Antidangasalik



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Antidangasalik таҳрир

Yengilish chegarasi 
Qanday holat yuz berganda oldingizga qo‘ygan maqsadingizdan kechib ketishingizni 
belgilab oling. Misol uchun, men boks bo‘yicha jahon chempioni bo‘lmoqchiman. Shunda 
bu maqsadimdan quyidagi holatlarda kechib ketgan bo‘lardim:
1.
Sog‘ligimda o‘ta jiddiy muammo bo‘lsa va shifokorlar boks bilan shug‘ullanishni 
taqiqlasa.
2.
Jahon chempionatidan boks sport turi olib tashlansa.
3.
Ota-onam bu maqsadimdan qaytmasam, mendan rozi bo‘lmasligini ma’lum qilsa. 
4.
Vafot etsam. 
“Bo‘ldi, mana shu 4 narsadan boshqa hech qanday sabab maqsadimdan qaytara 
olmaydi”. O‘z maqsadingizning yengilish chegaralarini bilib olganingizdan keyin boshqa 
to‘siqlar sizga kichikdek tuyilib qoladi. Boshqa holatlarda ortga qaytmaslik uchun o‘zingizga 
psixologik blok qo‘ygan bo‘lasiz. 
Ijobiy o‘zgarishlarning 4 omili
1. Muvozanatni ushlang 
Biz kitobning boshida “Kapalak” effekti haqida gaplashgan edik. Shunga ko‘ra, sizdagi 
mayda o‘zgarishlar ham katta o‘zgarishlarga sababchi bo‘lishi mumkin. Hayotingizga juda 
ko‘plab yangi narsalarni birdan olib kirish hozirgi muvozanatni buzishi ham mumkin. Taleb 
Nassim o‘z kitobida buni aytib o‘tadi: 
“Murakkab tuzilishga ega har qanday tizim mayda o‘zgarishlardan kutilmagan 
“reaksiya”ga uchrashi mumkin”. 
Kutilmagan hodisalarning oldini olish bo‘yicha ham Taleb Nassim o‘z fikrini bildirib 
o‘tgan: 


50 
“Murakkab tizimni xavfsiz o‘zgartirish uchun unga nimadir qo‘shgandan ko‘ra undan 
nimanidir olib tashlagan ma’qul”.
Taleb Nassim “murakkab tuzilma” deb insonlarning hayotini qiyoslab keltirmoqda. Siz 
o‘z hayotingizni kuzating, maqsadingiz yo‘lida sizga xalal berayotgan, taalluqli bo‘lmagan 
narsalarni birma-bir olib tashlang. Shunda ularning o‘rniga sizga foydali bo‘lgan boshqa 
narsalarni qo‘shishingiz mumkin bo‘ladi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə