3- mavzu. Materiallarning mexanik xossalari (2-soat) O’quv moduli birliklari



Yüklə 372,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix11.12.2023
ölçüsü372,76 Kb.
#148233
1   2   3   4   5
3-mavzu. Qurilish materiallarining asosiy mexanik xossalari

zarbga qarshilik ko’rsatishi
deb, zarb kuchlar ta’siri ostida 
materialning emirilishga qarshilik ko’rsatish xossasiga aytiladi. Bino va inshootlardan 
foydalanish davomida ba’zi qurilmalar dinamik (zarb) kuchlarga yo’liqadi (masalan, 
temirchilik bolg’asining zarbi tushadigan poydevor, bunkerlar, yul qoplamlari). Mo’rt 
materiallar zarb kuchiga chidamsizdir.
Materiallarning qattiqligi 
unga nisbatan ancha qattiq materialning kirishiga 
qarshilik ko’rsatish hossasidir.
 
Bu hossa pol va yo’l qoplamlarida foydalaniladigan 
materiallar uchun katta axamiyatga ega. Bundan tashqari materialning qattiqligi unga 
ishlov berish sermexnatliligi bilan tavsiflanadi.

Material qattiqligini aniqlashning bir necha usullari mavjud. Yog’och- taxta, 


beton qattiqligi namunalarga po’lat sharchani bosib aniqlanadi. Qattiqlik darajasi xaqida 
sharchaning kirish chuqurligi bo’yicha yoki xosil bo’lgan diametri bo’yicha aniqlanadi. 
Tabiiy tosh materiallarning qattiqligi qattiqlik shkalasi bo’yicha aniqlanadi (Maos 
usuli). Shkalada maxsus saralab olingan minerallar shunday ketma-ketlikda 
joylashtiriladiki, bunda tartib bo’yicha navbatdagi mineral oldingi mineralda chiziq 
(tirnoq izi) qoldiradi, o’zi esa chizilmaydi. (3- tajriba ishidagi jadval raqami qo’yiladi). 
Masalan, agar sinalayotgan material apatit bilan chizilsa, o’zi plavik shpatda iz qoldirsa, 
u holda uning qattiqligi 4,5 ga teng bo’ladi. 
Materialning edirilishi 
– ediruvchi kuchlar ta’siri ostida uning hajmi va 
massasining o’zgarish xossasidir. Pol, zina, yo’lak va yo’l uchun materiallarni qo’llash 
materiallrning ediriluvchanligiga qarab belgilanadi. Materiallarning ediruvchanligi 
tajribada maxsus mashinalar – edirish charx toshlarida aniqlanadi. 
Eyilish 
deb, edirilish va zarb birgalikda ta’sir qilganda materialning buzilishiga 
aytiladi. Materialga bunday ta’sir yo’l qoplamlari, pollar, bunkerlar va shu kabilardan 
foydalanishda sodir bo’ladi. Materiallarning eyilishga qarshiligi maxsus aylanadigan 
barabanlarda sinab aniqlanadi. 

Yüklə 372,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə