5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 2 Mb.
səhifə5/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

TOPISHMOQLAR
Barcha xalqlar og‘zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o‘ziga xos turi topishmoqlar hisoblanadi. Topishmoqlarni ba’zan «topmacha», «jumboq», «matal» deb atashgan. Mumtoz adabiyotda ular «chiston» ham deyiladi. Topishmoq hammabop ommaviy janrdir. Ularda xalq hayotining barcha qirralari — turmush madaniyati, urf-odatlari va boshqa jihatlari, inson va uni o‘rab olgan olam o‘xshatishlar, taqqoslashlar, savollar vositasida ifodalanadi. Topishmoqda yashirin ma’no ko‘pincha majoziy shaklda keltiriladi, aniqrog‘i, narsa nomi biron-bir qush, hayvon, buyum, o‘simlikka qiyoslangan holda beriladi. Topishmoqni yechmoqchi bo‘lgan kishi unda keltirilgan ko‘chma belgilarini xayolida mantiqan solishtiradi va uni hayotdagi belgilarga to‘g‘ri kelishiga qarab javobni topadi. Topishmoq, avvalo, aqlni chiniqtiradigan, ayniqsa, bolalarni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi bo‘lsa, ayni paytda ko‘ngilochar o‘yin ham hisoblanadi. Topishmoqni aytilgan vaqtda yecha olmagan kishi «jazolanadi». Topishmoqning javobi uchun «shahar» yoki «qishloq» beradi.
Topishmoqlar kishining tasavvuri va tafakkurini o‘stiradi, ayniqsa, bolalarni topag‘on bo‘lishga, hozirjavoblikka o‘rgatadi.
Topishmoqlar nasriy va she’riy shaklda ixcham, sodda va ravon, qofiyali uslubda to‘qiladi. Ular o‘zida yashiringan predmetlar miqdoriga qarab bir va bir necha misrali bo‘lishi mumkin. Topishmoqlarda narsalarning sifati, belgilari, o‘xshashligi, mayda unsurlari batafsil ta’rif qilinadigan bo‘lsa, ular ikki, uch, to‘rt va undan ko‘p misralarda ifodalanadi. Bulardan tashqari qochiriqlar, ramziy obrazlar, mubolag‘ali so‘zlar ko‘paygan sari topishmoqlar hajmi oshib boradi. Topishmoqlarda o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘a, kichraytirish, metafora, jonlantirish kabi badiiy tasvir vositalari va usullaridan keng foydalaniladi.
Topishmoqlar tuzilishiga ko‘ra bir yoki bir necha predmetli bo‘lishi mumkin. Masalan, «Qoziq ustida qor turmas» (tuxum). Ushbu topishmoqda bir predmet - tuxum o‘zining rangiga ko‘ra qorga, shakli jihatidan o‘tkir uchli narsa «qoziq» ustida turolmaydigan suyri (ellips)ga o‘xshatilyapti. «O‘zi bir qarich, soqoli qirq qarich» (igna) topishmog‘i ham bir predmetli bo‘lib, ignani anglatadi. Undan o‘tkazilgan uzun ip soqolga o‘xshatilyapti. Topishmoqlarning bir necha predmet yashiringan turlari ham bo‘ladi. Masalan, «Bir daraxtda o‘n ikki shox, har shoxda o‘ttiz yaproq — bir yog‘i qora, bir yog‘i oq» topishmog‘ining javobi yil (daraxt), o‘n ikki oy (shox), o‘ttiz kun (o‘ttiz yaproq), o‘ttiz kecha va kunduz (bir yog‘i qora, bir yog‘i oq).
Topishmoq shunday ajoyib janrki, unda g‘ayritabiiy tuyulgan narsa aslida siz bilan biz kundalik hayotda ko‘rib-bilib turgan narsa bo‘lib chiqadi. «Teg desa tegmaydi, tegma desa tegadi» (lab) yoki
«Chin qushim, chinni qushim,
Chin tepaga qo‘ndi qushim,
Tumshug‘ini yerga berib,
Xalqqa salom berdi qushim». (Choynak)
Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlari, jumladan, doston va ertaklar ichida ham uchravdi. Ular doston va ertaklar mazmunini boyitib, ularning qiziqarliligini, o‘qishliligini ta’minlaydi.
Agar esingizda bo‘lsa, doston yoki ertak qahramonlari bir-birlarining aqli va farosatini topishmoqlar orqali sinaydilar. Bu hodisa ko‘proq ertaklarda uchraydi. Topishmoq qatnashadigan ertaklar ikki xilda bo‘ladi: Birinchisi, topishmoqli ertak bo‘lib, bunda topishmoq ertak ichida keladi. Ikkinchisi, ertak-topishmoq hisoblanib, undagi asar voqealari topish­moq asosida qurilgan bo‘ladi.
Topishmoqlar mavzu jihatdan rang-barang bo‘lib, ular olam va odam bilan bog‘liq barcha narsa va hodisalarni qamrab oladi. Masalan, tabiat hodisalari, yil fasli va mavsumlar, hayvonot dunyosi, odam, uning a’zolari va xislatlari, mehnat va o‘quv qurollari, cholg‘u asboblari, turar joy, uy-xo‘jalik asboblari, qurol-yarog‘lar haqida bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari topishmoqlar o‘zining yarztilish davriga ko‘ra an’anaviy topishmoqlar va yangi, zamonaviy sifatida bir-biridan farqlanadi. An’anaviy topishmoqlar zamirida xalqimizning tarixi, qadriyatlari aks etgan bo‘lsa, zamonaviy topishmoqlarda kundalik turmushimizdagi o‘zgarishlar, fan va texnika yutuqlari o‘z ifodasini topgan.
Qadrli bolalar, biz topishmoqlar haqidagi suhbatimizning avvalida «chiston» tushunchasiga ham to‘xtalgan edik. Chiston asli forscha so‘z bo‘lib, topishmoq, jumboq ma’nosini anglatadi. Chiston mumtoz adabiyotning kichik lirik janri hisoblanib, savol-javob shaklida paydo bo‘lgan. Undagi narsa-hodisalar majoziy tarzda tasvirlanib, fard, bayt, qit’a, ruboiy va g‘azal shaklida yoziladi. Chiston ko‘proq ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy mazmunga ega bo‘ladi. Adabiyotimiz tarixida ushbu janrning go‘zal namunalarini Alisher Navoiy, Uvaysiy kabi shoirlarimiz ijodida uchratishimiz mumkin. Siz mumtoz adabiyotimizdagi chiston janrini yuqori sinflarda o‘rganasiz.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə