15-mavzu. Yong‘in xavfsizligi choralari. Reja


Ishlab chiqarish va hayot faoliyati davomida yong‘inni kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə3/18
tarix22.06.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#89955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
15- маъруза лотинча

Ishlab chiqarish va hayot faoliyati davomida yong‘inni kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
=> isitish pechlarini qurish yoki ishlatish qoidalarining buzilishi;
=> ishlab chiqarishda yoki uyda olovni ehtiyotsizlik bilan ishlatish;
=> kerosinda ishlaydigan yoritish yoki qizdirish asboblarini noto‘g‘ri o‘rnatish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish;
=> yashin yoki statik elektr razryadlar;
=> mashinalar va ishlab-chiqarish jihozlarining nosozligi hamda ularni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik (ichki yonuv dvigatellaridan chiqadigan uchqunlar, elektr qurilmalaridagi qisqa tutashuvlar yoki ularning erga ulanib qolishi, elektr simlarida zo‘riqishning yo‘l qo‘yilmaydigan darajada ortib isishi, kontaktlari yomon bo‘lgan joylarning qizib ketishi va ulardan uchqun chiqishi, bug‘ qozonlarining portlashi);
=> qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yoki yonilg‘ining saqlash qoidalariga rioya qilmaslik natijasida o‘z-o‘zidan yonib ketishi sabab bo‘ladi.
Iqtisodiyot ob’ektlari va qurilish materiallarining yong‘inga bardoshlik darajalari.
Bino va inshootlarning yong‘inga qarshi oraliqlarida turli buyumlarni, asbob-uskunalarni, qadoqlarni va transport vositalarini saqlash hamda bino va inshootlarni qurish (o‘rnatish) taqiqlanadi.
Hudud va xonalarning joylashtirilishi, binolarning olovga bardoshlilik darajasi, ularning orasidagi yong‘inga qarshi masofalar, xonalardan chiqish eshiklari amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi va yong‘in xavfsizligi ta’minlangan holatda saqlanishi kerak
Binolarga, inshootlarga, ochiq omborlarga, suv ta’minoti manbalariga, statsionar o‘t o‘chirish narvonlariga va yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalariga olib boruvchi yo‘llarni, tor ko‘chalarni va o‘tish joylarini to‘sib va yopib qo‘yish taqiqlanadi.
Qurilish konstruksiyalari, yonuvchi, pardozlash va issiqlikni tutuvchi materiallarning, uskunalarning metalldan ishlangan ustunlarning (tirgaklarning) olovdan himoyalash qoplamlari (olovdan himoyalash xususiyatlarini yo‘qotish va pasaytirishni hisobga olgan holda suvoqlar, maxsus bo‘yoqlar, lok va shu kabilar) buzilishi holatlari darhol bartaraf etilishi kerak

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə