5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 2 Mb.
səhifə3/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

MAQOLLARDAN NAMUNALAR
Bilim baxt keltirar.

Ilmsiz - bir yashar,


Ilmli - ming yashar.

Ona yurting - oltin beshiging.


Izzat tilasang, ko‘p dema,


Sihat tilasang, ko‘p yema.

Do‘st bo‘lsang, do‘stingning aybini tuzat.


Qunt bilan o‘rgan hunar,


Hunardan rizqing unar.

Aql - yoshdan, odob - boshdan.


Daraxtni yer ko‘kartiradi,


Odamni el ko‘kartiradi.

Ona yurting omon bo‘lsa,


Rangi ro‘ying somon bo‘lmas.

Xalqqa xizmat — oliy himmat.


El qo‘risang, o‘zarsan,


Qo‘rimasang, to‘zarsan.
Vataning tinch — sen tinch!

Er yigit — elda aziz.


Birni sochsang yerga,


Mingni berar elga.
Bugungi ishni ertaga qo‘yma!

Vaqting ketdi — baxting ketdi.


Yer — to‘ydirar, o‘t — kuydirar.
Mehnat, mehnatning tagi rohat.

Oltin o‘tda bilinar, Odam — mehnatda.


Eksang, o‘rasan.


Yurgan — daryo, o‘tirgan — bo‘yra.


Qimirlagan qir oshar.
Qolgan ishga qor yog‘ar.
Ko‘kka boqma, ko‘pga boq!

Duo bilan el ko‘karar,


Yomg‘ir bilan yer ko‘karar.

Yeridan ayrilgan yetti yil yig‘lar,


Elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar.

Bulbul chamanni sevar, Odam — Vatanni.


Ko‘pdan ayrilganni bo‘ri yer.


Ko‘pdan quyon qochib qutulmas.
Aybsiz do‘st axtargan do‘stsiz qolar.
Arg‘amchiga qil quvvat.

Birlashgan o‘zar,


Birlashmagan to‘zar.

Bo‘linganni bo‘ri yer,


Ayrilganni ayiq yer.

Do‘st achitib gapirar,


Dushman — kuldirib.

Do‘st do‘stni kulfatda sinar,


Odam odamni mehnatda sinar.

Yolg‘iz otning changi chiqmas,


Changi chiqsa ham, dong‘i chiqmas.

Oltovlon ola bo‘lsa,


Og‘zidagin oldirar.
To‘rtovlon tugal bo‘lsa,
Tepadagini endirar.

Bilagi zo‘r birni yiqar,


Bilimi zo‘r mingni yiqar.

Kitob — bilim manbai.


Olim bo‘lsang, olam seniki!


Tikansiz gul bo‘lmas,


Mashaqqatsiz — hunar.

Chumchuq so‘ysa ham,


qassob so‘ysin.

Hunarli kishi och qolmas.


Avval o‘yla, keyin so‘yla!


Aql bozorda sotilmas.

Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi.


O‘ylamay qilingan ish,


Boshga keltirar tashvish.

Aytilgan so‘z — otilgan o‘q.


Arslon izidan qaytmas,


Yigit — so‘zidan.

Ko‘ngli ochiqning qo‘li ochiq,


Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq.

Er yigitni nomus o‘ldiradi.


Do‘sting ming bo‘lsa ham — oz,


Dushmaning bir bo‘lsa ham — ko‘p.

Ko‘za kunda sinmaydi,


Kunida sinadi.

Sinamagan otning sirtidan o‘tma!


To‘qayga o‘t tushsa,


Ho‘l-u quruq baravar yonadi.

O‘zingga ehtiyot bo‘l,


Qo‘shningni o‘g‘ri tutma!

Bir kun urush bo‘lgan uydan


Qirq kun baraka ketar.
Ota rozi — Xudo rozi.
Sulton suyagini xo‘rlamas.

O‘g‘li borning o‘rni bor,


Qizi borning qadri bor.

Qatorda noring bo‘lsa,


Yuking yerda qolmaydi.


Qush uyasida ko‘rganini qiladi.


Bir kun tuz ichgan joyingga


Qirq kun salom qil!

Kattaga hurmatda bo‘l,


Kichikka izzatda bo‘l!

O‘ynab gapirsang ham,


o‘ylab gapir!

Zar qadrini zargar biladi.


Uying tor bo‘lsa ham,


Ko‘ngling keng bo‘lsin!

Bilgan topib gapirar,


Bilmagan — qopib.

Tilga ixtiyorsiz —


Elga e’tiborsiz.

Chin so‘z — mo‘tabar,


Yaxshi so‘z — muxtasar.

Yaxshi bilan yursang,


Yetarsan murodga.
Yomon bilan yursang,
Qolarsan uyatga.

Yaxshi odam oshini yer,


Yomon odam boshini yer.

Betga aytganning zahri yo‘q.


Boshingga qilich kelsa ham


to‘g‘ri so‘zla!
Yetti o‘lchab, bir kes.
Qalovini topsang, qor yonar.
Qoqilsang, toshdan o‘pkalama!
Har ishning o‘z vaqti bor.

Yotib yeyishga tog‘ ham chidamaydi.


Non ham non,


Uvog‘i ham non.

Toma-toma ko‘l bo‘lur,


Hech tommasa cho‘l bo‘lur.

Afting qiyshiq bo‘lsa,


Oynadan o‘pkalama!

Bir azobning bir rohati bor.


Oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa,


O‘n beshi yorug‘ bo‘ladi.

Maqtanma g‘oz, hunaring oz!


Nonni katta tishlasang ham,


Gapni katta gapirma!

Bekordan xudo bezor.


Bemaza qovunning urug‘i ko‘p.


O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q,


Xirmonda hozir.
Baxilning bog‘i ko‘karmas.
Nafsi yomon hayitda o‘lar.

Burgaga achchiq qilib,


Ko‘rpangni kuydirma!

Asal aynimas, sariyog‘ sasimas.


Birni ko‘rib, fikr qil,


Birni ko‘rib, shukur qil.

Birovga choh qazigan, o‘zi yiqilar.


Nimani qilsang xor,


Shunga bo‘lasan zor.

O‘zingga ravo ko‘rmaganni


O‘zgaga ham ravo ko‘rma!

O‘zingni er bilsang,


O‘zgani sher bil!

Kishi yurtida shoh bo‘lguncha,


O‘z yurtingda gado bo‘l.

Tilni bilish –dilni bilishga yo‘l ochar.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə