3 I. Bob. Adabiyotlar sharhi


Gidrat hosil bo‘lishining oldini olish uchun va xosil bo‘lgan gidrat to‘siqlarini yo‘qotish uchun quyidagi usullarni ishlatish mumkin



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə7/16
tarix22.03.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#181657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Neft tarkibida uchraydigan az

Gidrat hosil bo‘lishining oldini olish uchun va xosil bo‘lgan gidrat to‘siqlarini yo‘qotish uchun quyidagi usullarni ishlatish mumkin:

Haroratni ko‘tarish (gazni issiq suv yoki bug‘ bilan qizdirish).

Bosimni pasaytirish.

Gaz tarkibidagi suv miqdorini quritish, muzlatish yoki maxsus qo‘shimchalar (glikollar, spirtlar) qo‘llab suv bug‘ining parsial bosimini pasaytirish.

Dengiz yoki okean suvini chuchuklashtirishda gazli gidratlardan foydalanish taklif qilingan. Masalan, dengiz suvi bilan suyuq propan aralashtirilsa, gidratlar hosil bo‘ladi, suvda erigan tuzlar esa gidrat panjarasiga kirolmay qoladi.

Gidrat holida tabiiy hamda inert gazlarni saqlash – gazli gidratlarni boshqacha qo‘llash imkoniyatlarini ham ko‘rsatadi.


1.7. Mochevina komplekslari





1940 yilda nemis olimi Bengen tarkibida uglerod soni 6 dan ko‘p bo‘lgan n – alkanlar mochevina (karbamid) bilan kristall komplekslarni hosil qilishini aniqlagan. Tarmoqlangan alkanlar va siklik uglevodorodlar (sikloalkanlar, arenlar) karbamid bilan odatda kompleks hosil qilmaydi. Kompleksning tuzilishini rentgen – strukturaviy tahlil ko‘rsatib berdi[14-15]. Komplekslar geksagonal tuzilishga ega bo‘lib, karbamid molekulalari 6 qirrali teng tomonli prizma yon qirralarida spiral bo‘yicha joylashgan bo‘ladi (1-rasmga ).


1-rasm. Karbamid kompleksi kristallik panjarasi sxemasi.

karbamid molekulasidagi kislorod atomlari;

bir elementar yacheykadagi kislorod atomlari.

Spiral molekulalararo vodorodli bog‘lar hisobiga ushlanib turadi:

NH2 H O

| | ||

NH2 – C = O ... H – N – C – NH2

Spiral o‘rami – elementar yacheykalar – 6 karbamid molekulasidan tarkib topgan bo‘lib, o‘zaro parallel va 0,37 nm masofada joylashgan bo‘ladi. Spiral ichida geksagonal formali kanal mavjud bo‘lib, uning effektiv diametri 0,49 nm bo‘ladi. Shu sababli, ular ushbu kanallarga yaxshi joylashadilar va Vander Vaals kuchlari hisobiga ushlanib qoladi. Tarmoqlangan alkanlar, sikloalkanlar va arenlar molekulalarining kritik diametri 0,49 nm dan ortiq. Kanalning effektiv diametri esa 0,49 nm bo‘lgani uchun karbamid bilan addukt (kompleks birikma) lar hosil qilmaydi. Qaynash harorati 3500С dan yuqori bo‘lmagan o‘rtacha neft fraksiyalarini deparafinlash eng samaralidir[15].

Karbamid yordamida deparafinizatsiya jarayoni sovuqqa chidamli qishki sort yoqilg‘ilarini, transformator moylarini olishda, hamda oqsil – vitaminli konsentratlar (OVK), sintetik yog‘ kislotalar va spirtlar, yuvish vositalari ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lgan suyuq normal parafinlar olishda qo‘llaniladi.

Karbamidli deparafinizatsiyani tahlil maqsadlarida ham o‘tkazilishi mumkin. Biroq, ushbu usul bilan normal alkanlarni miqdoran ajratib olish mushkul. Ularni to‘laroq ajratib olish uchun seolitlar yordamida adsorbsiyani qo‘llash kerak.





Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə