15-mavzu. Yong‘in xavfsizligi choralari. Reja


O‘rim-yig‘im va saqlash obyektlariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə14/18
tarix22.06.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#89955
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
15- маъруза лотинча

O‘rim-yig‘im va saqlash obyektlariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari
Yig‘im-terim boshlanishidan oldin unda ishtirok etadigan barcha shaxslar yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riqdan o‘tishi kerak. Ig‘im-terimga jalb etilgan qishloq xo‘jalik texnikalari yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari (barcha turdagi kombayn va traktorlar ikkitadan o‘t o‘chirgich, belkurak va supurgi) bilan ta’minlangan hamda soz holatdagi uchkun so‘ndirgich bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Temir yo‘l va avtomobil yo‘llarining muhofaza zonalariga boshoqli ekinlarni ekishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu zonalardan o‘rib olingan o‘tlar don massivlaridan 30 m dan yaqin bo‘lmagan masofada joylashtirilishi mumkin.
Boshoqli ekinlar yetilishidan oldin g‘alla maydonlarining o‘rmonlar, dasht zonalari, avtomobil va temir yo‘llari bilan tutashgan joylari kamida 4 m kenglikda o‘rib olinishi va shudgorlanishi kerak.
G‘alla o‘rim-yig‘imi g‘alla maydonlarini kombaynning bir kunlik o‘rish me’yori hisobida maydonlarga bo‘linishidan boshlanishi kerak. Ushbu maydonlar orasida 8 m dan kam bo‘lmagan kenglikda yo‘laklar ochilishi hamda o‘rilgan g‘alla darhol olib tashlanishi lozim. O‘rib olingan yo‘laklar o‘rtasida kengligi kamida 4 m bo‘lgan shudgor qilinadi.
Paxta xomashyosini yig‘ish, tashish, quritish, saqlash va birlamchi qayta ishlashga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari
Paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlanishidan oldin unda ishtirok etuvchi barcha shaxslar yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riqdan o‘tishi kerak. Paxta terish mashinalari, traktorlar va paxta tashish avtomobillari yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari (paxta terish mashinalari — ikkitadan o‘t o‘chirgich, belkurak va 2x2 m kigiz, traktor va avtomobillar — bittadan o‘t o‘chirgich va belkurak) va soz holatdagi uchqun so‘ndirgich bilan ta’minlangan bo‘lishi, shuningdek, elektr ta’minoti va yonilg‘i-moylash tizimlari soz holatda bo‘lishi kerak.
Gidravlik tizimdan moy, yonilg‘i sizib chiqsa, shuningdek, uchqun so‘ndirgich bo‘lmasa, qishloq xo‘jalik mashinalarida paxta terish va tashishga ruxsat berilmaydi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə