Antidangasalik



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Antidangasalik таҳрир

 


42 
IV BOB 
Diqqatni kuchaytirish usullari
 
2015-yil Microsoft korporatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot
29
natijalariga 
qaraganda, hozirgi davr odami 8 soniyadan ortiq diqqatini bir narsaga uzluksiz qaratib tura 
olmas ekan. 2000-yilda
30
bu ko‘rsatkich 12 soniyani tashkil etgan. Raqamli dunyoning 
turmush tarziga tobora chuqurlashib borishi diqqatning susayishiga olib kelmoqda. Siz kitob 
o‘qiyotganingizda yoki yangi so‘zlarni yodlayotganingizda birdan boshqa narsalar haqida 
o‘ylab ketasiz. Muammo diqqatingiz qaysi payt bo‘linganini bilmay qolishingizda. Agar siz 
diqqatingiz bo‘lingan vaqtni payqashni o‘rgansangiz, uni qaytarishni ham o‘rganib olasiz.
Aslini olganda, diqqat bo‘linishi bu insondagi tabiiy mexanizm hisoblanadi, shuning 
uchun uni 100% kuchaytirishning imkoni yo‘q. Atrofingizdagi oddiy tovushlarning ham sizni 
chalg‘itishiga reflekslaringiz sababchi bo‘ladi. Shunga qaramasdan, diqqatni shug‘ullantirish 
orqali bir joyga jamlab turishni o‘rganish mumkin. 
Diqqatni shug‘ullantirish ham ko‘nikmali jarayonga kiradi, ammo bunda biroz 
muammolar mavjud. Biz avvalgi bobda bilib olganimizdek, ko‘nikma shakllantirishda unga 
qancha ko‘p kuch bersak va vaqt ajratsak, u shunchalik tez rivojlanadi. Ammo diqqatni 
shug‘ullantirish mashqlarida ma’lum chegaradan keyin sarflangan kuchning ta’siri bo‘lmay 
qoladi. Go‘yoki bir stakan suv to‘lgach, unga ortiq suv quyish imkonsiz bo‘lib qolganidek. 
Nuqta mashqi
Diqqatni shug‘ullantirish borasidagi eng samarali mashq deb tan olingani — bu nuqta 
mashqi. Mashqni bajarish tartibi juda oddiy: Bitta daftar varag‘idek yoki o‘rtacha kattalikdagi 
oq karton qog‘ozi olasiz (bo‘lmasa, oddiy oq varaq ham bo‘ladi). Uning markaziga o‘rtacha 
kattalikda nuqta qo‘yasiz. Taymer signalini 2 daqiqa qilib belgilaysiz. So‘ngra taymerni 
bosishingiz bilanoq signal chalmaguncha bor diqqatingizni nuqtada jamlashga urinasiz. Shu 
ikki daqiqa davomida tashqi ta’sirlarning birortasiga ham javob bermaysiz. 


43 
Birinchi marta bajarish jarayonida chalg‘ishlar soni juda ko‘p bo‘ladi. Har safar 
chalg‘iganingizda e’tiboringizni yana nuqtaga qaratishga kuch sarflashingiz diqqatingiz 
kuchayishiga olib keladi. Bilishimiz kerakki, diqqat mavhum narsa emas, balki miyamizdagi 
ma’lum hududni egallovchi neyronlar to‘plami. U II Bobdagi miya tuzilishida keltirib 
o‘tilgan profental korteksda joylashgan. Shuning uchun ham uni shug‘ullantirish mumkin. 
Bu mashg‘ulotni kuniga ikki daqiqadan ortiq bajarishingiz sizga samara bermaydi. “Ko‘proq 
shug‘ullansam, tezroq kuchayadi”, degan tushuncha xato. Diqqat kuchayishi sekin 
rivojlanadigan jarayon bo‘lib, ikki-uch oydan olti oygacha cho‘zilishi mumkin. Shu bois 
boshida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rmasligingiz ham mumkin. Buni cheklistning 
“Amaliyotlar” bo‘limiga qo‘shib qo‘yasiz. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə