5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati


QARINDOSHLARIGA MEHR-OQIBATLI ODAMNING RIZQI ULUG‘ BO‘LMOG‘I HAQIDA



Yüklə 2 Mb.
səhifə10/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

QARINDOSHLARIGA MEHR-OQIBATLI ODAMNING RIZQI ULUG‘ BO‘LMOG‘I HAQIDA
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kimki rizqim ulug‘, umrim uzoq bo‘lsin desa, qarindosh-urug‘lariga mehr-oqibath bo‘lsin!» deganlarini eshitganmen», — deydilar.
Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki rizqim ulug‘, umrim uzun bo‘lsin desa, qarindosh-urug‘lariga mehr-oqibatli bo‘lsin!» — deganlar».


BARCHA ISHDA XUSHMUOMALALIK DARKORLIGI HAQIDA
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari — Oysha raziyallohu anho Urva ibn az-Zubayrga bunday deb aytib bergan ekanlar: «Bir to‘da yahudiylar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirib: «As-somu alaykum!» (ya'ni, «Sizga o‘lim!») — dedi. Men ularning gapini anglab: «Va alaykumu-s-somu va-l-la'na!» (ya'ni, «Sizga ham o‘lim va la'nat!») - dedim. Janob Rasululloh: «Yo Oysha, shoshmay turg‘il! Olloh taolo barcha ishda xushmuomalalikni yoqtirg‘aydir», - dedilar. Men: «Yo Rasululloh, ularning nima deganini eshitmay (anglamay) qoldingiz!» — dedim. Janob Rasululloh: «Sizlarga ham, dedim-ku, axir!» - dedilar».
KIBR HAQIDA
Horisa ibn Vahb al-Huzo‘iy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ahli jannat kimlar ekanligin aytaymi?» - dedilar-da, odamlardan javob kutmay: «Har bir zaif va bechorahol odamdir, u gar Ollohni o‘rtaga qo‘yib qasam ichg‘aydir, so‘zsiz ustidan chiqg‘aydir», - dedilar, so‘ng: «Ahli do‘zax kimlar ekanligin (ham) aytaymi? Har bir qo‘pol, quruq gerdaygan, beqanoat va dimog‘dor odam ahli do‘zaxdir», - dedilar».


BOLAGA RAHMDILLIK QILMOQ, UNI O‘PIB QUCHOQLAMOQLIK HAQIDA
Sobit Anasdan naql qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Ibrohimni qo‘llariga olib o‘pdilar, hidladilar».
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari bo‘lmish Oysha onamiz Urva ibn az-Zubayrga bunday deb aytgan erkanlar: «Bir ayol ikki qizalog‘ini yetaklagan holda huzurimga tilanchilik qilib keldi. U yoq-bu yoqni qarab bir dona xurmodan bo‘lak hech narsa topolmadim. O‘sha xurmoni unga berib erdim, o‘zi yemay ikki qizalog‘iga bo‘lib berdi. So‘ng, o‘rnidan turib chiqib ketdi. Shu asnoda Nabiy sollallohu alayhi vasallam kirib kelgan erdilar, bo‘lgan voqeani aytib berdim. Janob Rasululloh: «Kimki ana shunday qizaloqlarga muruvvat qo‘lini cho‘zg‘aydir, ular uni do‘zax otashidan parda bo‘lib to‘sib turg‘aydirlar», — dedilar»...
Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir qancha asirlarni olib keldilar. Ularning ichida bir ayol ham bo‘lib, o‘z oralaridan biror go‘dakni topib olsa, darhol uni bag‘riga bosib emizar erdi. Janob Rasululloh (buni ko‘rib) bizga: «Nima deysizlar, anavi ayol o‘z bolasini o‘tga tashlay olg‘aymi?» — dedilar. Biz: «Yo‘q, aslo, tashlay olmas!» — dedik. Shunda janob Rasululloh: «Olloh taolo o‘z bandalariga bolasiga mehribonchilik qilayotgan manavi ayoldan ham mehribonroqdir!» — dedilar. («Insonki, o‘z bolasini o‘tga tashlay olmas erkan, Olloh taologa ham o‘z bandasini do‘zax o‘tiga tashlamog‘ligi g‘oyat og‘irdir»)».

ILM-U HIKMATNI ORZU QILMOQ
Hazrati Umar raziyallohu anhu bunday deganlar: «Boshliq bo`lmasingizdan avval ilmni chuqur o‘rganing! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari yoshlari ulg‘ayganda ham ilm o‘rganganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki narsadan o‘zgasiga hasad qilmoq joiz ermas, biri - kishiga Alloh taolo halol mol-dunyo bersa-yu, uni haq yo‘lida sarflayotgan bo‘Isa, ikkinchisi - kishiga Alloh taolo ilm-u hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli oliy maqomga erishib, hukm surayotgan, odamlarga bilganini o‘rgatayotgan bo‘Isa», - deganlar».



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə