Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti


-jadval. Buloqboshi tumani kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari tahlili



Yüklə 490,68 Kb.
səhifə10/13
tarix26.05.2023
ölçüsü490,68 Kb.
#113008
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Зиёдулло битирув малака иши!

-jadval.
Buloqboshi tumani kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari tahlili



Ko`rsatkichlar nomi

O`lchov birligi

Yillar

2022 y - 2021 y nisbatan farqi

2022 y-2020 y nisbatan farqi

2020 y

2021 y

2022 y

(+ ; -)

(%)

(+;-)

(%)

1

Ro`yxatdan o`tgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlar soni

Dona

1008

932

1043

111

111,9

35

103,5

2

Fermer xo`jaliklari

Dona

440

440

441

1

100,2

1

100,2

3

Yakka tartibdagi tadbirkorlar

Dona

3301

3187

3239

52

101,6

-62

98,1

4

Faoliyat ko`rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari soni

Dona

797

769

925

156

120,3

128

116,1

5

Faoliyat ko`rsatayotganlarining jamidagi ulushi

%

79,1

82,5

88,7

6,2


9,6


6

Tugutilgan kichik biznes va XT sub’yektlari

Dona

51

157

96

-61

61,1

45

188,2

7

Yangi tashkil etilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari soni

Dona

127

81

194

113

2,4 bar

67

152,8

8

Kichik biznesda va XT band bo`lganlar soni

Kishi

65843

66214

67784

1570

102,4

1941

102,9

9

Kichik biznes sub’yektlari band bo`lganlarning jami iktisodiyotda band bo`lganlardagi ulushi

%

86,7

85,4

85,5

0,1

 -

-1,2



10

Yaratilagan yangi ish o`rinlari

Kishi

3684

3710

3765

55

101,5

81

102,2

11

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining yalpi xududdiy maxsulotdagi ulushi

%

61,2

61,8

62,1

0,3

 -

0,9

 -

Manba: Buloqboshi tuman xokimligi iqtisodiyot bo`limi 2020-2022 yillar ma’lumotlari.
2022-yil xolatiga tumanda ro`yxatdan o`tgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari soni 1043 tani tashkil etgan bo`lib, bu o`tgan 2021 yilga nisbatan 111 taga oshgan va 111,9 foizni tashkil etgan, 2020 yilga nisbatan esa 35 taga ko`payib 103,5 foizga to`g`ri kelgan.
2022-yil davomida mavjud kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining 925 tasi faoliyat ko`rsatgan bo`lib, bu o`tgan 2021 yilga nisbatan 156 taga ko`p bo`lgan va 120,3 foizni tashkil etgan, 2020 yilga nisbatan esa 128 taga ortib 116,1 foizga to`g`ri kelgan.
2022-yilda faoliyat ko`rsatgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari jami ro`yxatdan o`tgan sub’yetlar sonidagi ulushi 88,7 foizini tashkil etgan bu esa 2021 yilga nisbatan 6,2 darajaga, 2020 yilga nisbatan esa 9.6 darajaga ortgan.
2022-yil davomida tuman bo`yicha 96 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatlari to`xtatilgan, yani tugatilgan. Tugatilgan tadbirkorlik sub’yektlarining soni 2021 yilga nisbatan 61 taga kamayib, 61 foizni tashkil qilgan bo`lsa, 2020 yilga nisbatan esa 45 taga oshgan va 188,2 foizni tashkil etgan. Bu xolat 2021 yilga nisbatan yaxshi ko`rinish xosil qilgan bo`lsa ya’ni tugtilganlar soni qisqargan bo`lsada, 2020 yilga nisbatan oshgan bu esa tumandagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini faoliyatlarini tugatishga sabab bo`layotgan omillarni o`rganishni, ular oldidagi muammo va to`siqlarni bartaraf etishga qaratilgan choralar majmuini ishlab chiqishni talab etadi.
O`z navbatida 2022 yil davomida Buloqboshi tumanida 194 ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilgan, ularning soni 2021 yilga nisbatan 113 taga yoki 2,4 barovarga oshgan, 2020 yilga nisbatan esa 67 taga ko`paygan va 152,8 foizga to`g`ri kelgan. Ushbu xolat tumanda yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish xolatini ijobiy ko`rinishda ekanligini namoyon etadi.
2022 yil xolatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tarkibida 67784 nafar kishi band bo`lgan bo`lib, bu tuman bo`yicha jami bandlarning 85,5 foizini tashkil etadi. 2022 yilda ushbu sub’yektlarda band bo`lganlar soni 2021 yilda band bo`lganlarga nisbatan 1570 taga oshgan va 102,4 foizni tashkil etgan, 2020 yilga nisbatan esa 1941 taga ko`payib 102,9 foizga to`g`ri kelgan. Bu xolat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarida band bo`lganlar sonini so`ngi yillarda oshayotganligini namoyon qiladi. Shunday bo`lsada 2022 yilda ushbu sub’yektlarda band bo`lganlar jami tumanda band bo`lganlar sonidagi ulushi 2021 yilga nisbatan atigi 0.1 darajaga oshgan, 2020 yilga nisbatan esa 1,2 darajaga tushgan. Buning asosiy sababi sifatida so`ngi yillarda tuman aholisi soni va undagi mehnatga layoqatli aholini oshganligi hisoblanadi.
Ushbu xolatni ijobiy xal etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bir muncha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda, 2022 yilda ular tomonidan 3765 yangi ish o`rinlari yaratilgan, bu esa 2021 yilda yaratilgan ish o`rinlariga nisbatan 55 taga, 2020 yilga nisbatan esa 81 taga ko`p bo`lib, mos xolda 101,5 va 102,2 foizlarni tashkil etgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining yalpi xududdiy maxsulotdagi ulushi 2022 yilda 62,1 foizni tashkil etgan bo`lib, o`tgan 2021 yilga nisbatan 0,3 darajaga va 2020 yilga nisbatan 0,9 darajaga oshgan. Bu esa tuman tadbirkorlik sub’yektlarini o`ziga xos rivojlanish darajasida ekanligini namoyon qiladi.
Yuqorida tumandagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatlariga oid ma’lumotlarni taxlil qildik, ushub sub’yektlar tarkibiga fermer xo`jaliklari va yakka tartibdagi tadbirkorlarni kiritilmaganligini aytish maqsadga muvofiq. 2022 yil davomida tumanda 441 ta fermer xo`jaligi faoliyat ko`rsatgan, ularning soni o`tgan yillarga nisbatan 1 taga oshgan.
Tadqiqotimizning asosiy ob’yekti bo`lgan tumandagi yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 2022 yilda 3239 tani tashkil etgan bo`lib, bu 2021 yilga nisbatan 52 taga oshgan va 101,6 foizni tashkil qilgan, 2020 yilga nisbatan esa 62 taga kamayib 98,1 foizga to`g`ri kelgan. Bundan ko`rinib turibdiki tumandag yakka tartibdagi tadbirkorlar soni so`ngi yillarda turlicha ko`rinish xosil qilgan.
Tumandagi yakka tartibdagi tadbirkorlar turli sohalarda faoliyat yuritgan bo`lib, tuman iqtisodiyotining barcha sohalarini qamrab olgan.

Yüklə 490,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə