15-mavzu. Yong‘in xavfsizligi choralari. Reja


Havo-ko‘pikli o‘t o‘chirish asboblari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə9/18
tarix22.06.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#89955
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
15- маъруза лотинча

Havo-ko‘pikli o‘t o‘chirish asboblari. Havo-ko‘pikli o‘t o‘chirish asboblari ishqorli elementlar va elektr uskunalaridan tashqari turli moddalarni o‘chirishda ishlatiladi.





8.10-rasm. OVP-10 markali o‘t o‘chirgichlar va ulardan foydalanish tartibi
1-tutgich; 2-dastak; 3-ko‘pik hosil qiluvchi aralashma; 4-purkagich; 5-karnaysimon quvurcha; 6-metall to‘r.
OVP-10 havo-ko‘pikli o‘t o‘chirish asbobi yong‘in yuzalarini 60 karrali ko‘pik bilan ta’minlashi mumkin. O‘t o‘chirish asbobining qobig‘ida ko‘pik hosil qiluvchi qorishma, stakan ichida esa bosim ostida karbonat kislotasi joylashtirilgan. Bu asbobni ishga tushirish uchun rezinali quvurlar qo‘yiladi (1), dastak qattiq bosiladi (2), shu bilan birga karbonat kislota solingan ballonchaning membranasi teshiladi. Undan chiqayotgan karbonat kislota asbob qobig‘i ichida bosim hosil qiladi. Natijada, ko‘pik hosil qiluvchi modda sifon orqali karnaysimon og‘izga chiqib, havo bilan aralashib ko‘pik hosil qiladi (3).
Karbonat angidrid gazli o‘t o‘chirgichlarda (OU-2, OU-5, OU-8 qo‘l va OU-25, OU-80 aravachaga o‘rnatilgan ko‘chma) karbonat angidrid (CO2) o‘t o‘chirgich zaryadi hisoblanadi (8.11-rasm). Ularning tuzilishi bir-biriga o‘xshash. Belidagi son qiymati idishning hajmini litrda ifodalanishini ko‘rsatadi. O‘t o‘chirgichlar siqilgan gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lib, tok o‘tkazmaydi. SHuning uchun ular tok ostida bo‘lgan elektr qurilmalarni va katta bo‘lmagan yong‘inni o‘chirish uchun mo‘ljallangan. O‘t o‘chirgich po‘lat idishning konusli rezbasiga sifon nay bilan latun ventil burab qotirilgan. O‘tni o‘chirishda uni ishlatish uchun ventil mahovikni o‘ng tomonga oxirigacha buraladi. Uning trubkasidan chiqayotgan gaz yonuvchi jismga ventilni ochishdan oldin ro‘para qilinadi.

8.11-rasm. Korbonat angidridli o‘t o‘chirigich va undan foydalanish tartibi
1-saqlagichli membrana plombasi; 2-zaryad plombasi; 3-maxovik; 4-ventil tomba; 5-ushlagich; 6-kronshteyn tombasi bilan; 7-qor hosil qilib beruvchi nay; 8-ballon; 9-yorliq joyi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə