5-sinf adabiyoti. 1-bob adabiyot so‘z san’ati


«ASRGA TATIGULIK KUN» ROMANI TO‘G‘RISIDA



Yüklə 2 Mb.
səhifə453/455
tarix17.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#149897
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   455
5 - 9-SINF ADABIYOT

«ASRGA TATIGULIK KUN» ROMANI TO‘G‘RISIDA
Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romani 1980-yilda yozilgan. Asar chop etilishi bilan o‘quvchilar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi. Chunki unda odamning insoniy qiyofasini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlar: o‘zlikni anglash, o‘zgani tushunish, tarixiy ildizlarni bilish, undan faxrlanish singari tushunchalar ekanligi ko‘rsatilgandi. Asarda bu masalalar konkret odamlar taqdiri misolida badiiy ifoda etilgan edi. Holbuki, bunday xususiyat sho‘ro adabiyoti uchun tamomila begona hisoblanardi.
Ch. Aytmatov ulkan san’atkorgina emas, jasur inson ham bo‘lgani uchun ana shunday vaqtda odamiylik odamlikdan baland ekanligini, kechagi kunini eslamaydigan, bobolarning udumlari bilan faxrlanmaydigan, ularga amal qilmaydigan kimsalar na oti va na zotini biladigan manqurtdan farq qilmasligini Jo‘lomon va Sobitjon timsollari misolida juda ta’sirli aks ettirdi.
Ko‘nglining eng tubidagi yuksak ezgu tuyg‘ular ifoda etilgan bu romanga X asrda yashab o‘tgan arman yozuvchisi Grigor Narikatsining «Musibatnoma» kitobidan «Bu kitob jism-u fig‘onimdir mening, Bu kalom jon-u jahonimdir mening» satrlarining epigraf qilib olinishida ham teran ma’no bor. Ch. Aytmatov uchun ham bu roman «jon-u jahon»ning o‘zi edi. Asar chindanda jahonga mashhur yozuvchining dilidagi oh-u fig‘oni, jonini o‘rtagan dardlari, alamlari bayonidir. Kitobda odam degan yaratiqning azizligi, uni tarixiy ildizlaridan, tilidan, g‘ururidan mahrum qilish joniga qasd etishdan ham dahshatli jinoyat ekani yovqur Nayman onaning tengsiz fojiasi tasviri asnosida aks ettirilgan.
Ch. Aytmatovning buyuk yozuvchiligi shundaki, siyosatdan tamomi­la chetda turuvchi, siyosiy muammolar hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim yiroqda umr kechiruvchi kamtargina odam ham aslida siyosatning ta’siridan xoli bo‘lolmasligini Bo‘ronli Edigey taqdiri misolida juda ishonarli aks ettirgan. Edigey kechagi kunini unutmagan, bobolar amal qilgan yuksak udumlar asosida yashashga o‘zida kuch topa oladigan chin insondir. Uning ezgu insoniy sifatlari qiyinchiliklarga qaramay marhum Kazangapning vasiyatini bajarishga o‘zida kuch topganida, qanchalik g‘azablanmasin, o‘lik bor joyda janjallashmaslikka qudrati yetganida, Sobitjonning gap-so‘zlariga munosabatida yaqqol ko‘rinadi.
Ezgu insoniy tuyg‘ulardan mahrum, odamning ko‘nglini his etmaydigan, bobolar qo‘llagan udumlarni mensimaydigan, kechagi kunidan uzilgan, ammo o‘zini ilg‘or fikrli ziyoli hisoblaydigan Sobitjon Manqurtning zamonaviy va xavfli nusxasi ekanligi ham juda ta’sirli ko‘rsatilgan.
Kazangapni dafn etish jarayonida, marhum bilan vidolashuv onlarida, Allohga munojot qilgan o‘rinlari tasvirida Edigey tabiatiga xos yuksak insoniy xususiyatlar namoyon bo‘lgan. Xullas, bu roman odamning odamligini ta’minlab turadigan asosiy qadriyatlar haqida dard bilan bitilgan o‘lmas asardir.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   447   448   449   450   451   452   453   454   455




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə