Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti


-jadval. Buloqboshi tumanida yakka tartibdagi tadbirkorlarning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi



Yüklə 490,68 Kb.
səhifə11/13
tarix26.05.2023
ölçüsü490,68 Kb.
#113008
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Зиёдулло битирув малака иши!

-jadval.
Buloqboshi tumanida yakka tartibdagi tadbirkorlarning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi



Ko`rsatkichlar nomi

O`lchov birilgi

2020 y

2021 y

2022 y

2022y-2021y nisbatan farqi

2022y-2020y nisbatan farqi

1.

Sanoat

%

29,2

32,3

35,9

3,6

6,7

2.

Qishloq xo`jaligi

%

44,7

46,1

48,4

2,3

3,7

3.

Qurilish

%

10,2

9

9,6

0,6

-0,6

4.

Savdo

%

57,1

55,9

42,8

-13,1

-14,3

5.

Pullik xizmat

%

39,4

40,2

41,8

1,6

2,4

6.

Yuk tashish

%

14,6

12,7

13,6

0,9

-1

7.

Yo`lovchilar tashish

%

39,3

38,8

39,1

0,3

-0,2

8.

Eksport

%

0,5

0,6

0,8

0,2

0,3

9.

Import

%

1,3

1,7

1,3

-0,4

0

Manba: Uchko`prik tuman xokimligi iqtisodiyot bo`limi 2011-2013 yillar ma’lumotlari.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida tumandagi yakka tartibdagi tadbirkorlarni iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi to`g`risida ma’lumotga ega bo`lishimiz mumkin. 2022 yil xolatiga tuman yakka tartibdagi tadbirkorlarining asosiy ulushi qishloq xo`jaligi faoliyatiga to`g`ri kelgan, ushbu yilda ularning ulushi 48,4 foizni tashkil etgan bu esa 2021 yilga nisbatan 2,3 va 2020 yilga nisbatan esa 3,7 darajaga oshgan. Tuman yakka tartibdagi tadbirkorlarining qishloq xo`jaligi sohasidagi ulushining yuqoriligi tuman asosiy faoliyati xam ushbu yo`nalishda olib borilishi xamda shu tarmoqqa ixtisoslashganli bilan izohlanadi. Bu yo`nalishda asosan dehqon xo`jaliklari, ularning avsosiy qismi chorvachilik, parandachilik, asalarichilik kabi tarmoqlarda ish olib borishlarini aytish zarur.
Tuman yakka tartibdagi tadbirkorlarining sanoat sohasidagi ulushi xam yildan-yilga oshmoqda, ushbu tarmoqdagi yakka tartibdagi tadbirkorlarning ulushi 2022 yilda 35,9 foizga teng bo`lgan bo`lib, bu 2021 yilga nisbatan 3,6, 2020 yilga nisbatan esa 6,7 darajaga oshgan. Bu xolat tumandagi yakka tartibdagi tadbirkorlarni sanoat sohasiga bo`lgan e’tiborlarini oshayotganligini ko`rsatadi.
2022 yilga kelib tumandagi yakka tartibdagi tadbirkorlarning savdo sohasidagi ulushi 42,8 foizni tashkil etgan bo`lib, bu ko`rsatkich 2021 yilga nisbatan 13,1 va 2020 yilga nisbatan 14,3 darajaga kamaygan. Bu xolat tumandagi ushbu sub’yetlarini savdo faoliyatida qisqartirib, boshqa turdagi, ya’ni sanoat, xizmat ko`rsatish sohalariga e’tiborni oshirayotganliklari bilan izohlanadi, bu esa albatta ijobiy xoldir.
Buloqboshi tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorlarning pullik xizmatlar xajmidagi ulushi 2022 yilda 41,8 foizni tashkil etgan bo`lib, bu 2021 yilga nisbatan 1,6 va 2020 yilga nisbatan esa 2,4 darajaga oshgan. Bunda yangi turdagi xizmatlar ko`lamini oshganligini xam aytib o`tish o`rinlidir.
Tumanda yo`lovchi tashish xajmidagi yakka tartibdagi tadbirkorlarning ulushi 2022 yilda 39.1 foizni tashkil etgan bo`lib, bu 2021 yilga nisbatan 0,3 darajagan oshgan bo`lsada, 2020 yilga nisbatan 0,2 darajaga kamaygan.
2022 yilda tuman yakka tartibdagi tadbirkorlarining qurilish ishlari xajmidagi ulushi 9.6 foizni, jami yuk tashishdagi ulushi 13,6 foizlarni tashkil etgan. Bu sohalarda xam yakka tartibdagi tadbirkorlarning ulushini bir muncha ijobiy ekanligini aytish mumkin. Tumandagi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tuman tashqi iqtisodiy faoliyatidagi ulushi past xolatda bo`lib, 2022 yilda jami eksportda ularning ulushi 0,8 foizni, import xajmidagi ulushi esa 1,3 foizni tashkil etgan. Bu esa bir muncha salbiy xolat xisoblanadi, ushbu sub’yektlarning tuman eksportidagi ulushini oshirish imkoniyatlarini ko`rib chiqish tuman raxbarlari va muttasadi shaxslar oldidagi asosiy yo`nalishlardan biri bo`lishi zarur.
Ana shu yo`nalishda bugungi kunda tumanda bir qator ishlar amalga oshirilayotganligini xam aytish o`rinlidir. Tumanning Qumariq va Sharq-Yulduzi MFY xududlarida foydalanilmayotgan bino va yerlar mavjud bo`lib, ushbu maskanda tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishni tashkil etish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan hamda viloyat hokimligiga tegishli takliflar kiritilgan.
Tumanda hokimlik va nazorat qiluvchi organlar raxbarlar tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o`tkazilib, ularning muammosini xal etish bo`yicha xamda tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarga chek qo`yish bo`yicha bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-noyabrdagi
“2021 — 2023-yillarda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi 680-son
Qarori ijrosi yuzasidan tumanda tumanida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirish orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, aholining bandligini va turmush darajasini oshirish hamda muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va moliyalshtitish manbalari belgilangan.

Yüklə 490,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə