5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati


ILM O‘RGANMOQ VA ILM O‘RGATMOQNING FAZILATI



Yüklə 2 Mb.
səhifə9/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

ILM O‘RGANMOQ VA ILM O‘RGATMOQNING FAZILATI
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Olloh taolo menga yuborgan hidoyat (Olloh taolo bandalariga ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘l, yo‘llanma) singari ilm ham ko‘p yog‘gan yomg‘irga o‘xshaydi. Ba'zi yer sof, unumdor bo‘lib, yomg‘irni o‘ziga singdiradida, har xil o‘simliklar va ko‘katlarni o‘stiradir va ba'zan yer qurg‘oq, qattiq bo‘lib, suvni emmasdan o‘zida to‘playdir, undan Olloh taolo bandalarini foydalantirgaydir. Odamlar suvdan ichgaydirlar, hayvonlarini va ekinlarini sug‘orgaydirlar. Ba'zi yer esa tekis bo‘lib, suvni o‘zida tutib qolmaydir, ko‘katni ham ko‘kartirmaydir. Bularni quyidagicha muqoyasa qilish mumkindir: Bir kishi Olloh ilmini (islomni) teran o‘rganadir, teran tushunadir va undan manfaatlanadir va Olloh yuborgan hidoyatni o‘zi o‘rganib, o‘zgalarga ham o‘rgatadir. Ikkinchi bir kishi ilm o‘rganib, odamlarga o‘rgatadir. Ammo o‘zi amal qilmaydir. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o‘zi ham o‘rganmaydir, o‘zgalarga ham o‘rgatmaydir. Bulardan birinchisi mo‘min, ikkinchisi fosiq, uchinchisi kofirdir».


YAXSHI MUOMALA QILINMOG‘IGA KIM HAQLIROQ?
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, mening yaxshi muomala qilmog‘imga kim haqliroqdir?» - deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Onang!» — deb aytdilar. U: «Yana kim?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Onang!» — dedilar. U: «Yana kim?» - dedi. Janob Rasululloh: «Onang!» — dedilar. U: «Yana kim?» — deb so‘radi. Janob Rasululloh (bu safar): «Otang!» — deb javob qildilar».


ODAM OTA-ONASINI HAQORAT QILMAYDI!
Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odam qiladirgan gunohi azimlardan biri — ota-onasini haqorat qilmoqdir!» — dedilar. Shunda: «Yo Rasululloh, odam o‘z ota-onasini qanday qilib haqorat qilmog‘i mumkin?!» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Birovning ota-onasini so‘kkan odam o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘lur», — deb javob qildilar».



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə