. Ushbu fikrni quyidagi
chizma orqali ifodalash imkoniyati bor: 



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə