1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Partisipativlik uslubini qo‘llay oladigan rahbar shaxsi haqida gapirsak, u



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə42/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v


Partisipativlik uslubini qo‘llay oladigan rahbar shaxsi haqida gapirsak, u 
avvalambor, o‘ziga ishongan inson, yoshi katta, ma‘lumot darajasi ham yuqori,
xodimidagi tashabbus va intilishni qadrlaydi, undan ijodiy yondoshuv va 
qadriyatlarga sodiqlikni kutadi. Xodimga tegishli bo‘lgan xarakter xislatlari ko‘p
jihatdan bu uslubni qo‘llash doirasini kengaytirishi mumkin. Bu toifa xodimlarga 
quyidagi xislatlar tegishlidir: yuksak bilim va malakaga ega bo‘lish, mustaqil
fikrlashga intilish, ijodiy salohiyatga egalik, ishga katta qiziqishning mavjudligi 
hamda istiqboldagi maqsadga yo‘nalganlik, jamoada teng munosabatlarga intilish.
Bunday xodim uchun uning tashkilot hayotiga qo‘shayotgan ulushini baholash 
mezoni – hamkasabalari fikridir. Bunday xodim odatda tashkilotda yuqori
mavqyega ega. Partisipativlik uslubini qo‘llash imkoniyatining uchinchi manbai – 
guruh oldida turgan vazifadir. Bu vazifa quyidagi tavsiflarga ega bo‘lganda ushbu
uslub orqali maqsadga erishish mumkin: 
a) masala yechimlari ko‘pligi, agar uni har xil yo‘llar bilan hal etish imkoni
bo‘lsa;

b) nazariy tahlil talab etuvchi va yuksak maxorat orqali hal etiluvchi;


v) uni bajarish uchun o‘rta me‘yordagi ichki zo‘riqish talab etilsa. 
Lekin partisipativ uslubni qo‘llashga ba‘zi bir omillar to‘siqlik qiladi.
Xususan:
a) rahbar o‘z vakolatlarini xodimlar bilan bo‘lishishni istamaganda;
b) xodim kasbiy maxoratining pastligi, o‘z kuchiga ishonmasligi, biron ishni 
mustaqil bajarishdan cho‘chishi;
v) tashkilotda ma‘lumot almashuvi yomonligi natijasida zarur qaror ishlab 
chiqish imkoniyatining yo‘qligi;
g) ijtimoiy rag‘batlantirish sustligi natijasida hamkorlik munosabatlari 
shakllanmaganligi;


d) vazifani bajarish uchun sarflanadigan vaqtning kamligi;


ye) vazifaning hal etilishi avtoritar uslubni talab etadigan alohida 
vaziyatlarda.
Umuman olganda, boshqaruv uslublari mavzusi doimo rahbar va xodim, 
rahbar va jamoa munosabatlarining tarkibiy qismi sifatida tushunilishi lozim.
Shuning uchun ham rahbarning xodimlar bilan umumiy maqsad sari borishida 
nafaqat rahbar tanlaydigan uslub, balki xodimlarning xulq-atvori ham yetakchi rol
o‘ynaydi. Bu degan so‘z – rahbar biron uslubga moyilligini bildirib, uni qo‘llashi 
boshqaruvga bir tomonlama qarashdir. Vaholanki, rahbar jamoa holati va
vaziyatdan kelib chiqqan holda u yoki bu uslubga murojaat etadi.
Uslub umumiy maqsad yo‘lida borayotgan rahbar va xodim
munosabatlarining o‘zaro muvofiqlashuvi jarayonidir. U yoki bu boshqaruv 
uslubini qo‘llashdan maqsad, tashkilot manfaatini qondiruvchi vazifani iloji
boricha tez va samarali bajarishdan iboratdir. Qo‘llanilayotgan uslub bundan 
keyingi shu kabi topshiriqning kay tarzda bajarilishiga zamin yaratadi va jamoaga
vazifani bajarish imkonini beradi. Afsuski, ko‘pchilik jamoalar va hatto rahbarlar 
biron vaziyatni bajarishda doimo eski namunaga murojaat etishga o‘rganib
qolganlar va bu holat shu kabi vazifani bajarish uslubi deb atalishi mumkin. Lekin 
yangi vazifa takrorlanmas bo‘lib, uning doimo biron yangi jihatlari mavjud va bu
vaziyatda eski namunadan, uslubdan foydalanish maqsadga erishishni to‘la-to‘kis 
ta‘minlay olmaydi. Demak, uslubni qotib qolgan, doimiy vosita emas, balki
o‘zgaruvchan, rivojlanuvchan va dinamik jarayon sifatida tushunish o‘rinlidir. 
Mavzu bilan tanishish davomida o‘quvchilarda «qaysi uslub yaxshi?» degan savol
ko‘p tug‘iladi. Bunga javoban aytamizki, rahbar uslubdan yuqorida turishi lozim, u 
uslublarni yuqoridan «tomosha» qila olishi va vaziyatga muvofiq keladiganini
tanlab qo‘llay bilishi lozim. Lekin, bunday ta‘rif ham o‘zining cheklanishiga ega. 
Rahbar u yoki bu uslubni qo‘llar ekan, doimo guruh ustidan nazorat etish, uni
«yetaklash» vazifasini oladi. Bu esa jamoa faolligini, uning tashabbusini 
boshqarishdir. Beixtiyor, deyarli afsonaga aylangan voqyea esga tushadi.
Aytishlaricha, AQShning bir yirik kompaniyasi bir vaqtning o‘zida hamma 
filiallaridagi yuqori bo‘g‘in rahbarlarini mehnat ta‘tiliga chiqarib yuborgan.
Oradan bir hafta o‘tgach, ba‘zi tashkilotlarda ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmay, 
oldin qanday bo‘lsa shundayligicha davom etavergan. Ayrimlarida esa ishlab
chiqish sur‘ati birdaniga pasayib, rahbarning «yo‘qligi» sezilib qolgan. Demak, 
zamonaviy
boshqaruvning 
mahorati
– jamoaning maqsadga intilishini 
ta‘minlashdir.
Ushbu fikrni pedagogik psixologiyadagi holat bilan qiyoslasak, quyidagi 
misol o‘rinli bo‘lardi. Bola o‘z rivojlanishida hamma me‘yorlar bo‘yicha ulg‘ayib
borayotgan bo‘lsa, ota-ona uning o‘sishiga deyarli aralashmaydi va lekin 

ulg‘ayishida biron muammo yuzaga kelsa, darhol kerakli choralar ko‘riladi.


Jamoani boshqarishda ham rahbar, birinchi navbatda, maqsadga erishish sharoitini 
yaratishi va xodimlar harakatiga kam aralashuvi yuksak boshqaruv mahorati
belgisidir.
Qo‘l ostidagi xodimlarga xos bo‘lgan psixologik xislatlar ham u yoki bu
uslubni qo‘llashga asos yaratadi. Masalan, avtoritar tipga mansub shaxs an‘anaviy 
qarashlarga moyilligi, xodimning hissiyotiga befarqligi, o‘zgarishlarga qarshiligi
va hokimlikka intiluvchanligi bilan ajralib turadi. Aynan shu tavsiflarga ega 
bo‘lgan kimsa, o‘z navbatida, avtoritar rahbar qo‘li ostida ishlashga moyillik
bildiradi.

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə