3 I. Bob. Adabiyotlar sharhi


Tog‘ jinslarining mexanik xossalarini aniqlash usullari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə15/16
tarix22.03.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#181657
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Neft tarkibida uchraydigan az

2.4. Tog‘ jinslarining mexanik xossalarini aniqlash usullari.
Tog‘ jinslarining siqiluvchanlik koeffitsiyentini aniqlashda pyezometr degan moslamadan fodalaniladi.2.1-rasmda pyezometrning sxemasi berilgan. Bu moslama ikki(2 va 3) kameradan iborat bo‘lib, tashqi (2) kamera 20 MPa bosimga mo‘ljallangan. Uning qopqog‘iga uchta klemma (7) va ikkita salnik o‘rnatilgan. Salnik 4 va 5 mikrometrik vintlarining o‘qi o‘tadi.
Ichki kamera (3) tashqi kameraning qopqog‘iga ulanadi. Ichki kamera qopqoqli po‘lat stakandan iborat bo‘lib, halqa (6) bilan kertik orqali ulanadi. Qopqoqqa ikkita klemma (7) ,kameralarni press bilan ulaydigan naycha (8) va silindrda (9) siljiydigan porshen (10) ulangan.
Pyezometrik idish (1) chap va o‘ng kertik orqali ichki kameraning qopqog‘iga ulanadi. Idishning pastki qismiga naycha (11) orqali silindr ulanadi. Silindrda porshen (12) erkin harakat qiladi.
Sinaladigan namuna (13) qo‘rg‘oshin qoplamida pyezometrik idishga shunday joylashtiriladiki, namunadagi kovaklar silindr bo‘shlig‘i bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu moslamada suyuqlik va tog‘ jinsining siqiluvchanlik koeffitsenti ( βс va βт.ж ) va hajm taranglik koeffitsiyenti aniqlanadi.
Tog‘ jinsining siqiluvchanlik koeffitsiyentini aniqlash namuna suyuqlik bilan to‘yintiriladi, qo‘rg‘oshin qoplamaga joylashtirilib, pyezometrik idishning qopqog‘iga mustahkamlanadi. 2.1-Rasm
Rasm quyaman.
So‘ngra porshen bilan silindrda namunnaning tashqi tomonidan qatlam bosimiga teng bosim saqlanib turiladiki. Tashqi bosim ta’sirida namunadan suv siqib chiqariladi va kovaklar hajmi kichrayadi. Shu vaqtning o‘zida porshen yuqoriga harakat qiladi. Namunaning tashqi tomonidagi bosimi ma’lum va porshen harakatini inobatga olib hisoblanadi.



Bu yerda: h-porshenning haraati; S –porshenning kesim yuzasi; V0 – na munaning boshlang‘ich hajmi; P-namuna qoplamasida bosimning o‘zgarishi.
3.1. Neftning fizik xossalarini aniqlash uskunalari
Neft ustida tajribalar olib borish uchun SAM-300 M apparaturasi mavjud. Bu apparat ancha murakkab ishlangan bo‘lib, qovushqoqlikni aniqlaydigan viskozimetr, maxsus asbob-uskunalari, elektryuritgich hamda gidro- va elektr sistemalardan iborat. Bu apparatda neftning to‘yinganlik bosimi, siqiluvchanlk koeffitsenti, gaz bilan to‘yinganligi, zichligi, hajm koeffitsenti va kirishishi, qovushqoqligi kabi ko‘rsatkichlari aniqlandi.
Bu apparatura hozir ancha mukamallashtirilib, ASM-600 turida ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, UIPN (qatlamdagi neftni o‘rganish uuskunasi) apparati ham bo‘lib, unda fizik xossalari aniqlanadi.
Gaz ustida tajribalar olib borish uchun UGK-3 apparati mavjud. Bu apparat ham ASM-300 M apparatiga o‘xshash bo‘lib,unda tabiiy gaz va kondensatlarning deyarli hamma fizik xossalarini aniqlash mumkin. Shuningdek, gaz va kondensat xossalarini o‘rganish uchun UfR-2 apparati mavjud. Neft, gaz va kondensatning fizik xossalarini o‘rganish uchun gazoxromatografiya usulidan foydalaniladi. Bu usul tabiiy gaz va kondensatorlar uzluksiz alohida har-bir komponentni ajratib olishga asoslangan bo‘lib, maxsus apparatura- xromotograflarda olib boriladi. Komponentlarning ajralishi maxsus qog‘oz tasmaga avtomatik tarzda egri chiziqlar bilan chizib beriladi. Bu egri chiziqlar cho‘qqisining balandligiga qarab karbonsuvchilar turlariga ajratiladi. Quduqlarga, shuningdek, qatlamning bosimini, haroratini, neft, gaz va suv kelayotgan joylarni aniqlash uchun yana bir qancha maxsus asboblar tushiriladi. Bularga bosimni va haroratni aniqlaydigan, chuqurlikda ishlaydigan bosim-o‘lagich, harorato‘lchagich, suyuqliklarning oqib kelish miqdorini aniqlaydigan miqdoro‘lchagich kabi o‘nlab har turli asboblar ham mavjud. 3.11-rasm quyaman.





Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə