Antidangasalik


“Pomodoro” texnikasining ishlash algoritmi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Antidangasalik таҳрир

“Pomodoro” texnikasining ishlash algoritmi
Tashqi omillarni yo‘qotish 
Deylik, siz ingliz tili bilan shug‘ullanmoqchisiz. Ishni boshlashdan oldin imkon bo‘lsa, 
alohida bo‘sh xonaga o‘tish talab qilinadi. Agar imkon bo‘lmasa, atrofdagilarni sizga xalal 
bermasliklari haqida ogohlantiring. Faqatgina o‘zingiz shug‘ullanmoqchi bo‘lgan darsliklar 
bilan qoling. Barcha chalg‘ituvchi vositalar (telefon, televizor va h. k.)dan uzoqlashing.
O‘zingiz bilan bitta taymer oling. Nega tashqi omillarni yo‘qotish bunchalik muhim, 
deyishingiz mumkin. Kaliforniya Irvayn universitetida
28
o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga 
qarasak, inson ma’lum ish bilan shug‘ullanayotgan vaqtda uni bir marta chalg‘itishsa, u yana 
shu ishga fikrini jamlashi uchun taxminan 23 daqiqa-yu 15 soniya vaqt kerak bo‘lar ekan. 
Shu bois sizda chalg‘ituvchi vositalar va multitasking bo‘lmasligi zarur. 
Ishni rejalashtirish 
Ishni boshlashingiz uchun hamma narsani tayyor qilib qo‘yasiz. 
Taymerni 25 daqiqaga yoqish 
Taymerni 25 daqiqaga sozlaysiz. Keyin o‘zingizga ovoz chiqarib aytasiz: “Men hozir 
25 daqiqa ishlayman va dam olaman”. Taymerni bosishingiz bilanoq rejalashtirgan ishingizni 
bajarishga kirishasiz. Bor diqqatingizni bajarayotgan ishingizga qaratishga harakat qilasiz. 
Taymer orqaga ketayotganini ko‘rib turganingiz yaxshi. Sababi, orqaga ketuvchi vaqt inson 
psixologiyasi sababli sizni tezroq harakatlantirishga undaydi. 


38 
Taymer signaligicha to‘xtamay ishlash 
5 daqiqa dam olish 
Taymer signalidan so‘ng siz taymerni bu safar 5 daqiqaga sozlab, dam olishni 
boshlaysiz. Dam olish jarayonida yuqorida aytib o‘tilgan chalg‘ituvchi vositalarning 
birortasidan ham foydalanmaslik talab qilinadi. Bu jarayonda miyangiz yo‘qotilgan 
energiyani to‘plashi zarur. Shuning uchun hech narsa qilmasdan, shunchaki o‘tirish yoki 
yotish talab qilinadi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə