5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati


SALOM BERISH ISLOM AMALLARIDANDIR



Yüklə 2 Mb.
səhifə8/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

SALOM BERISH ISLOM AMALLARIDANDIR
Sahoba Ammor aytganlar: «Uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo‘lg‘aydir:

  • insofli va adolatli bo‘lmoq;

  • barchaga salom bermoq;

  • kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir kishi so‘radi: «Islomda eng yaxshi xislatlar qaysidir?» Dedilar: «Ochlarga taom bermoqlik, tanigan va tanimaganga salom bermoqlik».


G`AZABNI BOSMOQ HAQIDA
Alloh taoloning shu xususdagi qavli1(so`z): (Alloh) gunohi azimlardan va fahsh ishlardan o‘zini olib qochuvchilarni... va g‘azablangan taqdirda ham kechira oluvchilami... tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qiluvchilarni, g‘azabini yutuvchilarni, odamlarning gunohlarini o‘tuvchilami... (yaxshi ko‘rgaydir). Darhaqiqat, «Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadi».
Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birovni (kurashib) yiqitgan polvon
ermas, balkim g‘azablangan vaqtida jahlini yutgan odam polvondir!» - dedilar»... «Bir odam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Menga nasihat qilingiz!» - deb erdi. Janob Rasululloh: G‘azablanmag‘il» - deb bir necha bor aytdilar».
YETIM BOQQAN ODAMNING FAZILATI
Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men va yetimning kafilini olgan odam
ikkimiz jannatda yonma- yon yashaymiz», - deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib ko‘rsatdilar».
ILMNING FAZILATI TO‘G‘RISIDA
Olloh taolo oyati karimasida: «Olloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab, martabasini ulug‘ qilg‘aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Olloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir», - deyilgan. Yana boshqa oyati karimada esa: «Yo Rabbiy, ilmimni ziyoda qilg‘aysen, deb ayt!» — deyilgan.


OLLOHNING ILM TO‘G‘RISIDA NOZIL QILGAN KALOMI
Olloh taolo oyati karimasida: «Yo rabbiy, ilmimni ziyoda qilg‘aysen, deb so‘ra!» — deydi.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə