2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


-rasm. Qarz agentligining tuzilishi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə31/34
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#141880
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi

-rasm. Qarz agentligining tuzilishi

Middle office bu – davlat qarzini boshqarish ofisining miyasi. Bu bo‘linmasiz nafaqat agentlikda, balki Moliya vazirligida ham davlat qarzini boshqarishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu erda davlat qarzini boshqarishga qiymat qo‘shadigan yuqori malakali mutaxassislar ishlaydilar. Bunday mutaxassislarning kamchilligi muayyan darajada qarz agentlarining paydo bo‘lishini Moliya vazirligida yoqimsiz mehnat sharoitlariga javob tarzida izohlashga imkoniyat beradi.


Middle office xatar-menejment, qarz strategiyasini ishlab chiqish va ularni makroiqtisodiy parametrlar bilan bog‘lashga javob beradi. Uni front office dan “xitoy devori” bilan ajratib qo‘yilgani murakkab tahliliy ishlarni osonlashtiradi va qarorlar qabul qilish intizomini yaxshilaydi. Qarz valyuta majburiyatlarda va/yoki milliy valyutada denominatsiyalangan qisqa muddatli majburiyatlarda jamlanganda Middle office yanada muhimroq ahamiyat kast etadi. Quyida middle office ning odatdagi vazifalarini keltirib o‘tamiz:

  • davlatning qisqa muddatli to‘lov qobiliyatini tahlil qilish;

  • davlat moliyasining uzoq muddatli barqarorligi tahlili;

  • xarajatlar va xatarlar nisbatlari tahlili;

  • xatarni boshqarish strategiyalarini o‘rganish;

  • etalon qarz portfelini tuzish va amaldagi portfelning etalon portfeldan og‘ishlari chegaralarini aniqlash;

  • davlat qarzini boshqarish natijalarini siyosiy va ijrochilik mo‘ljal (yo‘nalish)larga muvofiqligi monitoringini olib borish;

  • yangi moliya usul-vositalarini o‘rganish;

  • reyting xizmatlari bilan aloqalar;

  • yangiliklar monitoringi;

  • hukumat, Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik.

Back office qarz operatsiyalarini yo‘lga qo‘yish va hisobga olishga javob beradi. Xususan, kliring markazlari, depozitariylar, to‘lov agentliklari bilan hamkorlik qiladi, qarz daftarini yuritadi. Front office ning back office dan ajratilishi ko‘pgina mamlakatlarda rioya qilinadigan qoida, davlat qarzini mas’uliyat bilan boshqarishning muhim tamoyili hisoblanadi. Back office yaxshi ishlashi uchun axborot tizimlari, birinchi navbatda, qarz to‘g‘risidagi yagona baza juda katta ahamiyatga ega.
Davlat qarzini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi – front, middle va back office maqsadlar va mas’uliyatni aniq taqsimlash, ijroni uzluksiz va qat’iy monitoring qilib borish, kasb faoliyatining odob-axloq qoidalarga rioya qilish bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki xodimlari so‘rov o‘tkazgan ko‘pchilik mamlakatlarda davlat qarzini boshqarish personalining axloq kodeksi va manfaatlar to‘qnashuvi hollari uchun ko‘rsatmalar amal qiladi (-jadval).

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə