15-mavzu. Yong‘in xavfsizligi choralari. Reja



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə2/18
tarix22.06.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#89955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
15- маъруза лотинча

Metodik ta’minot
a). Adabiyotlar : [1], [2], [3].
a). Plakat, sxemalar, maketlar, taqdimot va multimediyali dasturlar.


Umumiy tushunchalar. YOng‘in ofati, turlari, uning kelib chiqish sabablari va oldini olish chora-tadbirlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari.
YOnish sharti, yonishning turlari. YOnuvchi modda bilan havodagi kislorodning o‘zaro ta’siri natijasida juda tez kechuvchi va ko‘p miqdorda yorug‘lik va issiqlik ajralib chiquvchi kimyoviy reaksiyaga yonish deyiladi. YOnish quyidagi turlarga bo‘linadi:
Alangalanish - mahalliy qizish natijasida yonuvchi moddaning (uning bug‘ va gazlarning) turg‘un yonishi. Alangalanishga yonuvchi moddaning alanga yoki cho‘g‘langan jismga tegishi sabab bo‘lishi mumkin.
CHaqnash - yonuvchi modda bug‘i bilan havo yoki kislorod aralashmasining alangaga, elektr uchqunga yoki qizigan jismga tegishi natijasida tez yonib tugashi.
Portlash - moddaning bir holatdan ikkinchi holatga juda tez o‘tishi (portlab yonishi) bo‘lib, bunda ko‘p miqdorda energiya chiqadi va ko‘p miqdorda siqilgan gazlar hosil bo‘ladi, bu siqilgan gazlar emirilishga olib kelishi mumkin. Portlashda hosil bo‘ladigan yonuvchi gazsimon mahsulotlar havoga tegib, ko‘pincha alangalanishi va buning oqibatida yong‘in chiqishi mumkin.
O‘z - o‘zidan alangalanish - modda ma’lum haroratgacha qizdirilganda unga bevosita tegmasdan turib sodir bo‘ladi. O‘z - o‘zidan alangalanish harorati moddaning yong‘in jihatidan xavfli xossalarini belgilovchi muhim omildir. Moddaning o‘zida kechadigan fizikaviy, kimyoviy biologik jarayonlar ta’sirida va moddaning qizishi natijasida yuz beradi.
YOng‘in - maxsus manbaga ega bo‘lmagan va moddiy zarar keltiruvchi nazoratsiz yonishdir.
Ko‘p hollarda yonish yonuvchi modda zarrachalarining nurlanishi bilan birga kechadi. YOng‘in hosil bo‘lishi va davom etishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq yoki gazsimon), oksidlovchi modda (oddiy sharoitda oksidlovchi modda vazifasini havodagi kislorod o‘tashi mumkin) va yondiruvchi manba (uchqun, ochiq alanga va cho‘g‘langan narsa) mavjud bo‘lishi kerak. SHuni aytish kerakki, havodagi kislorod miqdori 15% dan yuqori bo‘lgandagina oksidlovchi vazifasini bajara oladi, undan past konsentratsiyada esa yonish sodir bo‘lmaydi. Bundan tashqari, oksidlovchi modda vazifasini tegishli sharoitlarda xlor, brom, kaliy va boshqa moddalar ham o‘tashi mumkin.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə