2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


-jadval. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo 18 mamlakatda davlat qarzini boshqarish amaliyotini o‘rganish natijalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə32/34
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#141880
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi

-jadval. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo 18 mamlakatda davlat qarzini boshqarish amaliyotini o‘rganish natijalari

Institutsional jihatlar

Ha

Yo‘q

Yillik qarz olish dasturi

14

78%

4

72%

Qarzning yuqori chegarasi (cho‘qqisi)

10

56%

8

44%

Ichki va tashqi qarz birgalikda boshqariladi

13

76%

4

24%

Alohida qarz agentligi

4

22%

14

78%

Alohida front va back offices

15

83%

3

17%

Alohida xatar menejmenti (middle office)

12

67%

6

33%

Bozor va kredit xatarlarini boshqarish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatmalar

10

56%

8

44%

Davlat qarzini boshqarish to‘g‘risida yillik hisobot

15

83%

3

17%

Mustaqil ekspertlar tomonidan davlat qarzini boshqarishni muntazam tahlil qilib borish

10

63%

6

38%

Qarz operatsiyalarining har yilgi auditi

16

89%

2

11%

Davlat qarzini boshqarish personalining axloq kodeksi va manfaatlar zidligi holatlari uchun ko‘rsatmalar

12

67%

6

33%

Biznesni tiklash mexanizmlari

11

69%

4

25%

Portfel menejmenti

Bozor xataridan himoyalanish stres-testlari

10

59%

7

41%

Foiz stavkalari yoki almashuv kursining kutiladigan tebranishlaridan foyda ko‘rish maqsadlarida savdolar o‘tkazish

5

29%

12

71%

Davlat qarzini boshqarishning hukumatning naqd pullarini boshqarishdan alohidaligi

11

65%

6

35%

Tashqi qarz olishni oltin-valyuta zahiralarini boshqarish bilan bog‘lash

5

31%

11

69%

Xatar-menejment uchun maxsus axborot texnologiyalari

9

56%

7

44%

Printsipial – agent” muammosi


Bu masalani hal qilish uchu biz Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlarga nisbatan case-usulni qo‘llaymiz: case-tadqiqotlar qidiruv, izohlash va tavsiflashga bo‘linadi. Qidiruv tadqiqotlarida ma’lumotlarni izlash va yig‘ishni muammoni va gipotezalarni olg‘a surishdan oldin o‘tkazish mumkin. Ammo tadqiqotlar doirasi oldindan aniq bo‘lishi kerak. Izohlash tadqiqotlarida sabab-oqibat bog‘lanishlari ko‘rib chiqiladi (tadqiqotchi o‘zgaruvchanlarning o‘zaro qanday bog‘liq ekanligini izohlab berishga harakat qiladi). Izohlash tadqiqotlari izohlash (pozitiv) nazariyasining bo‘lishini nazarda tutadi. Aks holda tadqiqot davomida muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
Biz bir qancha holat-hodisalar bo‘yicha izohlash tadqiqotlarini o‘tkazamiz. Holat – qarzni boshqarish organi va turli mamlakatlardagi bir qancha shu kabi organlarni tadqiq etish lozim. Printsipial (resurslar egasi)ning agent (faqat printsipial manfaati yo‘lida resurslarni boshqaruvchi) bilan munosabatini ochib beradigan agentlik nazariyasi izohlovchi nazariya bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy g‘oya shundan iboratki, printsipial manfaatlari juda bo‘lmaganda qisman agent manfaatlari bilan to‘qnashuvga uchrashi mumkin, agent esa printsipialga qaraganda biron bir axborot yoki operatsion ustunlikka ega. Agentlik operatsiyalarining standart modelida agentni qisman bo‘lsada printsipial manfaatlari yo‘lida harakat qilishga majbur etadigan/otlantiradigan (qamchi va holva; zo‘rlik va yog‘lamachilik) tizimi mavjud. Shunday qilib, printsipialning samaradorlik (agentni yollash) bilan pasaygan xatar (ishni o‘zi bajarishi)dan birini tanlashiga to‘g‘ri keladi va hamisha natija yaxshidan ko‘ra yomon chiqadi. Bizning misolimizda printsipial – bu davlat, “resurslar” esa uning qarzi. Qarzni o‘zi boshqaradimi yoki buning uchun agent yollaydimi uni davlatining o‘zi hal qiladi. Masalan, Rossiyada qarzni Moliya vazirligi, Buyuk Baritaniya ixtisoslashgan agentlik (United Kingdom Debt Management Office – UKDMO) boshqaradi*. Birinchi holda, deydi nazariya, xatar kam, ayi paytda davlat qarzini boshqarish samaradorligi ham past, ikkinchi holda esa, aksincha, xatar katta, lekin samaradorlik yuqori.

Davlat qarzini boshqarish uchun mas’uliyatni qarz agentligiga o‘tkazish “printsipial-agent” muammosini paydo etadi. Agentlikning qaerda bo‘lishi Moliya vazirligidami yoki undan tashqaridami, buning muammoga aloqasi yo‘q. O‘z manfaatlariga va printsipalga qaraganda axborot ustunligiga ega bo‘lgan agent faoliyatini printsipial manfaatlariga qanday qilib bo‘ysundirish mumkin? Agar agent printsipialga qaraganda yaxshiroq malakaga ega bo‘lsa, unda printsipialda agent o‘tkazadigan operatsiyalarni tekshira olmasligi bilan bog‘liq ma’naviy muammolar yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, printsipial nima sababdan agent o‘ziga yuklatilgan yuksak vazifani malakasi pastligi yoki tashqi, agentga bo‘ysunmaydigan sharoitlar bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra uddasidan chiqa olmayotganini oxirigacha tushunib etmaydi.


Masalan, agar qarz agentligining mandatida biron-bir ijrochilik etalonlarga erishish ko‘rsatilgan bo‘lsa-yu, agentlik bu ko‘rsatmalarni bajarmasa, kim aybdorligi noma’lum bo‘lib qoladi – agentlikni yomon kon’yunkturaga yo‘liqtirgan bozormi yoki agentlikning tajribasi kam xodimlarimi. Alohida agentlik holatida mas’uliyatni samarali bajarishga ehtiyoj yanada kuchayadi, chunki agentlik xatari “jilov uzunligi” darajasida o‘sib boradi. Bunday vaziyatda agentlik bilan munosabatlar bir qadar rasmiy yo‘lga o‘tkaziladi, ochiqlik va hisobdorlikka talablar kuchaytiriladi.
“Printsipial – agent” muammosini hal qilish uchun zarur bo‘lgan “qamchi va holva” tizimi paydo bo‘lishi uchun printsipial:

  • agentni institut tarzida, ya’ni yuridik maqomga, vakolatlarga va vakolatlarga mos personalga ega bo‘lgan tashkilot sifatida qabul qilishi lozim;

  • agent oldiga davlat qarzini boshqarishning aniq-ravshan maqsadlarini va ijrochilik etalonlarini qo‘yishi kerak;

  • agentga o‘z topshiriqlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan jami kuch va kadrlar resursini safarbar etishga asos bo‘ladigan kontraktni taklif etishi kerak;

  • agent operatsiyalari va xatarlar monitoringini olib borishi lozim;

  • buday monitoring funktsiyalarini bajarishga qodir bo‘lishi kerak.

Endi “qamchi va holva” tizimining ayrim unsurlarini batafsil ko‘rib chiqamiz. Gapni printsipialning agentni institut sifatida tasavvur etishidan boshlaymiz. Davlat qarzini boshqarish turli idoralar va departamentlarga tarqalib ketganida, boshqarish javobgarligini bir qo‘lga topshirish qiyin (agar umuman mumkin bo‘lsa). Dastlab ularni rasmiy maqomga, vakolatga, rahbarlar zanjiriga va personalga ega bo‘lgan bir ofisda to‘plash zarur. Moliya vazirligining davlat qarzini boshqarish departamentini tashkil etish to‘g‘risida Moliya vazirligi buyrug‘i ofisni institut sifatida qabul qilisha asos bo‘ladi. Agentlikka kelganda shuni aytish kerakki, rasmiyatchilik darajasi uning Moliya vazirligida yoki undan tashqarida bo‘lishi bilan bog‘liq. Ayrim agentliklar uning yuridik maqomi, vazifalari, hisobdorligi va tashkiliy tuzilmasi belgilab berilgan maxsus qonunlarga ko‘ra tashkil etilgan, ayrimlari esa maxsus maqom berilmay, Moliya vazirligi qarori bilan tashkil etilgan, ularning vazifalari, hisobdorligi va tashkiliy tuzilmasi alohida hujjatda, masalan, agentlik shartnoma-bitimlarida ko‘rsatilgan. Bu hujjatning o‘ziyoq (maxsus qonun to‘g‘risida gapirmaganda ham) printsipial tomonidan agentni institut tarzida qabul qilishga asos beradi. Agentlik boshlig‘i Moliya vaziriga bo‘ysunadi, vazir esa – parlament oldida hisobdor.
“Qamchi va xolva” tizimining keyingi unsuri – bu maqsadlar va ijrochilik etaloni (faoliyat standartlari). Agentlik faoliyatini kerakli tomonga yo‘naltirish uchun Moliya vazirligi uning oldiga aniq-ravshan, o‘lchanmaydigan maqsadlarni qo‘yishi va ularni, iloji boricha, hukumatning xatarga munosabatini hisobga oladigan o‘rta muddatli strategiya bilan bog‘lash kerak. Hukumatning xatarga munosabati unga parlament tomonidan berilgan vakolatlarga tayanishi lozim, vakolatlar esa o‘rtacha saylovchining xatardan o‘zini olib qochishga intilishini hisobga olishi kerak.
Ayrim rivojlangan mamlakatlarda davlat qarzini boshqarishning beo‘lchov maqsadlari o‘lchovli strategik maqsadlar bilan to‘ldiriladi. O‘lchovli strategik maqsadlar qator yillar davomidagi pul oqimlarining tasodifiy, ehtimoli bo‘lgan o‘zgarishlari asosida xarajatlar va xatarni tahlil qilish natijasi hisoblanadi. Ularni raqamlarda ifodalash mumkin. Masalan Avstraliyada ichki qarzning tashqi qarzga nisbatini 85:15 va 90:10 o‘rtasida saqlab turish shunday maqsad hisoblanadi. O‘lchanadigan maqsadlar hukumat maqullagan strategiyaga kiritilganidan keyin strategik maqsadlarga aylanadi. Strategik maqsadlarga erishish uchun mas’uliyat agentlik zimmasida turadi. Buyuk Britaniyada strategik maqsadlar oshkor qilinmaydi, AQShda esa strategik maqsadlarning o‘zi yo‘q, chunki Moliya vazirligi faqat belgilangan kuponli davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqaradi va asosiy e’tiborni davlat qimmatli qog‘ozlari bozorining samaradorligini oshirish va ochiqligini ta’minlashga qaratdi. Avstraliya, AQSh va boshqa ayrim mamlakatlarda davlat qarzini boshqarish uchun kengroq, ommaviy-siyosiy maqsadlar belgilanadi. Ularni biron-bir raqamlarda ifodalash qiyin. Ammo, shunga qaramay, ifodalash qiyinchiliklari ham engib o‘tildi.
Qarz qiymatini pasaytiradigan va boshqarish samarasini oshiruvchi hisoblab bo‘ladigan natijalar – investorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, axborotlarni oshkor etish, davlat qimmatli qog‘ozlari va qarz tuzilmasini takomillashtirish va boshqalar o‘lchovi qiyin bo‘lgan maqsadlarga erishish bo‘yicha harakatlarga ham mezon bo‘la oladi.
Printsipial agent zimmasiga o‘lchovi bor natijalar olish uchun mas’uliyatni yuklab, agentni yanada faolroq faoliyat ko‘rsatishiga undaydi va shu bilan o‘zining ma’naviy muammolarini qisman hal qiladi. Ammo u parlament oldida o‘lchab bo‘lmaydigan maqsadlarga erishish bo‘yicha ham javob va hisobot berishi lozim. Bu erda ham uni bir tuzoq kutib turadi: maqsadga erishish yoki erishmaslik agentning faoliyati va tashqi sharoitlarga bog‘liq. Printsipial maqsadlarni qo‘lga kiritishda agentning hissasini alohida ajratib ola bilmasligi sababli ma’naviy to‘qnashuv saqlanib qoladi. Printsipial muvaffaqiyatsizliklarni tashqi sharoitlar hisobiga o‘tkazib qo‘yadi, agent esa o‘z haqini to‘la olgan holda engini shimarmasdan ishlashni davom ettiraveradi.
Ijrochilik etaloniga o‘tamiz. Bu bozorga qarab qayta narxlangan “yashirin”, etalon qarz portfeli parametrlari bo‘lib, strategik maqsadlarga qat’iy muvofiq holda tuzilgan bitimlarning yakuni hisoblanadi. Joriy qarz portfelini davlat qimmatli qog‘ozlarini qaytarib sotib olish va foizli svoplar vositasida tezda, bir onda qayta tuzish mumkin, ammo strategik maqsadlar ijrochilik etalonlariga aynan o‘xshash bo‘ladi. Aks holda, maqsadlar etalonlardan katta farq qilishi mumkin. Avstriya, Daniya, Irlandiya, Portugaliya, Shvetsiyada agentliklar qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qisqa muddatli tejash uchun faol savdo olib boradilar. Bunday tashkilotlar uchun strategik maqsadlar qo‘shimcha ijrochilik etalonlari bilan to‘ldiriladi, bu esa ularning faoliyatini o‘lchash imkoniyatini yaratadi. Unda ish yurishmagani uchun agentning javob berishiga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarda strategik maqsadlar ijrochilik etalonlari bilan bir xil, shuning uchun amaldagi qarz portfelini faol savdo orqali tezda “yashirin”ga etkazish mumkin. Strategik maqsadlar ijrochilik etalonlariga o‘xshamagan joylarda maqsadlar va etalonlar o‘rtasida aniq chegarani belgilab qo‘yish kerak.
Navbatdagi unsur – agent motivatsiyasi (agentni ishga undovchi sabablar). Printsipial uchun katta muammo – agentning intilish va qobiliyatlari natijalarini tashqi omillar ta’sirlaridan ajrata bilish hisoblanadi. Bu muammoni hal qilish uchun printsipial agentni o‘ziga topshirilgan vazifalarni sidqidildan bajarishga, butun kuch-g‘ayratini sarflashga undaydigan kontraktni taqdim etadi. Agar agent bozorda pozitsiyalanishni va “etalon ustidan g‘alaba” hollarida mukofotni nazarda tutadigan faol savdo olib borayotgan bo‘lsa motivatsiya ayniqsa muhim. Bunday kontrakt byudjet sohasi xodimlari uchun yagona tarif jadvali doirasidan chetga chiqadi. Bu jalvalda bozorda tavakkaliga operatsiyalar o‘tkazganlik uchun ustamalar nazarda tutilmagan, ammo pul boy berganlik uchun jarimalar bor. Printsipial “etalon ustidan g‘alaba” uchun agentga qo‘shimcha haq to‘lash usullarini topishi zarur. Irlandiya va boshqa ayrim mamlakatlarda bunday usullar topilgan. Har qanday holatda ham Moliya vazirligi qarzni boshqaruvchilar iqtisodiyot uchun qadri baland boylik va yuqori okladlarga loyiq ekanligini tushunib etishi kerak. Masalan, Yangi Zelandiyada g‘aznachilik xodimlari uchun boshqa tizimlardan farq qiladigan alohida razryadlar tizimi belgilangan.
Keyingi unsur – tekshirish va nazorat. Printsipial agentni tekshirish va nazorat qilishi lozim. Agentlik hukumatdan qanchalik yiroqroq bo‘lsa, tekshirish va nazorat shu qadar rasmiyroq bo‘lishi lozim. Axborot tizimlariga va personalga talablar yuqori bo‘lgani sababli bu vazifalar juda qimmatga tushishi mumkin. Ammo milliy moliyani qulatishgacha qodir operatsion xatarlar nuqtai nazaridan ularning ahamiyati bebaho.
Tekshirish va nazorat qilish mumkin:

  • agentlikdan “xitoy devori” bilan ajratilgan alohida mustaqil departament orqali (front office da ishlaydigan kishilarning bek-ofis ma’luotlarini yomon, nojo‘ya maqsadlarda ishlata olmasligi uchun);

  • agentlik direktoriga yoki direktorlar kengashiga (agar bo‘lsa) bevosita bo‘ysunadigan ichki audit xizmati orqali.

Ayrim mamlakatlarda alohida (Moliya vazirligidan chetda) agentliklarda haqiqatan ham direktorlar kengashi bor. Kengash agentlik qarorlarining monitoringi, ratifikatsiyasi va tasdiqlanishi uchun fidutsiar (o‘zaro ishonchga asoslangan) javobgar hisoblanadi. Kengash qarzni boshqaruvchilar uchun qo‘llanmalar yaratadi, ularni hayotga tatbiq etish tamoyillarini va xatar-menejment uchun limitlarini ishlab chiqadi. Kengash agentlikning umumiy faoliyati natijalarini, uning ishi qo‘llanmalarga qay darajada mosligini baholash va xatarlarni hisobga olgan holda qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini minimallashtirish ishidagi siljishlarni ko‘rib chiqish uchun davriy majlislar o‘tkazib turadi. Agentlikning qarz operatsiyalarini hisobga olish va uning ichki boshqarilishida ochiqlikni ta’minlash uchun Avstraliya, Yangi Zelandiya va ayrim boshqa mamlakatlarda direktorlar kengashining audit bo‘yicha Komiteti yoki kengashning o‘zi ichki auditorlarga agentlik hisobvaraqlarni va daftarlarini qanday tekshirish to‘g‘risida yo‘l-yo‘riqlar beradi. Agar davlat qarzini boshqarish ofisi Moliya vazirligining bo‘linmasi bo‘lsa, unda direktorlar kengashiga hojat yo‘q, ammo boshqa – muvofiqlashtiruvchi kengash ofisga davlat qarzini boshqarishning texnik sifatini oshirishda yordam berishi mumkin.
Agentliklarning o‘zlari ham tekshirish va nazorat sohasida tashabbus ko‘rsatadilar. Moliya vazirligiga davriy axborotlar, har yili parlamentda eshituvlar, auditorlik tekshiruvlari, qarz strategiyasini e’lon qilish – bularning barchasi shular jumlasiga kiradi. Bu tashabbuslar agentlikka foiz xarajatlarini qisqa muddatli tejash ortidan “quvish”ga majbur etish maqsadlaridagi siyosiy bosimlar o‘tkazishni pasaytirishga yordam beradi. Qarzni boshqaruvchilar bunday siyosatchilarga javoban “biz time the market” bo‘lmaymiz, chunki o‘zimizni uzoq muddatli maqsadlarga intilish va’dalari bilan oshkora bog‘laganmiz” degan bo‘lar edilar.
“Qami va holva” tizimining eng so‘nggi unsuri – bu printsipialning monitoring funktsiyasi (vazifasi)ni bajarish qobiliyati. Jami “nou-xau” (qarzni boshqarish) Moliya vazirligi chegaralaridan tashqarida bo‘lganida davlat qarzini boshqarish natijalarining qarz strategiyasiga muvofiqligini baholash qiyin. Bu to‘siqni bartaraf etish uchun hukumat, davlat qarzini boshqarish ofisi va xususiy sektor vakillaridan iborat muvofiqlashtiruvchi kengash (Komitet) tashkil etadi. Agar bu kengash “lashkarboshi” rolini bajarish niyatida bo‘lsa, unda xuddi shu darajada alohida agentlik kabi, puxta bilimdon, atroflicha ma’lumotli (keng ma’noda) bo‘lishi kerak. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlarda tashkil etilgan agentliklarning xizmatchilari e’tirof etganlaridek, hozirgi paytda agentliklar faoliyatini nazorat qilish lozim darajada emas, chunki “nozirlar” kam, ular bozor bilan kamdan-kam aloqada bo‘ladilar, shu sababli qarzni boshqarishda yaxshi toblanmagan. Siyosiy muvofiqlashtirish muhim bo‘lgan joylarda o‘zaro muvofiqlashtiruvchi kengash bu maqsadga erishishda asosiy rol o‘ynaydi. Agar biz yuqorida tavsiflab o‘tgan “qamchi va holva” tizimining barcha unsurlari agentlik bitimiga kiritilsa, “printsipial-agent” muammosini hal qilish uchun yaxshi imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Xuddi shu narsa nima uchun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlarning yarmida agentliklar paydo bo‘lganini va nimu uchun ularning ayrimlari qarzni Moliya vazirligidan ko‘ra yomonroq boshqarmayotganligini tushunishga yordam beradi.
Iqtisodiy hamkorlia va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlarda davlat qarzini boshqarishni o‘zaro qiyoslab boshqarishning ikki tizimini ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi tizimni Amerika, ikkinchi tizimni Shimoliy Evropa tizimi deb ataymiz. Birinchi tizim, asosan, AQShda, ikkinchi tizim – Daniya, Irlandiya, Shvetsiyada tarqalgan. Ularning asosiy unsurlarini jadvalda keltiramiz.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə