3 I. Bob. Adabiyotlar sharhi


-jadval Vodorodning termodinamik xossalari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə6/16
tarix22.03.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#181657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Neft tarkibida uchraydigan az

6-jadval
Vodorodning termodinamik xossalari






б
(298)

х.б.
(298)

S0
298

A0

A1

A2

A3

A2

Н2

0.98*

0

130,6

32,8

-10,4

10,1

-2,2

-0,15



1.6. Uglevodorod gazlarini suv bilan hosil qilgan klatrat

birikmalari.

Gazli gidratlar yoki suvli klatratlar ilgaridan ma’lum. 1811 yilda Devi xlorning gazli gidratini ochgan. Biroz keyinroq uglevodorod gazlarning suv bilan klatrat birikmalari izlanishlari o‘tkazilgan.

Gazli klatratlar nostexiometrik qo‘shma birikma bo‘lib, umumiy formulasi M(nH2O)

M – gidrat hosil qiluvchi molekula

n – 5,67 dan katta yoki teng.

Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha qattiq kristall modda bo‘lib, qor yoki g‘ovak muzni eslatadi. Biroq gazli gidratning kristallik panjarasi muznikidan 00С dan yuqori haroratda stabilligi bilan va ma’lum o‘lchamdagi ichki yo‘lakchalari bilan farqlanadi. Ushbu yo‘lakchalar (g‘ovakliklar) va uning o‘lchamlari turli birikma molekulalari o‘lchamlari uchun to‘g‘ri keladi. Xususan metan, etan, propan, izobutan, etilen, propilen, atsetilenlar uchun. Gazli gidratlarning tuzilishi 1940-50 yillardagi Shtakelberg izlanishlari natijasida aniqlangan. Gidrat hosil qiluvchi ishtirokida o‘zaro vodorod bog‘lari bilan bog‘langan suv molekulalari ikki xil tipdagi kristallik panjara hosil qilishi mumkin:

1 – tip tarkibiga elementar yacheykasi 46 suv molekulalaridan tashkil topgan o‘rtacha diametri 0,52 nanometr bo‘gan dodekaedr formali 2 kichik yo‘lkadan va (o‘rtacha diametri 0,59 nanometr) 6 tetradekaedr formali katta yo‘lkadan iborat bo‘ladi.

2 – tip tarkibining elementar yacheykasi 136 suv molekulalaridan iborat bo‘lib 16 kichik diametri 0,48 nanometr va 8 katta diametri 0,68 nanometr yo‘lkalardan tarkib topgandir. Agarda «mehmon» molekulasining maksimal o‘lchami 0,48 nm dan kam bo‘lsa, ikkinchi tip kristallik struktura hamma yo‘lkalari to‘lib ketishi mumkin. Ushbu hol gaz gidratlarining umumiy formulasidagi n ning qiymati minimal qiymat 5,67 ga teng deb qabul qilinadi.

Metan va С2 – uglevodorodlar birinchi tip tuzilishli gazli gidrat hosil qiladi.

Propilen va izobutanlar M(17 H2O) tarkibli gidratlar hosil qiladi va 2 – tip tarkibining faqat katta g‘ovaklarini to‘ldiradi. Butan va yuqori gomologlar molekulalarining o‘lchami 0,69 nm dan ortiq bo‘lgani uchun ular gidrat hosil qilish jarayonida qatnashmaydilar. Turli birikmalar molekulasi gidrat hosil qilishda ishtirok etishi va aralash gaz gidratlarini vujudga keltirishi mumkin. Gidratlar hosil bo‘lishi bilan quvur va apparaturalar to‘lib boradi. Ushbu holat neft qazib chiqarish, gaz va neftkimyo sanoatida va ularning turli jarayonlarida sodir bo‘lishi mumkin.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə