Antidangasalik


III BOB  Maqsadlar bilan ishlash



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Antidangasalik таҳрир

III BOB 
Maqsadlar bilan ishlash
Inson borki, orzular bilan yashaydi va uning bo‘lishi tabiiy. Ammo insonlarning katta 
qismi o‘z orzulariga erisha olmaydi. Sababi, orzu — mavhum tushuncha, unda aniq 
chegaralar va miqdorlar yo‘q. Shu bois biz orzularni aniqroq tushunchaga — maqsadlarga 
alamshtirishimiz zarur. 
Ikki turdagi maqsadlar samarali bo‘ladi: birinchisi “Qisqa muddatli” maqsadlar bo‘lib, 
3, 5, 6 oydan to 1 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olishi kerak. Bir yildan ortiq muddatli 
maqsad qo‘ymaslik kerakligining sababi shundaki, insonga ta’sir qiluvchi atrof-muhit 
omillari, o‘qish-izlanish tufayli fikrlash o‘zgaradi. Bir yil avvalgi “Siz” hozirgi “Siz” bo‘lmay 
qolishi mumkin. Shunda hozir xohlayotgan maqsadingizni bir yildan keyin xohlamay 
qo‘yishingiz ehtimoli yo‘q emas. Agar bir yildan keyin sizning fikrlaringizda o‘zgarish 
bo‘lmasa, shunchaki aqliy jihatdan o‘smagan hisoblanasiz, xolos. Ikkinchisi esa missiya 
hisoblanadi. Missiya bu maqsaddan ham, hatto sizning hayotingizdan ham ustunroq bo‘lgan 
narsadir. Missiya — erishish juda amrimahol bo‘lgan maqsad. U butun umringiz davomida 
harakatda bo‘lishingizni ta’minlaydi. 
Qisqa muddatli maqsadlarga imkon qadar bitta vazifa qo‘yish juda muhim hisoblanadi. 
Fokusni bir joyga qaratish orqali maqsadingizga erishishingiz osonlashadi. Deylik, sizda bitta 
maqsad bor va uni amalga oshish ehtimoli 90% bo‘lsin, chunki 100% amalga oshadi, deb 
ayta olmaymiz. Agar siz maqsadingizning yoniga yana bitta maqsad qo‘shsangiz, yuqoridagi 
ehtimollik ikkiga bo‘linadi va u maqsadlarning amalga oshish ehtimoli 45% ga tushib qoladi. 
Siz maqsadlaringiz sonini qancha ko‘paytirishda davom etaversangiz, ularning amalga oshish 
ehtimoli shuncha kamayishda davom etadi. 
Demak, biz bitta qisqa muddatga bitta maqsad qo‘yish kerakligini bilib oldik, ammo 
qanday qilib juda ko‘plab maqsadlarimiz orasidan bittasini tanlab olishimiz mumkin? 
Buning uchun biz sport o‘yinlarida jamoalarning keyingi bosqichga chiqish 
strategiyasidan foydalansak bo‘ladi. Bir dona oq qog‘oz olasiz va shu bir yil ichida amalga 
oshirmoqchi bo‘lgan barcha maqsadlaringizni birin-ketin qatorma-qator qilib yozib olasiz. 
So‘ngra ketma-ketlikda turgan har ikkitasidan bittasini, hozirgi kunda hayotingizni yaxshi 


31 
tarafga o‘zgarishida muhim ahamiyat kasb etadiganini tanlaysiz, qolganlariga e’tibor 
bermaysiz. Ko‘plab maqsadlar orasidan bittasini tanlash qiyin, ammo ikkitadan bittasini 
tanlash oson. Shu zaylda davom etasiz va oxirida sizda faqat bitta maqsad qoladi. Uni amalga 
oshirganingizdan so‘ng shu ishni yana takrorlaysiz.
Quyida bunga bir misol: 
Xuddi mana shu tartibda istalgancha maqsadlar orasidan bittasini tanlab olish mumkin.
Maqsadlar aniq bo‘lishi kerak, shundagina ularga erishish osonlashadi. Maqsadlarni 
tartiblashtirish uchun maxsus 
SMARTER
texnikasi mavjud.
Bu texnikaning paydo bo‘lishi dastlab 1981-yilning noyabr oyida Jorj T. Doran (George 
T. Doran) tomonidan yozilgan “Management Review”
25
jurnali nashriga to‘g‘ri keladi. U 
biznes boshqaruv maqsadlariga ishora qilgan holda 
SMART
maqsadlarni belgilash uslubiga 
bag‘ishlangan. Shundan keyin bu texnika butun dunyo bo‘ylab maqsad qo‘yishda eng 
mukammal texnika sifatida qo‘llana boshlandi. Hozirda uning rivojlangan 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə