Antidangasalik



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Antidangasalik таҳрир

Davr qaytariladi 
Dam olish vaqti tugashi bilan yana taymerni 25 daqiqaga qo‘yib, ishni qayta boshlaysiz.
4 ta “Pomodoro” davridan so‘ng yarim soat yoki bir soatlik katta tanaffus qilinadi. Keyin 
yana shunday davrni takrorlab, ishni davom ettirishingiz mumkin. 
25 daqiqa universal vaqt hisoblanadi. Ko‘pchilik 25 daqiqa davomida chalg‘imasdan 
ishlay oladi. Agar sizga 25 daqiqa uzoqlik qilayotgandek bo‘lsa, uni 20 yoki 15 daqiqa qilib 
belgilang va bajaring. Tassavur qiling, 20 ta 10 kilogrammlik qutilarni binoning uchinchi 
qavatiga chiqarishingiz kerak. Bir martaning o‘zida buni olib chiqishning iloji yo‘q. Ammo 
siz har ikkita yoki bitta qutini ko‘tarib bir martadan qatnasangiz, barcha qutilarni 
qiyinchiliksiz yuqoriga olib chiqa olasiz. Xuddi shunday har qanday katta ishni mayda 
bo‘laklarga bo‘lib bajarish mumkin. 
Cheklistimizning “Indikatorlar” bo‘limiga “Pomodoro davri soni” degan topshiriqni 
kiritamiz. 
Topshiriqlarning turlari
Dovranbek Turdiyev o‘zining “Antidangasalik” treningida topshiriqlarni ikki turga 
bo‘ladi: “Yashil topshiriqlar” va “Qizil topshiriqlar”.
Yashil topshiriqlar sizning ko‘tarilishingizga yordam beradi.


39 
Yashil topshiriqlar sizning loyihalaringizdan kelib chiqib qo‘yiladi. Misol uchun: ingliz 
tili bilan shug‘ullanish, ishingizga taalluqli kitoblarni o‘qish, sport bilan shug‘ullanish va 
hokazo. 
Qizil topshiriqlar sizning tushib ketmasligingizni ta’minlaydi. 
Qizil topshiriqlarga misol: Siz maktabda ishlaysiz va doimo turli xil hujjatlarni to‘ldirib 
borishingiz kerak. Bu sizni yuksaltirmasa-da, ishda saqlab turish uchun asos bo‘ladi. “Yashil” 
va “Qizil” topshiriqlarni ajratib olish uchun o‘zingizga quyidagi savolni berish kifoya: “Nima 
uchun bu topshiriqni bajaryapman?” 
Hozir qilayotgan ishingiz, kasbingiz o‘zingizga qanchalik yoqsa, sizda yashil 
topshiriqlar ko‘p bo‘ladi. Ko‘pincha davlat ishida ishlaydiganlarda, abituriyent va talabalarda 
qizil topshiriqlar ko‘p bo‘ladi. Siz yashil topshiriqlar sonini qanchalik ko‘paytirishda davom 
etsangiz, bu o‘sishingizni ta’minlaydi. 


40 
Ertalab uyg‘ongan insonlarning deyarli barchasi ko‘zini ochishi bilan birinchi bo‘lib 
qo‘lini telefonga cho‘zadi. Telefonni qo‘lga olishingizdan oldin bitta yashil topshiriqni 
bajarishingiz sizga kunni samarali boshlashingizga asos bo‘ladi. Bu topshiriq bo‘lishi 
mumkin: o‘n daqiqa sayr qilish, o‘n marta qo‘lni bukib yozish (mashq), 5-10 bet kitob o‘qish. 
Kechqurun topshiriqlarni tuzganingizda telefonni olishdan oldin bajarmoqchi bo‘lgan 
topshirig‘ingizni stikerga yozib, daftaringizning birinchi betiga yopishtirib qo‘ying. Shunda 
ertalab daftarni ochib, birinchi shu vazifani bajarishni boshlaysiz. Kuningizning topshiriqdan 
boshlanishi o‘z-o‘zidan keyingi topshiriqlarni ham ketma-ket bajarilishiga olib keladi. Buni 
Sana:
Uyqu soatlari 










Bajarilgan topshiriqlar soni 










Pomodoro davri soni 






10 



Ekranda tungi va o‘qish rejimi 










2 daqiqa hech narsa qilmaslik 










Qarmoqlar metodini bajarish 










Topshiriqlarni tuzish 










Loyihalar ro‘yxatini ko‘rib chiqish 










Telefonni olishdan oldin yashil 
topshiriq 












41 
cheklistingizning “Amaliyotlar” bo‘limiga “Telefonni olishdan oldin yashil topshiriq 
bajarish” deb kiritasiz. 
III bobda o‘rgangan narsalarimiz asosida cheklistingiz quyidagi ko‘rinishni oldi. 
Keyingi bobga o‘tishdan avval kamida ikki kun davomida o‘rganganlaringizni amalda 
qo‘llang. 
Sana:
Uyqu soatlari 










Bajarilgan topshiriqlar soni 










Pomodoro davri soni 






10 



Ekranda tungi va o‘qish rejimi 










2 daqiqa hech narsa qilmaslik 










Qarmoqlar metodini bajarish 










Topshiriqlarni tuzish 










Loyihalar ro‘yxatini ko‘rib chiqish 










Telefonni olishdan oldin yashil 
topshiriq 











Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə