3 I. Bob. Adabiyotlar sharhi


Neft tarkibi va neft alkanlari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə4/16
tarix22.03.2024
ölçüsü0,55 Mb.
#181657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Neft tarkibida uchraydigan az

1.1.Neft tarkibi va neft alkanlari

Ko‘pchilik neft o‘z tarkibida to‘yingan uglevodorodlar (alkanlar, metan uglevodorodlar yoki parafin uglevodorodlar deb ham ataladi), sikloalkanlar (naften uglevodorodlar) va aromatik uglevodorodlar (arenlar) ni saqlaydi. [-8].


Neft qaysi kondan qazib chiqarilganligiga qarab tarkibi turlicha bo‘ladi. Masalan, Volgograd oblastidagi va Farg‘ona vodiysidagi neftlar. Ayrim hollarda 1 regiondan qazib olingan 2 neft o‘zaro keskin farq qilishi mumkin.
CnH2n+2 qatoridagi uglevodorodlar hamma neft tarkibida mavjud bo‘lib, uning fraksiyalarining asosiy tarkibiga kiradi. Metan uglevodorodlar fraksiyalarga bir tekis taqsimlanmaydi. Ular, asosan, neft gazlari va benzin, kerosin fraksiyalarida konsentrlangan bo‘ladi. Moy fraksiyalarda esa ularning miqdori keskin kamayadi. Ayrim neftlarning yuqori fraksiyalarida amalda parafinlar bo‘lmaydi.


1.2. Gaz holatidagi parafin uglevodorodlar

С1 – С4 uglevodorodlar: metan, etan, propan, butan, izobutan, hamda 2,2 – dimetilpropan (S5N12) – neopentan normal sharoitda gaz holida bo‘ladi. Bularning hammasi tabiiy va neft gazlari tarkibiga kiradi[9].


Gaz konlari uch xil tipda bo‘lishi mumkin.
Toza gaz konlari
Gaz kondensati konlari
Neft konlari
Birinchi tipdagi gaz konlari tabiiy gaz konlari deb atalib, asosan metandan tashkil topgan bo‘ladi. Metanga qo‘shimcha sifatida oz miqdorda etan, propan, butan, pentanning bug‘lari hamda nouglevodorod birikmalar: SO2, N2 va ayrim hollarda H2S bo‘lishi mumkin.
Respublikamizning SHo‘rtan gaz konidagi xom gazning tarkibi quyidagicha (mol.% da):
1-jadval
SHo‘rtan gaz koni xom gazining tarkibi (% mol.)



Azot

1,584

CO2

2,307

Metan

90,52

Etan

3,537

Propan

1,06

i – Butan

0,209

n – Butan

0,260

i – Pentan

0,110

Geksan

0,119

Geptan

0,112

H2S

0,08

n – Pentan

0,093

Gazning tarkibida metan juda ko‘pchilikni tashkil qilsa, bunday gaz “quruq gaz” deyiladi. Gaz kondensati konlaridan chiqadigan gaz, odatdagi gazdan farq qilib, metandan tashqari ko‘p miqdorda (2-5% va undan ortiq) S­5 va undan yuqori gomologlari mavjud bo‘ladi. Gaz qazib olinayotganda bosimning tushishi oqibatida ular kondensatga (suyuqlikka) aylanadilar. Gaz kondensati konlaridan ajralib chiqqan gazning tarkibi, kondensatlar ajratib olingandan keyin, “quruq gaz” tarkibiga yaqin bo‘ladi. Neft konlaridan ajratib olinadigan gazlar yo‘ldosh neft gazlari deyiladi. Ushbu gazlar neftda erigan bo‘ladi va ular kondan chiqarib olingandan so‘ng ajralib qoladi. Yo‘ldosh neft gazlari tarkibi “quruq gazlar” dan keskin farq qilib etan, propan, butanlar va yuqori uglevodorodlar ham bo‘ladi.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə