3 I. Bob. Adabiyotlar sharhi


Yupqa qavatli xromatografiya usuli



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə12/16
tarix22.03.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#181657
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Neft tarkibida uchraydigan az

5. Yupqa qavatli xromatografiya usuli
Yupqa qavatli xromatografiya usuli dastlab 1938 yilda N.A. Izmaylov va M.S. Shrayberlar tomonidan tadbiq qilingan bo‘lib, keyinchalik Y. Kirxner va E. Shtal tomonidan tahlil uslubi sifatida kiritilgan. Bu usulda modda ajralishida sorbent va erituvchi tanlash alohida ahamiyat kasb etadi .
Keyingi yillarda yupqa qavatli xromatografiya (YUQX) usuli organik birikmalar va dorivor o‘simliklar tahlili uchun keng qo‘llanilmoqda. Hozirgi paytda uning turli usullari mavjud [41-42]. Yupqa qavatli xromatografiya usulining qulayliklaridan biri yakuniy natija olish uchun uning parametrlarini o‘zgartirish osonligidadir. Ikkinchi tomondan esa YUQX tahlil uslublarining shart-sharoitlari qat’iy belgilanmagan. Shunga qaramasdan Yevropa Farmakopeyasida qabul qilingan instrumentlashgan yupqa qavatli xromatografiyaning yangi hozirgi zamon talablariga javob beruvchi turlarining imkoniyatlari ko‘paymoqda. U juda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Yuqori samarali yupqa qavatli xromatografiya usulini tabiiy birikmalarning, shu jumladan o‘simliklarning biologik faol moddalarini tahlil qilish ancha rivojlanganiga qaramay, uni organik (tabiiy va sintetik) birikmalarni olish jarayonida ishlatish adabiyotlarda deyarli uchramaydi. YUSYUQX usulini O‘zbekistonda keng tarqalgan o‘simliklardagi biologik faol birikmalarni, masalan; isiriqdan ajratilgan moddalarning bir qismi bo‘lgan xinazolin alkaloidlari va ularning sintetik analoglariga qo‘llash shu kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Dissertatsiya ishimizda sintez qilingan birikmalarni ushbu usul bilan tahlil qilishda yetarlicha foydalanilganligi uchun biz adabiyotlar sharhining bir qismini ushbu uslubni yoritishga va uning yutuqlarini tahlil qilishga qaror qildik.

II. Bob Olingan natijalar tahlili.

2. 1. Neftning geteroatomli birikmalari


Hamma neftlar tarkibida uglevodorodlardan tashqari anchagina miqdorda geteroatomli birikmalar mavjuddir. Ushbu birikmalar o‘z molekulalarida oltingugurt, kislorod, azot saqlashi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan elementlarning miqdori neftning yoshiga va kelib chiqishiga bog‘liqdir.


Oltingugurt miqdori 0,02 dan 7 % (mass.) gacha bo‘lishi mumkin va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha oltingugurt birikmalarining neftdagi miqdori taxminan 0,2 ( 70% ga to‘g‘ri keladi.
Neft tarkibidagi azot saqlovchi birikmalardagi azotning miqdori undan ham kam bo‘lib 1,7% (mass.) gacha yetishi mumkin. Masalan, O‘zbekistonning Uch qizil neftida azotning miqdori 0,82% (mass.) ni tashkil qiladi.
Ayrim neftlarning element tarkibi va boshqa ma’lumotlar 13-jadvalda keltirilgan.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə