5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati


BURGUT, ZAG‘CHA VA CHO‘PON



Yüklə 2 Mb.
səhifə17/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

BURGUT, ZAG‘CHA VA CHO‘PON
Yuksak qoyadan shiddat bilan qo‘zg‘algan burgut suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu ketdi. Zag‘cha buni kuzatib turgandi, hasaddan ichi kuyib, o‘zining ham shunday qilgisi kelib qoldi. Zag‘cha jon-jahdi bilan chinqirganicha borib qo‘chqorga tashlandi: panjalari qalin junga o‘ralashib qoldi-yu, uchishga ham, qochishga ham imkoni bo‘lmay qoldi. Uning jon xavfida pitirlayotganini ko‘rgan cho‘pon gap nimadaligini fahmladi-da, darhol tutib oldi: qanotlarini qirqib, o‘zini ermak uchun bolalariga eltdi. Bolalari chuvullashib: «Bu qanday qush?» — deya so‘raganlarida, cho‘pon aytdi: Men-ku buning zag‘chaligini bilaman-a, biroq uning o‘zi o‘zini burgut hisoblaydi-da?!»
Alqissa, o‘zingdan zo‘rroqlar bilan bellashaman, deb chiranganing bilan hech ish chiqarolmaysan, kulgi bo‘lganing qoladi, xolos.
Har qanday inson hayotda o‘z o‘rnini bilishi lozim. Kerak-nokerak narsalarga o‘zini uraverish yaxshilikka olib kelmaydi. Agar zag‘cha burgutdan bir necha barobar kichik ekanini, har qancha chiranganda ham burgut shiddatiga ega bo‘lolmasligini fikr qilganida, o‘zini abgor qilib, kulgili holatga tushmas edi. Ana shunday toifa odamlarga nisbatan donolar «Ko‘rpanga qarab oyoq uzatgin» deya tanbeh beradilar. Darhaqiqat, yoshi ulug‘ yoki martabasi baland kishilar oldida maqtanchoqlik qilish, o‘z imkoniyatlariga to‘g‘ri baho bera olmaslik, ularga noo‘rin xatti-harakatlari bilan o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lish oxir-oqibat shu kimsani beobro‘ qiladi, e’tiborsiz narsadek chetga chiqib qolishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘rinadiki, Ezop masallari hayotiyligi bilan, odamlarning fazilat-u nuqsonlari, qusur-kamchiliklari, noto‘g‘ri xatti-harakatlarini aniq ko‘rsatib bera olgani, ma’naviy ibrati bilan hozir ham o‘z ahamiyatini to‘la saqlab kelmoqda. Bundan bir necha ming yillar avval yaratilgan bu majoziy hikoyatlar dunyodagi barcha tillarga tarjima qilinib, shu yo‘lda ijod qiluvchi davomchilari yetishib chiqishiga omil bo‘ldi. Fransuzlarda J. Lafonten, rus adabiyotida I. Krilov kabi masalchi adiblar Ezop masallarini qayta ishlab, ijodiy boyitib, o‘z davri xususiyatlariga ko‘ra to‘ldirib, rivojlantirdilar. O‘zlari ham ulardan ilhomlanib, yangi masallar yaratdilar.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə