Adabiyot 8 (1-qism) new indd


«SHO‘X IKKI G‘IZOLINGNI NOZ UYQUSIDIN UYG‘AT...»



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

«SHO‘X IKKI G‘IZOLINGNI NOZ UYQUSIDIN UYG‘AT...» 
G‘AZALI
Sho‘x ikki g‘izolingni
1
noz uyqusidin uyg‘at,
To uyqulari k
е
tsun, gulzor ichida o‘ynat.
Tishlabki, soching o‘rdung, ochqanda parishon qil
2
,
Ofoq
3
savodinda jon royihasin
4
butrat.
Kulbamg‘a xo‘y afshon
5
k
е
l, zulfung qilib oshufta,
Anjum sipahin
6
sindur, ofoq ulusin qo‘zg‘at.
Oraz
7
Quyoshin ochib, ashki
8
qurug‘an ko‘zni
Ko‘p hajrda yig‘latding, bir vaslda ham yig‘lat.
Bir oh ila kul bo‘ldum, ey charx, tilab, topib,
Farhod ila Majnung‘a oshiqliq ishin o‘rgat.
Xoro
9
tubig‘a yotqung, yo‘q sud agar yuz yil,
Ko‘k atlasi ustida jismingni, yotib, ag‘nat.
Bazm ichra Navoiy ko‘p yig‘lar esa, ey soqiy,
Hush eltkuchi doru jomig‘a aning chayqat.
1
G‘ i z o l – g‘azol, kiyik. Bu y
е
rda uning ko‘zi inobatga olinib, yor ko‘zlari 
ko‘zda tutilgan.
2
P a r i sh o n q i l m o q – yoymoq, to‘zg‘itmoq. 
3
O f o q – ufqlar, osmon; o f o q s a v o d i – tun qorong‘iligi.
4
R o y i h a – rayhon.
5
X o‘ y a f sh o n – parokanda tabiat bilan. Bu y
е
rda
 sochi to‘zg‘igan
ma’nosida 
k
е
lgan.
6
A n j u m s i p a h i – yulduzlar lashkari.
7
O r a z – yuz.
8
A sh k – ko‘z yoshi.
9
X o r o – qattiq tosh, xarsang.


133
QIT’ALAR
KAMOL KASBIGA DALOLAT-U NUQSONIDIN 
IZHORI MALOLAT
Kamol et kasbkim, olam uyidin 
Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o‘tmak biaynih 
Erur hammomdin nopok chiqmoq.
«G‘aroyib us-sig‘ar»ning 10-qit’asi.
Alisher Navoiy o‘z qit’alarini «Xazoyin ul-maoniy» devon-
lariga kiritganda har biriga alohida-alohida sarlavha qo‘yadi. Bu 
nasriy sarlavhalar qit’adagi ma’no-mazmun mohiyatini ochish-
ga xizmat qiladi. Yana ham aniqroq qilib aytilsa, kitobxonni 
she’riy asarni o‘qishga tayyorlaydi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ushbu qit’aning sarlavhasi-
dayoq kishi o‘zini kamolga yetkazishni kasb qilib olishi g‘oyasi 
ilgari surilib, aks holda, nuqson yuzaga kelishi izhor etiladi.
B i r i n c h i b a y t dayoq shoir to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quvchiga 
murojaat qilib, uni o‘zini kamolga yetkazishni kasb qilib olish-
ga da’vat etadi. 
Chunki
, deydi u, 
senga olam uyidan g‘amgin 
bo‘lib chiqish farz hisoblanmaydi
.
I k k i n c h i b a y t da shu 

krning isboti uchun hayotiy mi-
sol keltiriladi. Birinchi qo‘shmisradagi 
olam uyidin chiqmoq
so‘z birikmasi ikkinchi juftlikdagi 
jahondin hotamom o‘tmak
bi-
lan chambarchas bog‘liq. 
Ya’ni,
deyiladi keyingi ikki satrda
bu 
dunyodan notamom,
kamolga yetmasdan o‘tmoq – xuddi ham-
momga kirib, chala yuvinib, nopok holda chiqqanday gap
.
Kamol et kasbkim
so‘zlarini ba’zilar 
kasb o‘rganishni kamol-
ga yetkaz
deya talqin etadi. Aslida, bu yerda
kamolga yetish ni 
o‘zingga kasb qilib ol
, deyilyapti.
Demak, qit’ada shoir kishilarni o‘zini har tara

ama o‘stirishga 
undaydi. Hatto, bu umrning bosh mazmuni darajasidagi masala 
qilib qo‘yilgan. Alisher Navoiy hammomga kirib, nopok chiqish 
qanchalar mantiqsiz bo‘lsa, dunyoga kelib, kamolga yetmay o‘tish 
ham shunchalar bema’nilik ekanini ochiq-oydin aytgan-qo‘ygan.


134
O‘zbekistonimizda mustaqillik yillarida barkamol avlod tar-
biyasiga kelajak poydevori sifatida qaralib, boringki, bu hayot-
mamot masalasi qilib qo‘yilayotgani ham bejiz emas. Ushbu 
g‘oya, ko‘rinib turganidek, asr-asrlik milliy ma’naviyatimizning 
mag‘zi-mag‘ziga singib ketgan.

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə