5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 2 Mb.
səhifə16/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

ESHAK BILAN BAQALAR
Ustiga o‘tin ortilgan eshak botqoqdan o‘tayotgandi, toyib ketib yiqildi. Eshak o‘rnidan turishga harchand urinmasin - bo‘lmadi: oh-voh qilib faryod cheka boshladi. Botqoqda yashovchi baqalar uning holini ko‘rib dedilar: «Birodar, botqoqqa endigina yiqilganing holda shunchalar nola chekasan, bizga o‘xshab umring shu yerda o‘tganida nima qilarding?!»
Alqissa, ayrim kishilar kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho‘kib qoladilar, holbuki, boshqalar bundan o‘n chandon og‘ir mashaqqatlarni-da sabr-la yengadilar.
Xalqimizda «Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr qil» degan maqol bor. Nogahon toyib ketib, yiqilgan eshak, biroz tin olib, kuch to‘plab, yana oyoqqa turishi va yo‘lida davom etishi mumkin edi. Ammo u mutlaqo chorasiz qolgan kabi ayyuhannos solib, faryod chekadi. Vaholanki, undan ko‘ra yuz chandon yomonroq ahvolda, bir umr botqoqda yashayotgan baqalarni ko‘rib, o‘z holatiga shukur qilishi, ahvolini yaxshilash chorasini ko‘rishi lozim edi. U esa sarosimaga tushib nola qiladi. Hayotda bunday holatlar uchrab turadi. Sovuqqonlik bilan muammolar haqida o‘ylab ko‘rilsa, hammasiga biror tadbir topish mumkin. Muhimi, aqlni ishlatish, qiyinchiliklarga sabrli bo‘lishdadir.
Ezopning bu masali zamirida yana qanday ma’nolar borligini sinfdoshlaringiz bilan birga muhokama qilsangiz, tushunchangiz yanada boyirdi.
Gohida qiyinchilikni yengib o‘tishdan ko‘ra uni aylanib o‘tishga yoki hiyla-nayrang ishlatib, o‘z maqsadiga erishishga harakat qiluvchi kimsalar bo‘ladi. Ular balki ba’zida niyatlariga yetarlar ham. Biroq bu uzoq davom etmaydi. Albatta, biror ishkal bo‘lib, barcha harakatlar chippakka chiqadi. Ana shunday toifali odamlarga qarata quyidagi masal aytilgan.


USTIGA TUZ YUKLANGAN ESHAK
Ustiga tuz ortilgan eshak daryo kechuvidan o‘tayotib toyib ketdi -suvga yiqildi: tuz suvda erib ketib, yuk ancha yengillashdi, eshak benihoya sevindi. Keyingi gal o‘sha joydan o‘tayotib, eshak: «Suvga yiqilsam yukim yengillaydi, keyin turib ketaveraman», deb o‘yladi-da, atayin yiqildi. Ittifoqo, bu gal eshakka yuvg‘ich ortilgan edi: yuvg‘ich suvni shimib olib, yuki og‘irlashib ketgan eshak eplanolmay qoldi-yu suvga cho‘kib ketdi.
Alqissa, ayrimlar ishlatgan hiyla-nayrang ularning o‘z boshiga yetarkan.
«Og‘rning ostidan, yengilning ustidan o‘tma», deydi dono xalqimiz.
Har qanday qiyinchilikni bardosh bilan yengib o‘tishga harakat qilgan odam, albatta, maqsadiga yetadi. Kurashlar bilan amalga oshgan ish qadrli va mustahkam bo‘ladi. Ayrim ishyoqmas, havoyi kishilar maqsadlariga tez va oson yetishish uchun turli nayranglar o‘ylab topadilar-u, ammo kutilmaganda pand yeb qoladilar. Yengil yo‘l bilan qo‘lga kirgan narsa barakali ham bo‘lmaydi. Hatto masaldagi voqeaga o‘xshab, nojoiz makkorlik o‘sha odamni halokatga olib kelishi mumkin. «Behuda chiranish belni chiqaradi» degan hikmat ham shunday holatlarni nazarda tutib aytilgan. Bu fikrning yanada yaqqolroq misoli quyidagi masalda tasvirlab berilgan.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə