Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

Savol va topshiriqlar
1. Nima uchun muallif qit’aga nasriy sarlavha qo‘yishni ma’qul topgan?
2. Qit’ada qanday ilg‘or g‘oya ilgari surilgan?
3. Dunyoga kelib, o‘zini rivojlantirmagan kishi nimaga qiyoslanadi?
4. Qit’aning bugun uchun ahamiyatini tushuntirib bering.
5. Qit’a matnini yod oling.
FALOKATDIN AYOG‘IG‘A KAFSH BO‘LMAG‘ANGA CHUN 
KAFSH UCHUN AYOG‘I BOR, SHUKR VOJIBDUR
Ulki, i

osdin ayog‘inda
Kafsh yo‘li azmi chog‘i yo‘qtur oning,
Shukr qildik
1
boqib birav sori, – 
Ki yururg‘a ayog‘i yo‘qtur oning.
«Badoye’ ul-vasat»ning 41-qit’asi.
Milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz orasida shukrning o‘rni – 
bo‘lak. Mohiyatan biz shukronasi kuchli xalqmiz. Ota-bobo-
larimiz noshukrlikni illat sanashgan. Mantiqan olib qaraganda 
ham, biror bir muammoni noshukrlig-u norozilik bilan yechib 
bo‘lmaydi. Shukr qilgan kishida kelajakka umid so‘nmagan, 
oldinga harakat to‘xtamagan bo‘ladi.
Shukr qilish uchun qanday sharoit hozir bo‘lishi kerak?
Kim shukr qilishga loyiq?
Xalqimizning tarixiy aqidasiga ko‘ra, bandasi har bir o‘tgan 
lahzasiga shukr qilishi lozim.
Ammo adabiyotda shukr targ‘ibi borasida Alisher Navoiy-
ning hozir o‘qiganingiz qit’asidagi kabi hayotiy-tamsiliy na-
muna kam topiladi.
1
Q i l d i k – qilsin.


135
Sarlavhadayoq,
oyoqqa kiyishga kavushi yo‘q kishi kavush 
kiyish uchun oyog‘i borligiga shukr qilsin, unga shu vojib 
(lo-
zim), degan g‘oya ilgari surilgan.
B i r i n c h i b a y t da yo‘lga chiqqan bir kimsaning i

os-
lardan himoya qilish uchun oyog‘iga kiyay desa, kavushi 
yo‘qligi haqida ma’lumot keltiriladi, xolos. Ammo i k k i n c h i 
b a y t da bor gap lo‘nda va ta’sirchan qilib aytib qo‘ya qoli-
nadi: 
u odam shukr qilsin, chunki yurishga oyog‘i bor, ana, 
boshqa birovga boqsin, yuray desa, oyog‘i yo‘q uning
.
Bu qit’a zamirida, 
har qanday kishi o‘z ahvolidan shikoyat 
qilishdan oldin orqa-oldiga, yon-atro

 ga qarasin, qiyoslasin, 
keyin xulosa chiqarsin
, degan oqilona o‘git – yashirin. 
Mingni 
ko‘rib 

 kr qil, birni ko‘rib shukr qil
, degan xalq maqoli ham 
aynan shu g‘oyani ilgari suradi.
Ammo Navoiy yaratgan qit’adagi qiyos – juda ta’sirchan. 
Uni o‘qigan zahoti kishi ko‘z o‘ngida bir martalik umrni oyoq-
siz o‘tkazayotgan, yo qo‘ltiqtayoqqa suyanib yurayotgan, yo ara-
vachada birov surgalab ketayotgan nogiron kishilar gavdalanadi. 
Kiyishga poyabzali bo‘lmasa ham, to‘rt muchasi but odam – 
oyog‘i borligiga shukr qilishi shart, albatta. 
Bosh omon bo‘lsa, 
do‘ppi topiladi,
degan maqolda yaxshi aytilgani kabi, oyoq 
omon bo‘lsa, kavush topiladi.
Navoiy zamonidagi bunday shukronalik da’vati bugun uchun 
ham birday ahamiyatga ega. Xalqning shukrigina mustaqil-
ligimizni mustahkamlash, yurtimiz tinchligini ta’minlash, Vatan-
ni ravnaq toptirishga chinakam omil bo‘la oladi.

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə