Antidangasalik



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Antidangasalik таҳрир

Loyihalashtirish
Biz maqsad qo‘yish qanchalik muhimligini va u qanday shartlarni bajarishi kerakligini 
aniqlab oldik. Ammo maqsad qo‘yishning o‘zigina yetarli emas. Biz endi maqsadlarni 
loyihalarga o‘tkazamiz. Loyihalashtirishda maqsadlarga aniq rejalar, qadamlar, topshiriqlar 
belgilanadi. Bu bilan maqsadlar amalga oshishi yanada osonlashadi.
Loyihani amalga oshirishning 3 bosqichi mavjud:
1.
Loyihalarni yozib olish. 
2.
Loyihalarni loyihachalarga bo‘lish.
3.
Birinchi qadamni aniqlash. 
Bitta loyihani misol qilib olgan holda ish jarayonini tushuntiramiz.
Loyiha — “Oziq-ovqat do‘koni ochish”. 
Bu loyihani loyihachalarga ajratamiz:
• 
MCHJ ochish; 
• 
joy qidirish; 
• 
ishchilar topish;
• 
mahsulot sotib olish.
“MCHJ ochish” loyihachasini olib, uning birinchi qadamini aniqlaymiz: 
• 
internetga kirib, O‘zbekistonda MCHJ ochish uchun nimalar talab qilinishini 
bilish. 
Bu sizning birinchi qadamingiz bo‘ladi. Buni dangasa odam ham qila oladi. Sababi, 
ikki daqiqadan ortiq vaqt olmaydi. Xuddi shunday barcha topshiriqlaringizni o‘ta 
maydalashtirsangiz, uni amalga oshirishingiz shunchalik osonlashadi. Bu topshiriqni bajarib 


35 
bo‘lishingiz bilan keyingi vazifa uchun birinchi topshiriqni aniqlab, shu zahoti bajarishga 
tushasiz: 
• 
Google-xaritaga kirib, Davlat xizmatlari markazi qayerda joylashganini 
aniqlash;
• 
“Yandex taksi”ni chaqirib, Davlat xizmatlari markaziga borish.
Mana shunday ketma-ketlikda har bir topshiriqni yakunlashingiz bilan keyingi 
topshiriqning birinchi qadamini aniqlab, bajarishni boshlaysiz. Birinchi qadamni 
aniqlashingiz bilan stikerga yozasiz va daftaringizga yopishtirib qo‘yasiz. Shunda kun oxiriga 
borib ko‘zingizga katta bo‘lib ko‘ringan ish bir nechta stikerdagi topshiriqlar bilan 
bitganining guvohi bo‘lasiz. 
Bir yillik maqsadlar qo‘yilganda o‘rtacha 7-9 ta maqsad qo‘yish taklif qilinadi. Siz ham 
shunday qilishingiz mumkin, ammo ular orasida bittasi boshqalariga nisbatan muhimroq 
bo‘lishi kerak bo‘ladi. 
Endi maqsadni qayerga yozish kerak, degan savolga javob bersak. Bloknotingiz 
varag‘idek kattalikdagi bitta karton qog‘ozi olasiz va unga katta qilib asosiy maqsadlaringizni 
yozasiz. So‘ngra uni shu bloknotning birinchi betiga qo‘yasiz. Istasangiz, yopishtirib 
qo‘yishingiz ham mumkin. Sababi, siz maqsadingizni har kuni bir necha marta ko‘rib 
turishingiz kerak. Ko‘z bilan ko‘rib turiladigan narsalar xotiradan osonlikcha o‘chmaydi. 
Shuningdek, bu sizga psixologik bosim bergan holda oldinga tezroq harakatlanishga undaydi. 
“Loyihalar ro‘yxatini ko‘rib chiqish” degan topshiriqni cheklistingizning “Amaliyotlar” 
bo‘limiga yozib qo‘yasiz. “Time management” tizimlarida barcha narsani oldindan 
rejalashtirish o‘rgatiladi. Ammo bunday qilish mutlaqo xato bo‘ladi. Sababi, biz insonmiz va 
ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Kutilmagan hodisalar biz avvaldan rejalashtirgan 
tuzilmalarni butunlay buzib yuborishi mumkin. Shu bois bizning qiladigan birinchi asosiy 
ishimiz — maqsad (loyiha)ni aniqlash, ikkinchi — uni loyihachalarga bo‘lib chiqish va 
uchinchi — kun davomida har bir loyihachaning birinchi qadamini aniqlab, vaziyatga 
qaragan holda uni amalga oshirib borish. 


36 
Ba’zida ko‘pchilik birinchi qadamni aniqlay olmaydi. Shu paytda “Vaqtni qisqartirish” 
usuli qo‘l keladi. Oldingizda topshiriq bor va siz uning birinchi qadamini aniqlamoqchisiz. 
Shunda tasavvur qilasiz: oldingizga bir qotil keldi va shu topshiriqni uzog‘i yarim soat ichida 
bajarmasangiz, sizni o‘ldirishini aytdi. Shu paytda xayolingizga birinchi kelgan ish 
topshirig‘ingiz bo‘ladi. Bu usul g‘alatidek tuyilishi mumkin, ammo eng samarali usullardan 
biri hisoblanadi. O‘lim oldidagi qo‘rquv insonning o‘zi tasavvur qilmagan imkoniyatlarini 
ochib beradi. Shunda tezroq o‘ylaysiz va tezroq harakatlanasiz. Topshiriqlaringiz vaqtini 
qisqartiring va o‘zingizga savol bering: “Agar yarim soat vaqtim bo‘lganda, hozir nima ish 
qilgan bo‘lardim?” Shunda javob tezda keladi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə