A. Mirzayev, A. Sotvoldiyev mashinasozlik texnologiyasi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə59/81
tarix22.03.2024
ölçüsü1,63 Mb.
#180213
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari. Mirzayev A. Sotvoldiyeva A

14.5-rasm. Detallarni statik muvozanatlash uchun qurilma: a) prizmatik tayanchlarda; b) roliklarda


Dinamik muvozanatlash detallarni maxsus dastgohlarda aylanma harakatga keltirilgan holda amalga oshiriladi. Maxsus
asboblar yordamida nomuvozanatlik yo‘qotish uchun yuk miqdori va uni qo‘yilish joyi aniqlanadi. Zamonaviy muvozanatlash dastgohlari elektron qurilmalar bilan jihozlangan. Avval detal dastgohni o‘qiga mahkamlanadi, keyin esa harakatga keltiriladi, elektron qurilmadagi raqam ko‘rsatkich muvozanatlash yukining miqdori va joylashish о‘mini ko‘rsatadi. Yukning о‘mi detaining dastlabki mahkamlangan hoiatiga nisbatan qanday burchak ostida bo‘lishi raqamli ko‘rsatkichda ifodalanadi. Sunday dastgohlaming bajaruvchi mexanizmlari kesuvchi asboblar bilan (parma, freza) ta'minlanadi. Ular yordamida ortiqcha yuk olib tashlaniladi va natijada dinamik muvozanatlanadi.


    1. Yig‘ilgan mahsulotni texnik nazoratdan o ‘tkazish va sinash


YigHsh texnologik jarayonini bajarishda amalga oshirilgan nazoratlar tayyor mahsulotlarga qo‘yilgan texnik talablami bajarilishini ta’minlovchi omildir. Bu maqsadda yig‘ish tizimlarida nazorat uchun alohida o‘rinlar ko‘zda tuliladi. Texnologik nazorat barcha maosuliyatli birikmalar uchun bajariladi. Boshqa birikmalar esa davriy ravishda nazoratdan o‘tkazi!adi.
Yig‘ish jarayonlari mahsulot sifatini nazorat qilishda maxsus shablonlar, moslamalar va qurilmalar keng qo‘llaniladi. Ular nazorat ishlarini osonlashtirish va nazorat aniqligini oshirishga qaratilgan. Yig‘isb jarayonida quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar texnik nazorat qilinadi:

      • talab etilgan oraliqlar kattaligi;

      • birikmada detallaming o‘zaro joylashishi;

      • detallar o‘qlarini yig‘ish jarayonida to‘g‘ri holatda bo‘lishi (ayqash bo‘lmasligi);

      • detallarni tashish va ichki kuchlanishlar natijasida hosil bo‘ladigan xatoliklar.

Texnik nazorat o‘tkazish tartibi amal kartalarida yoki maxsus nazorat kartalarida o‘z ifodasini topadi.
132
Texnik nazoratdan o‘tgan birikmalar mashinalar va iiicxanizmJar, albatta, sozlanadi hamda sinovdan o‘tkaziladi.
Sozlash —mdshina va mexanizmlar qismlarinmg birgalikda o'/aro kelishilgan harakatlarini ta’minlash, Bu maqsadda mashina va mexanizmlaming tarldbida maxsus sozlash qurilmalari mavjud. Masalan, oraliqliqni sozlash qurilmalari.
Yig‘ilgan va sozlangan mahsulot, albatta, sinovdan o4kaziladi. Seriyalab ishlab chiqarilgan mahsulotlar quyidagi sinov turlari yordamida sinaladi:

  1. Salt yurishda sinovdan o‘tkazish, bunda ish holatida bo‘lmagan (ishlamayotgan) mahsulotning barcha qismlarinmg bir- biriga o‘zaro ta’siri tekshiriladi;

  2. Ishqalanishga ishlovchi detal yuzalarini chiniqtirish (obkatka);

  3. Yuk ostida smash, bu holda mahsulotning asosi)

ко‘rsatkichlarining texnik talablarga mos kelishi tekshirilad: (quvvat, aylanishlar soni, tezlik va h.k.);

  1. Ish unumdorligini sinash (tajriba uchun tayyorlanga -

maxsus mashinalarida);

  1. Bikirlikka sinash (metall kesish dastgohlarda);

  2. Aniqlikka sinash (metall kesish dastgohlari, nazorat guruh!ariga ajratish mashinalarida);

  3. Ishonchliligini va ish resursini sinash (xarbiy va yangi texnika, inson xayoti bilan bog‘liq mashinalar uchun);

  4. Yuk ko‘tarishga sinash (yuk kolarish mashina va mexanizmlari har yiida bir marta).




    1. Yüklə 1,63 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə