Antidangasalik



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Antidangasalik таҳрир

“Talaba” effekti
Abituriyent yoki talaba bo‘lganlar bu effekt ta’sirini juda yaxshi biladi. Buni 
ko‘pchilikning odatiy hayotida ham uchratish mumkin. Bu prokrastinatsiyaga ham juda 
o‘xshash. Sizga vazifa berilsa, doim uni keyinga qoldirasiz. Sababi, sizning tasavvuringizda 


45 
kelajakdagi “Men” hozirgi “Men”dan kuchliroq va aqlliroq bo‘lib tuyiladi. Siz doim hoziroq 
ishni boshlashga o‘zingizda kuch topa olmaysiz, ammo ertaga o‘zingizni kuchliroq 
bo‘lishingizni tasavvur qilasiz. Bu shunchaki o‘zni aldash hisoblanadi. Siz shunday qilib 
vazifa muddati tugaguncha ishni orqaga surib boraverasiz va bir kun qolganda katta bosim 
bilan ishlashni boshlaysiz. Buni biz Tim Urbanning fikrlash modelida ham ko‘rgan edik. Shu 
holatga qiyos sifatida prokrastinatolog Maksim Darafeyevning “Filosoraptor paradoksi”ni 
keltirish mumkin. 
“Nima uchun biz ishlarni oxirigacha qoldirib, qoniqarli bitiramiz. Axir boshidan shu 
ishni qoniqarli bajarib, keyin chalasini to‘ldirib olsak bo‘ladi-ku!”
Bunday holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab komfort zonaga o‘ralib qolganimiz 
hisoblanadi. Komfort zona — bu siz maza qiladigan joy. Rivojlanish doim komfort zonadan 
tashqarida bo‘ladi. Ko‘pincha o‘rganish jarayoni ham komfort zonaga aylanib qoladi va siz 
shunda ma’lum nuqtadan keyin o‘sa olmaysiz. 1869-yil Frensis Galton (Francis Galton)
31
fanga “OK” nuqta degan terminni kiritadi. 
O‘rganish jarayoni 
Avvaliga siz o‘rganishni boshlab olganingizdan keyin ma’lum vaqt davomida 
rivojlanish tez sur’atda o‘sadi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, sizning mahoratingiz ma’lum 


46 
darajaga yetadi va o‘sish sur’ati deyarli o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Aynan shu “OK” nuqta 
deyiladi.
“OK” platformasida jarayon sekin kechishiga misol qilib dunyoning eng tezkor odami 
Huseyn Bolt (Usain Bolt)ning gapini keltirsak bo‘ladi: “Mening 100 metrga yugurishdagi 
vaqtimni 10 soniyadan 9 soniyagacha tushirish uchun 4 yil vaqtim ketdi”. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə