3 I. Bob. Adabiyotlar sharhi


II. BOB. Olingan tadqiqot natijalari tahlili.......................................37



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə2/16
tarix22.03.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#181657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Neft tarkibida uchraydigan az

II. BOB. Olingan tadqiqot natijalari tahlili.......................................37
2.1. Neftning geteroatomli birikmalari...............................................37
2.2. Neftning azot saqlovchi birikmalari................................................39
2.3.Neftning neytral azot saqlovchi birikmalari.....................................40
KIRISH

Prezident Islom Karimov 2012 yil 17 fevral kuni Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida «Yuksak bilimli va intelektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» xalqaro konferensiyasidagi ma’ruzalarida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohatlarning biz tanlagan “o‘zbek modeli”- o‘z taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy qismidir. Ushbu dastur jiddiy izlanish tadqiqotlarning, jahondagi taraqqiy topgan ilhor tajribasini umumlashtirishning natijasi sifatida o‘tmishdan majburan singdirilgan kommunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish, odamlarning, birinchi navbatda, unib-o‘sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, qisqacha aytganda, bu dastur hayotda o‘z fikriga, o‘zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo‘yadi, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi zaruriyatini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intelektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni egallaydigan insonlargina o‘z oldimizga qo‘ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin” deb ta’kidladilar [1,2]. 


O‘zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng neft va gaz sanoati ham keskin rivoj topdi. Neftni qayta ishlash buyicha quvvati yiliga 11,9 mln. tonnadan oshib, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining anchagina qismini dizel yoqilg‘ilari tashkil etmoqda. Yoqilg‘i mustaqilligiga erishgan davlatimizda soha mutaxassislarining galdagi asosiy vazifasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini jahon standartlari talablariga qadar yaxshilash bo‘lib qolmoqda.
Neftdan olinadigan yoqilg‘i surkov materiallarni ratsional ishlatish, ularning sifatini yaxshilash va resurslarni kengaytirish hozirgi zamon neftni qayta ishlash va neftkimyoviy sanoatlarning asosiy masalalari bo‘lib hisoblanadi.
Oliy ta’limning maqsadi respublikamizning ijtimoiy-iqtmsodiy va madaniy rivojini ta’minlashga,o‘zi tanlagan mutaxassislik bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil ishlashga layoqatli, yuqori malakali raqobatdosh kadrlarni tayyorlashdan iborat.Respublikamiz mustaqillikdan so‘ng ta’lim tizimini yuksaltirish uchun aniq va dadil qadamlar tashlamoqda[3]. .
Hozirgi kunda mamlakatimiz taraqqiyoti va rivojlanishi kimyo sanoatining rivojlanishi bilan bog‘liq. Shuning uchun respublikamizda jami 22ta yirik ishlab chiqarish obektlari, neft-gaz, kimyo, metallurgiya sanoatida 9ta va qurilish industriyasida 5ta obekt foydalanishga topshirildi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə