Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti


“Sharq-Yulduzi” mahalla fuqarolar yig`inida yoshlar bandligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar



Yüklə 490,68 Kb.
səhifə12/13
tarix26.05.2023
ölçüsü490,68 Kb.
#113008
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Зиёдулло битирув малака иши!

2.3 “Sharq-Yulduzi” mahalla fuqarolar yig`inida yoshlar bandligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar
Andijon viloyati Buloqboshi tumani “Sharq-Yulduzi” Mahalla Fuqarolar Yig’inida 2023-yil 1-yanvar holatiga ko’ra 946 ta xonadonda 4973 nafar fuqaro istiqomat qilib kelmoqda. 2022- yil davomida ishsiz fuqarolar soni 136 nafarni tashkil etardi, bu ko’rsatkich 2021-yilga nisbatan 25 nafarga kam va 2020-yilga nisbatan esa 48 nafarga kam degani. Hozirda mahalla hududida 41 ta tadbirkorlik sub’yekti mavjud. Ularning aksariyati xizmat ko‘rsatish va kichik biznes yo‘nalishidagi tadbirkorlardir. Hududimizda yirik korxonalar mavjud bo‘lmasa-da, aholimiz hizmat ko‘rsatish hamda o‘zini-o‘zi band qilish orqali ro‘zg‘or tebratishga imkoniyat topib kelmoqda.
O‘z mehnat va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarimiz ham talaygina. Ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda subsidiyalar yoxud imtiyozli kreditlar ajratish ishlari mahalladan chiqmay turib – hokim yordamchisining ko‘magi asosida onlayn tarzda amalga oshirib kelinmoqda. Fuqarolarimizning bandligini ta’minlash maqsadida tuman bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda vakansiyalari mavjud korxona va tashkilotlarga sayohatlar, hududiy mehnat yarmarkalari tashkil etilyapti.
Mahalla fuqarolar yig’ini pasportini shakllantirish jarayonida aholining gender tarkibi, kasb malakalari, xohish-istaklari va muammolarini o‘rganib, to‘plangan ma’lumotlarni online-mahalla.uz platformasiga joylashtirilgan. Fuqarolarning hamda hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning muammolariga manzilli va sifatli yechim topish uchun mazkur platformada jismoniy va yuridik shaxslar nomidan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborish imkoniyati mavjud. Aholi tomonidan ijtimoiy infratuzilma borasida mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha yuborilgan murojaatlarning aksariyati bugungi kunda o‘z yechimini topayotgani bu boradagi sa’y-harakatlarning samara berayotganidan dalolat, albatta.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ishsiz erkaklarga nisbatan ishsiz ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ishsiz ayollarni ish bilan, tadbirkorlik faoliyati bilan band qilish jarayonlarida ularning oilaviy holatini yaqindan o‘rganib, imkoniyatlarini inobatga olgan holda kerakli tavsiya va yo‘nalishlar berilmoqda.
“Sharq-Yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘inida 2514 nafar hotin-qizlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 93 nafari ishsiz. Kasb-hunarga o‘qitish maqsadida xotin-qizlar turli kasb-hunar markazlari va “Ishga marhamat” monomarkazlariga yo‘naltirildi. Bugungi kunga kelib, ularning 37 nafari o‘qishni muvaffaqiyatli bitirib, egallagan kasb-kori bo‘yicha faoliyat olib bormoqda. 25 nafar ayolga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida imtiyozli kredit ajratilib, ular o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Mahalladagi norasmiy bandlarning 86 nafari doimiy va mavsumiy ish joyi bilan ta’minlandi, 47 nafari o‘zini-o‘zi band qilgan.
Kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yo‘li mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalana olish deb bilaman. Kambag‘allik darajasini o‘lchash metodlari va nisbatlari turlicha. Avvalo kambag‘allikning sababini o‘rganish va uni bartaraf etish choralari ko‘riladi. Keyinchalik esa kambag‘allikdan olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi. Bugungi kungacha bo‘lgan monitoring natijalariga ko‘ra, kambag‘allikka duch kelgan oilalarning aksariyati – bu nogironligi bo‘lgan shaxslar, nafaqaxo‘rlar va bola parvarishi bilan band bo‘lgan ayollar mavjud oilalarda namoyon bo‘lmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish borasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar negizida “Inson qadri uchun” tamoyili yotadi. Birgina misol qilib, ishsiz va ehtiyojmand fuqarolar uchun ajratiladigan subsidiyalar, moddiy yordamlar, imtiyozli kreditlarni keltirish mumkin. Ishsiz fuqarolarni bepul asosda mehnat bozorida katta talabga ega bo‘lgan kasb-hunar turlariga o‘qitish tizimining mavjudligi ham aholining bandligi, shu va shu bilan bir qatorda, daromadini oshirishga qaratilgan ijobiy harakatdir.
Bizning mahallada kam ta’minlangan oilalar soni 97 nafarni tashkil etib, shundan 71 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Shuningdek Yoshlar Yetakchisi Kimsanboyev.T tomonidan “yoshlar balansi” shakllantirilgan. Unda 14-30 yosh oralig’idagi 1430 nafar fuqaro qayd etilgan. Hududda 2021-yilda “yoshlar daftari”ga 18 nafar fuqaro ro’yhatga olingan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2022-yilga kelib 11 nafarni tashkil etdi. 2021-yil mobaynida “yoshlar daftari”dagi 7 ta fuqaroga 30 yilga 15 sotixdan yer ajratib berilgan bo’lsa, 2 nafari kelajak kasblariga o’qitilgan, 3 nafar talabaning kontrak to’lovi to’lab berilgan, 4 ta fuqaro ish bilan taminlangan va 1 nafar fuqaroga moddiy yordam ko’rsatilgan. 2022-yilda esa 11 nafar fuqarodan 5 tasiga yer ajratilgan bo’lsa, 2tasi ish bilan taminlangan, va 2 nafariga kontrakt pullari to’lab berilgan.
14-30 yosh oralig’idagi aholining “Yoshlar balansi”dagi joylashuvi:
Umumta’lim maktablarida – 883 ta
Oliy ta’limda – 103 ta
Migratsiyada – 128 ta
Rasmiy bandlar – 85 ta
Norasmiy bandlar – 90 ta
Harbiy xizmatdagilar – 13 ta
Nogironligi bor fuqarolar – 10 ta
Fikrimni misollar orqali izohlab berishim mumkin. “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi fuqaro I.Tadjimuratovaga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida ajratilgan imtiyozli kredit evaziga tikuv mashinasi va “overlok” olib berildi. Uning oilaviy daromadi amaliy yordam ko‘rsatilgunga qadar oylik jon boshiga 450 ming so‘mdan to‘g‘ri kelardi, kredit asosida tikuv mashinasi va “overlok” ajratilgandan so‘ng, uning daromadi oila jon boshiga 1,5 mln so‘mni tashkil etdi. Natijada oila birinchi toifadan to‘rtinchi toifaga o‘tkazildi.
“Ayollar daftari” ro‘yxatidagi fuqaro Z. Kalandarovaga ham subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berildi. Mazkur fuqaroning oilaviy daromadi amaliy yordam ko‘rsatilgunga qadar oylik jon boshiga 430 ming so‘mdan to‘g‘ri kelardi, subsidiya asosida tikuv mashinkasi ajratilgandan so‘ng esa daromad oila jon boshiga 1,6 mln so‘mga yetdi. Natijada oila birinchi toifadan to‘rtinchi toifaga o‘tkazildi. “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaro A. Abdullayevaning oilaviy holati ham shu tariqa birinchi toifadan to‘rtinchi toifaga o‘zgardi.
O‘rganishlar natijasida mahallamiz “drayveri” hizmat ko‘rsatish sohasi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mahallaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, aholini barqaror daromad bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Natijada 176 nafar fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi. 96 nafari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 12 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 10 nafariga esa ijara asosida yer ajratildi.
Tashkil etilgan yangi tadbirkorlik sub’yektlari soni 23 ta bo‘lib, shundan 8 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar, 15 tasi yuridik shaxs sifatida ro‘yxatga olindi.
Mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 50 ta loyihaga 1 mlrd 286 mln so‘mlk imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.
Bundan tashqari, mahallada umumiy qiymati 950 mln so‘mlik 6 ta mikroloyihalar ishga tushirilib, 23 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Mahalla hududidagi umumiy qiymati 2 mlrd 700 mln so‘mlik 120 o‘rinli 9-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti yangi binosining qurilishi yakunlanib, 2022 yilning dekabr oyida ishga tushirildi. Mahalla yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha 3.5 km ichki yo‘lga qora qoplamali asfalt hamda beton asfalt yotqizildi hamda 14 km masofada toza ichimlik suvi bilan taminlandi. Bundan tashqari 1 km piyodalar yo‘lakchasi tashkil etilib, 40 ta quyosh panelli tungi yoritgichlar o‘rnatildi.
Kambag‘allik holatlarining kelib chiqishi, birinchi navbatda doimiy ishning yo‘qligi, ya’ni ishsizlik, ma’lumotga ega bo‘lmaganlik, shuningdek, tadbirkorlik qilish uchun bilim va malakalarning yetishmasligi bilan bog‘liq. Bugungi kunda mahalla aholisi orasida kambag‘allikka duch kelgan oilalarning aksariyati – bu nogironligi bo‘lgan shaxslar, nafaqaxo‘rlar va bola parvarishi bilan band bo‘lgan ayollar istiqomat qilayotgan oilalar ekanligi aniqlandi. Ya’ni, mazkur holat fuqaroning biron-bir ishni boshlashidan oldin (masalan, imtiyozli kredit yoki subsidiya olmoqchi bo‘lgan) uning shu sohaga qiziqishi va tushunchasi bo‘lmasligidan kelib chiqmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan qishloq joylarida meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o‘zlashtirish, paxta, g‘alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish orqali kambag‘allikka qarshi kurashish chora-tadbirlari belgilab berildi.
Shuningdek, hukumatimizning qator qarorlari bilan ham meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi belgilangan bo‘lsa, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida taqdim etish hisobiga aholi bandligini ta’minlash, daromadlari va turmush darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Kambag‘allik darajasini qisqartirish uchun mahallamizda yirik ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishimiz kerak. Natijada ishsizlikning oldi olinadi va daromad manbai paydo bo‘lib, kambag‘allik qisqaradi. Xususan, har bir xonadonda chorvachilik, issiqxona, parrandachilik kabi yo‘nalishlarda o‘zini-o‘zi band qilish foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o‘zlashtirish, paxta, g‘alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishni ko‘paytirish orqali kambag‘allikka qarshi kurashish chora-tadbirlari yo‘lga qo‘yilishi ham tez orada o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi shubhasiz. Ishsizlik va kambag‘allikni oldini olish uchun mahallaning o‘sish drayveridan kelib chiqqan holda, fuqarolarga takliflar va ko‘nikmalar berilishini tizimli yo‘lga qo‘yish zarur.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yurtimizda kambag‘allikka barham berish, xalqimizning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi va farovonligini ta’minlash maqsadida barcha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.



Yüklə 490,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə