Analitik geometriya elementlari



Yüklə 44,92 Kb.
səhifə14/16
tarix24.12.2023
ölçüsü44,92 Kb.
#160804
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Analitik geometriya elementlari-fayllar.org

1- misol. 16x2 – 9y2 - 144 = 0 giperbolaning o‘qlarini, uchlarini, ekssentrisitetini toping, asimptotalarining tenglamalarini yozing hamda yasang.
Ozod hadni o‘ng tomonga o‘tkazamiz va berilgan tenglamaning barcha hadlarini unga bo‘lamiz. Natijada giperbolaning kanonik tenglamasini hosil qilamiz:

Bu yerda a = 3, b = 4 yoki haqiqiy o‘qi 2a = 6 , mavhum o‘qi 2b = 8 ekan. Uchlari


Al(-3; 0) va ,A2(3; 0) va B1(0 ; -4),B2(0; 4) nuqtalarda. (2 ) formulaga asosan
bo‘lgani uchun,giperbolaning fokuslari F1(-5; 0) va
F2,(5; 0) nuqtalarda bo‘ladi. Giperbolaning ekssentrisiteti esa (3) formulaga asosan
ɛ = c/a, ɛ = 5/3. Nihoyat, giperbola asimptotalari tenglamalari (4) formulaga ko‘ra
y = - 4/3x ,y =4/3x bo‘ladi.Yasash uchun to‘g‘ri burchakli dekart koordinatalar sistemasini quramiz va bu sistemada dastlab asimptotalami yasaymiz. Shundan keyin giperbola uchlari va fokuslarini aniqlab, silliq chiziq bilan giperbolaning grafigini yasaymiz
Parabola
Fokus deb ataiuvchi berilgan nuqtadan va direktrisa deb ataluvchi berilgan to‘g‘ri chiziqdan baravar uzoqlashgan nuqtalaming gcometrik o‘mi parabola deyiladi.
Ox o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lib, uchi koordinatalar boshida, fokusi F( , 0) nuqtada bo‘lgan parabolaning kanonik tenglamasi

ko‘rinishda bo‘ladi. Parabolaning direktrisasi x = tenglama bilan fodalanadi. Ixtiyoriy M(x; y) nuqtasidan fokusgacha bo‘lgan masofa fokal radiusi r = x + formula yordamida aniqlanadi.


Oy o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lib, uchi koordinatalar boshida, fokusi F ( 0, ) nuqtada bo‘lgan parabolaning kanonik tenglamasi

ko‘rinishda bo‘ladi. Parabolaning direkrisasi y = - , tenglama bilan ifodalanadi. Ixtiyoriy M (x; y) nuqtadan fokusigacha bo‘lgan masofa fokal radiusi r = y + formula yordamida aniqlanadi.



1- misol. y2 = 4x parabola fokusi koordinatalarini aniqlang va direktrisa tenglamasini tuzing.
Parabola tenglamasining berilishiga ko‘ra 2p = 4, yoki = 1.Shunday qilib,
F( 1; 0) — nuqta parabola fokusi, x + 1 = 0 to‘g‘ri chiziq uning direktrisasi bo‘ladi.
2- misol. Uchi koordinatalar boshida va fokusi F(0; 10) nuqtada bo'lgan parabolaning tenglamasini tuzing.
Parabolaning fokusi Oy o‘qida, uchi esa koordinatalar boshida yotadi, shu sababli va fokus nuqtasining abssissasi manfiy son bo‘lganligi uchun bu parabolaning tenglamasini x2 = -2 py ko'rinishda izlash kerak. Parabola uchidan fokusgacha bo‘lgan masofa = 10 bo‘lgani uchun p = 20, 2p = 40 bo‘ladi. U holda parabola tenglamasi x2 = 40y2 ko‘rinishda bo'ladi.



Yüklə 44,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə