15-mavzu. Yong‘in xavfsizligi choralari. Reja


YOng‘in haqida xabar berish va o‘chirish vositalari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə6/18
tarix22.06.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#89955
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
15- маъруза лотинча

YOng‘in haqida xabar berish va o‘chirish vositalari
YOng‘indan xabar bergichlar yong‘inga qarshi kurashishda eng muhim vositachi hisoblanadi. Xabar bergich tizimi quyidagi talablarni bajarishi kerak: mahalliy yong‘in muhofazasiga tezlik va uzluksiz xabar berish, elektr xabar bergich qo‘llanilganda elektr zanjirida uzilish ro‘y berganda qabul apparatiga avtomatik tarzda xabar berish va boshqalar. Xabar berishni eng ishonchli turi elektr tarmog‘i (tizimli) hisoblanadi. Elektr yong‘in xabar bergichlar tizimi yong‘inni aniqlash va uning joyini xabar berish uchun belgilanadi (8.3,8.4-rasmlar).
Elektr yong‘in xabar bergichlar yangi qurilayotgan, qayta qurilayotgan va mavjud sanoat, qishloq xo‘jaligi bino va inshootlariga o‘rnatiladi. Ularning asosiy qismlari: xabar bergichlar yong‘in xabar bergich stantsiyasi, elektr toki bilan ta’minlash tuzilmasi va aloqa chizig‘i bo‘ladi. YOng‘indan xabar bergichlar issiqlik (tashqi muhit haroratini ko‘tarilishini sezuvchi); tutunli (yonayotgan mahsulotlarning tutunini sezuvchi); yorug‘lik (alanganing yorug‘lik nurini sezuvchi); kombinatsiya qilingan (issiqlik va tutunni sezuvchi); ultratovushli (yonishdagi ultratovush maydonining o‘zgarishini sezuvchi) va boshkalar bo‘ladi.




8.4-rasm. Elektr yong‘in signalizatsiyasining 8.5-rasm. SI-1 ( I ) yorug‘lik va KI-1(II) aylanma ( I ) va bir nuqtadan ( II )tarqalgan aralash xabar bergichlar sxemasi


Elektr yong‘in xabar bergichlar tizimini tanlashda xona va muhitning xususiyatlari, yonuvchi xavfli materiallarning borligi, ularni yonish xarakteri, texnologik jarayonlarni hisobga olib tanlanadi. SHuningdek, xabar bergichlarning texnikaviy ma’lumotlarini hisobga olib, ularni ishlatish sharoitlariga moslab tanlanadi. Nisbiy namligi 80% dan kam bo‘lgan va yonish harorati ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan joylarda ATIM-3, ATP-ZM, POST-1 va DTL tipidagi issiqlik xabar bergichlari qo‘llaniladi. Nisbiy namligi katta bo‘lgan xonalar uchun ATP-ZV, ATIM-3, TRV-2 va boshqa avtomatik xabar bergichlar qo‘llaniladi. Portlash xavfi bo‘lgan xonalarni muhofaza qilish uchun TRV-1 va TRV-2 portlash xavfsizlik xabar bergichlari qo‘llaniladi.



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə