Antidangasalik


Topshiriqlarni to‘g‘ri yozish



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Antidangasalik таҳрир

Topshiriqlarni to‘g‘ri yozish
1.
“Nima qilish kerak?” savoliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishi kerak. 
Misol: universitetga borib, Obid Shukurovich bilan ko‘rishib, fizika kitobini so‘rash.
Siz “Buncha ko‘p yozishga erinaman”, deyishingiz mumkin. Biznesmenlar orasida bir 
gap bor: “Bir soatlik rejalashtirish yigirma kunlik vaqtni tejaydi”.
2.
Maksimal ravishda kam fikrlashga majburlash kerak.
Siz tuzgan topshiriq shunchalik sodda bo‘lishi kerakki, birinchi sinf o‘quvchisi ham 
tushunib, bajarib keta olishi kerak. O‘ylashga imkon qoldirmasligingiz zarur.
3.
Topshiriqlarni bajarish uchun hamma narsa tayyor bo‘lishi kerak.
Siz tuzgan topshiriq birinchi qadamdan iborat bo‘lishi lozim. Misol uchun, “Davlat 
xizmatlari markaziga borib, YTT bo‘yicha hujjat ochish”. Bu topshiriq to‘g‘ri tuzilgandek 
ko‘rinishi, lekin hali to‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Ya’ni siz biror marta davlat xizmatlari 
markaziga bormagan bo‘lsangiz, uning manzilini bilmasligingiz ehtimoli mavjud. Shunda 
topshiriqni quyidagicha tuzishingiz kerak bo‘ladi. “Google-xaritaga kirib, Davlat xizmatlari 
markazini qidirib, manzilni belgilash”. Ushbu holatda siz ishni birinchi qadamdan boshlagan 
bo‘lasiz. Yana shunga o‘xshagan bir misolni keltirsak: siz ertalab yugurmoqchisiz. Agar siz 
yugurish uchun kerak bo‘ladigan sport kiyimlaringizning barchasini avvaldan taxlab 
qo‘ymagan bo‘lsangiz, katta ehtimol bilan ertalab siz yugurmaysiz. Sababi, siz sport 


28 
kiyimlaringizni qidirishga erinishingiz va yana dangasalik qilishingiz mumkin. 
Topshiriqlarni tuzish uchun sizga 10-15 daqiqa yetarli bo‘ladi. Boshlanishiga topshiriqlar 
sonini kamroq qilganingiz ma’qul, keyinchalik ko‘paytirib borishingiz mumkin.
1904-yilda rus fiziologi Ivan Pavlov itlarda o‘tkazgan tajribalari bilan shartsiz refleksni 
kashf qilib, Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan
24
. Itlarning ovqat hazm qilish tizimi ustida 
olib borilgan tadqiqotlar davomida uning tajribasidagi hayvonlar ovqatlansa, so‘lak oqishni 
boshlaydi. Pavlov tajriba davomida har safar itlar ovqatlantirilganda qo‘ng‘iroq tovushini 
eshittirgan va natijada itlar shunchaki qo‘ng‘iroqqa javoban ham so‘lak chiqara boshlagan, 
ya’ni hayvonlarning so‘lak bezlari va qo‘ng‘iroq orasida shartsiz refleks hosil bo‘lgan. 
Pavlov tajribasidan keyingi o‘tkazilgan ko‘plab tajribalar natijasiga ko‘ra, insonlarda ham 
shartsiz reflekslar ular doimiy shug‘ullanadigan narsalar bilan amalga oshadi. Agar siz 
doimiy ravishda bloknotga rejalar tuzib, birma-bir bajarishda davom etsangiz, oradan vaqt 
o‘tgach, siz bloknotga tushgan vazifalarni shartsiz refleks oqibatida shu zahotiyoq 
bajaradigan bo‘lib qolasiz. Sizda “Stikerlarga topshiriqlarni yozmasdan ham bajarib 
ketaversam bo‘ladimi?” degan savol tug‘ilishi mumkin. Albatta, bo‘ladi, ammo 
samaradorligingiz bir necha barobarga tushib ketadi. 
II Bobda o‘rgangan narsalarimizga ko‘ra, jadvalimiz quyidagi ko‘rinishni oladi. 
Kitobning keyingi bobini ikki kundan keyin, bugun bilib olgan narsalaringizni amalda 
qo‘llaganingizdan so‘ng o‘qishingizni tavsiya qilamiz.
Sana:
Uyqu soatlari 










Bajarilgan topshiriqlar soni 










Ekranda tungi va o‘qish rejimi 










2 daqiqa hech narsa qilmaslik 












29 
Qarmoqlar metodini bajarish 










Topshiriqlarni tuzish 












30 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə