5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 2 Mb.
səhifə15/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

KIYIK BILAN TOKZOR
Ovchilar ta’qibidan qochgan kiyik tokzorga yashirindi. Ovchilar payqamay o‘tib ketishgach, endi xavfdan qutuldim, deb xayolladi-yu tok barglarini mo‘tab yeyishga tutindi. Ittifoqo shu payt ortiga o‘girilgan ovchi kiyikni payqab qoldi: darhol o‘q uzib, jonivorni yarador qildi. O‘limi yaqinlashganini sezgan kiyik afsus-nadomatda ingrandi: «Qilmish qidirmish: tok meni qutqargandi, men esa uni nobud qilishga qasdlandim».
Alqissa, kimki o‘ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog‘insa, u albatta Xudoning qahriga yo‘liqqay.
Ushbu hayotiy lavha yaxshilikka hamisha yaxshilik bilan javob qaytarishga undaydi. E’tibor qiling-a, tokzor kiyikni o‘limdan asrab qoldi. Kiyik buning uchun bir umr minnatdor bo‘lib, imkoni yetganicha tokzorni asrashi, uni har kim payhon qilmasligi uchun jon kuydirishi lozim edi. Ammo, u aksincha ish tutib, xavfdan qutuldim. ya’ni jonim omon qoldi, endi qornimni o‘ylashim kerak, deb hozirgina uni yashirgan tok barglarini mo‘tashga tushadi. Bu na Xudoga va na bandasiga xush keladigan illat. Shu bois ham kiyik o‘sha zahotiyoq jazolanadi. Bu bilan Ezop yaxshilikka yomonlik qilish muqarrar jazo bilan yakunlanadi, deyish bilan bir qatorda, insonlarni nafs balosidan ham asranishga, hamma narsaga bir paytning o‘zida erishaman deb, ochko‘zlik qilmaslikka da’vat etadi. Bunday tushuncha Sharqda ham keng tarqalgan. Jumladan, bizning zaminimizdan yetishib chiqqan ko‘plab allomalar, adib va shoirlarimizning asarlarida shunday g‘oya ilgari suriladi. Chunki insoniy fazilat yoki illatlarning millati, hududiy chegarasi yo‘q. Inson zoti yaralibdiki, yaxshilik, ezgulik bilan birga yomonlik, tubanlik yashab keladi. Har bir inson, avvalo yaxshilik nima-yu, yomonlik nima - farqiga borishi, o‘z ongi, aql-u farosati bilan anglab olishi kerak.


BO‘RI BILAN LAYLAK
Bo‘rining bo‘g‘ziga suyak tiqilib qoldi-yu joni ko‘ziga ko‘rinib, yordam istab yugurgilab qoldi. Baxtini qarangki, laylakka duch keldi: suyakni chiqarib tashlasang, mukofotlayman, deya va’dalar berib yordam so‘radi. Laylak tumshug‘i-yu boshini bo‘rining bo‘g‘zigacha tiqib, arang suyakni chiqarib oldi-da, va’da qilingan mukofotni talab qildi. Bo‘ri bunga javoban dedi: «Ha, azizim, bo‘rining og‘zidan boshing omon chiqqani kammi, yana mukofot deysan-a?!»
Alqissa, ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarining o‘ziniyoq yaxshilik qilganga yo‘yadilar.
Bu masalni qay bir ma’noda avvalgisining davomi ham deyish mumkin. Chunki yaxshilik qilib, suyakni olib tashlagan laylak mukofot olish o‘rniga, bo‘rining changalida qolib ketmaganiga shukur qilishi lozimligi hikoya qilinar ekan, yaxshikni ham uning qadriga yetgan odamga qilish kerak, degan fikr ilgari suriladi. Yomon fe’llik, baxil odam, unga har qancha yaxshilik qilmang, og‘irini yengil qilaman, yordam beraman, deb o‘ylamang, baribir u Sizning yaxshiligingizni bilmaydi. Bil’aks, o‘zining yomonlik qilmaganini yaxshilikka yo‘yadi. Bu bilan o‘z tubanligini yana bir marta namoyish etadi.
Ezop masallaridan insonning turli vaziyatlarda o‘zini qanday tutishi lozimligi haqidagi maslahatlarni anglash mumkin. Hayotda har xil sinovlar ko‘p bo‘ladi. Inson doim ham muvaffaqiyat qozonib, shod-u xurramlik bilan kun kechiravermaydi. Shodlik, g‘alabalar bilan bir qatorda inson turli g‘am-tashvishlarga, omadsizlik va yo‘qchiliklarga tayyor bo‘lib yurishi, har bir hodisaga hushyor nigoh bilan qarashi lozim. Sabr-u bardoshli bo‘lish, qiyinchilikka chidam, yo‘qchilikka qanoat qila olgan odam hech qachon kam bo‘lmaydi. Aksincha, arzimagan tashvishdan xavotirga tushib, o‘zini o‘tga-cho‘g‘ga urgan kishilar yo biror kasallikka chalinadilar yoki yechib bo‘lmas chigalliklarga duch keladilar. O‘zgalar oldida obro‘-e’tiborlarini yo‘qotadilar. Ezopning quyidagi masali ana shunday odamlar haqida.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə