5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati


QARINDOSHLARIGA ZAKOT BERMOQ HAQIDA



Yüklə 2 Mb.
səhifə11/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

QARINDOSHLARIGA ZAKOT BERMOQ HAQIDA
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qarindoshlariga zakot bergan odamga ikkita savob tekkaydir — biri qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, ikkinchisi — zakot bergani uchun», — dedilar...


MO‘MINLARNING BIR-BIRLARIGA KO‘MAKLASHMOQLARI (LOZIMLIGI) HAQIDA
Alloh taolo: «Yaxshilikka ko‘mak bergan kishi yaxshi nasiba olg‘usidir, yomonlikka ko‘mak bergan kishi yomon nasiba olg‘usidir! Alloh hamma narsaga qodirdir!» - deydi.
Abu Muso rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasal­lam, agar biror gado yoki hojatmand kishi huzurlariga kirib kelsa: «Ko‘mak qilingiz, savob topg‘aysiz! Alloh taolo o‘z rasulining tilidan uning istagan narsasini ayttirib, hojatini chiqarg‘aydir!» - de­dilar.


MEHMONNING MEZBONGA: «SEN YEMAGUNINGCHA MEN HAM YEMAYMAN», DEB AYTMOG‘I HAQIDA
Abdurahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam) Abu Bakr bir mehmonni (yokim mehmonlarni) uyga olib keldilar. O‘zlari ersa janob Rasulullohning huzurlariga ketib, o‘sha yerda ancha vaqt ushlanib qoldilar. Qaytib kelganlaridan so‘ng, onam: «Bu kecha mehmoningizni (yoki mehmonlaringizni) intizor qilib qo‘ydingiz-ku!» - dedilar. Otam: «Ularni ovqatlantirmadingmi?» — deb so‘radilar. Onam: «Ularning oldiga ovqat qo‘yib erdik, yeyishmadi», — deb javob berdilar. (Otam) Abu Bakr g‘azablanib so‘kindilar va ta'blari tirriq bo‘lib: «Men ovqat yemayman!» - deb qasam ichdilar. Shunda men bir joyga berkinib olgan erdim, otam: «Ey nodon, qayerdasan?» — deb chaqirdilar. Onam: «Siz ovqat yemasangiz, men ham yemayman!» - dedilar. Mehmon (yoki mehmonlar) ham otam ovqat yemagunlaricha ovqat yemasligini (yemasliklarini) bildirib, qasam ichdi. Shundan so‘ng otam: «Bizni shayton vasvasa qilayotgan ko‘rinadir», — dedilar-da, ovqatni olib kelishni buyurdilar. O‘zlari ham ovqat yedilar, mehmonlar ham yeyishdi. Shunda, idishdagi ovqat, ular qancha yeyishmasin, kamayish o‘rniga tobora ko‘payib borardi. Buni ko‘rib otam: «Ey Baniy Firosning singlisi, nechun bunday bo‘layotir?» — dedilar. Onam: «Ko‘zlarimga ishongim kelmaydir, yemasimizdan ilgari bunchalik ermas erdi, juda ko‘payib ketibdir!» — dedilar. Hamma ovqatdan to‘yguncha yedi, undan janob Rasulullohga ham yuborishdi. Aytishlaricha, payg‘ambarimiz ham o‘sha ovqatdan tanovul qilibdilar».



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə