5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati


TOPISHMOQLARDAN NAMUNALAR



Yüklə 2 Mb.
səhifə6/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

TOPISHMOQLARDAN NAMUNALAR
Bir parcha patir, Olamga tatir.
(Oy)
Bir otasi, bir onasi, Necha yuz ming bolasi.
(Quyosh, oy, yulduzlar)
Onasi bitta, Bolasi mingta
(Oy va yulduzlar)
Zar gilam, zar-zar gilam, Ko‘taray desam, og‘ir gilam.
(Yer)
Teg desam, tegmaydi, Tegma desam, tegadi.
Kel, kel desam, kelmaydi. Kelma desam, keladi.
(Lab)
Boshi taroq, Dumi o‘roq.
(Xo‘roz)
Otasi uzun xo‘ja, Onasi yoyma xotin, Bolasi shirin-shakar.
(Tok, bargi, uzumi)
Kichkina dekcha, Ichi to‘ la mixcha.
(Anor)
Qo‘shnimning arqoni devordan oshib tushdi.
( Oshqovoq)
Yer tagida oltin qoziq.
(Sabzi)
Chin qushim, chinni qushim, Chin tepaga qo‘ndi qushim. Tumshug‘ini yerga berib, Xalqqa salom berdi qushim.
( Choynak)
Otdan baland, Itdan past.
(Egar)


Nazariy ma’lumot
MAQOL VA TOPISHMOQ TUSHUNCHALARI
Qadrli bolalar, Siz avvalgi darslardan maqol va topishmoq nimaligi haqida muayyan tasavvur olgansiz. Bu ikki tushuncha inson tafakkurining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Maqollar insonni axloq-odobga o‘rgatsa, topishmoqlar uni mantiqiy fikrlashga, topqirlikka, hozir-javoblikka undaydi. Maqol inson nutqini bezaydi (xalqimizda «So‘z ko‘rki maqol», deb bejiz aytilmagan), uning ta’sir kuchini oshiradi. Biror-bir fikrni uqtirishda ishlatilgan maqol uni chuqur o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Maqollar pand-nasihatlar, tarbiyaviy suhbatlarda o‘git sifatida ham keladi. Uni, biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, «Otalar so‘zi» ham deyishadi. Buning boisi, har bir maqol ota-bobolarimiz tomonidan yaratilib, bir necha mingyilliklar davomida sayqal topib kelayotgani, yaxshilik, ezgu ishlarga undaydigan bebaho ma’naviy boyligimiz ekanidir.
Maqolda mazmun aniq, xulosa tugal, ifoda ravon bo‘lib, unda ibratli fikr aytiladi. Bu fikr rad etib bo‘lmaydigan hukm shaklida keltiriladi. Masalan, «Ona yurting — oltin beshiging», «Kishi yurtida shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l» kabi maqollarni hech bir e’tirozsiz qabul qilamiz.
Avval ta’kidlaganimizdek, ko‘plab maqollardagi yana bir xususiyat ularda so‘zlarning qofiyadosh bo‘lib kelishidir. Masalan, «Yuz ko‘rki soqol, so‘z ko‘rki maqol», «Aql — boshdan, odob — yoshdan». Shu xislati bilan maqollar topishmoqlarga o‘xshab ketadi. «Bir parcha patir, olamga tatir» (oy) topishmog‘idagi «patir» va «tatir» so‘zlaridek, maqoldagi «boshdan» va «yoshdan» so‘zlari bir-biriga qofiyadoshdir. Biroq bu o‘xshashlik tashqi shaklda ko‘rinadi. Mazmunan ular o‘zida boshqa-boshqa ma’nolarni tashiydi. Biri ibratli fikrni anglatsa, ikkinchisi, kishini jumboqda yashirilgan ma’noni topishga undaydi, idrokini sinaydi.
Maqol va topishmoqlar, o‘zlarining o‘xshash va farqli jihatlaridan qat’i nazar, inson tarbiyasiga xizmat qiladi, uni ziyraklik va zukkolikka undaydi.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə