5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 2 Mb.
səhifə4/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

Nazariy ma’lumot


XALQ OG‘ZAKI IJODI TUSHUNCHASI
Xalq og‘zaki ijodi — mehnatkash omma ijodi, xalq san’atining boshqa, ya’ni musiqa, teatr, raqs, o‘yin, tasviriy va amaliy san’at kabi turlaridan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og‘zaki so‘z san’atidir.
Xalq og‘zaki ijodi — insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. Har bir xalqning og‘zaki ijodi o‘sha xalqning fe’l-atvori, estetik didi, ruhiyati, urf-odat va an’analari, orzu-intilishlari, geografik sharoiti va tabiatini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zgudir. Biz ana shu ko‘zgu vositasida olamshumul ezgu niyatlar, insoniy fazilatlar, yovuzlik, zulm, adolatsizlikka qarshi nafrat tuyg‘ularini ko‘ramiz.
Og‘zaki so‘z san’ati «folklor» yoki «xalq og‘zaki poetik ijodi» atamalari bilan ifodalanadi. «Folklor» atamasi ilk bor XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan 1846-yilda qo‘llangan bo‘lib, «folk» - xalq va «lor» - bilim, donolik, donishmandlik, ya’ni «xalq bilimi», «xalq donoligi», «xalq donishmandligi» demakdir. Xalq og‘zaki ijodini o‘rganuvchi fan folklorshunoslik deb ataladi.
Xalq ijodiyotining yaratilishi va yashash tarzi og‘zaki usulda amalga oshadi. Ya’ni bunday asarlar og‘zaki ravishda ijro etilishi sababli ularning mazmuni va shakli o‘zgarishi, unga yangi qismlar qo‘shilishi yoki biron-bir qismi tushib qolishi mumkin.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi eng qadimiy san’atlardan biri bo‘lib, u jahon xalqlari poetik ijodi taraqqiyotida alohida o‘rin egallaydi. O‘zbek folklorida turlar va janrlar quyidagicha tashkil topgan.
Epik tur — mif, afsona, rivoyat, ertak, naql, latifa, lof, terma, doston va boshqalar.
Lirik tur — marosim folklorining deyarli barcha ko‘rinishlari, bolalar folklorining ko‘pgina turlari, qo‘shiqning hamma xillari, ashula va shu kabilar.
Dramatik tur — og‘zaki drama, qo‘g‘irchoq o‘yin, askiya, xalq teatrlari va shu kabilar.
Maxsus tur — maqol, matal, topishmoq kabilar.
Xalq og‘zaki ijodi asrlar davomida misqollab to‘plangan, ne-ne sinovlardan o‘tgan, insonlarga hamisha madad bo‘lib kelgan noyob xazinadir. Bizning vazifamiz ana shu xazinani ko‘z qorachig‘idek asrash va yanada boyitish hisoblanadi.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə