Antidangasalik



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Antidangasalik таҳрир

Linenberger tizimi
 
 
Prokrastinatolog Maksim Darafeyevning kitobida shunday tadqiqot
23
keltiriladi: 
intellektual qobiliyatlari taxminan bir xil bo‘lgan odamlarni ikki guruhga ajratib olishgan. 
Birinchi guruhga o‘nta topshiriq birdaniga berilgan, ikkinchi guruhga esa bitta topshiriqni 
bajarib bo‘lishi bilan ikkinchisi berib borilgan. Kun oxiriga kelib natijalarga qaralganda 
birinchi guruh topshiriqlarning 50-60 foizini, ikkinchi guruh esa topshiriqlarning 95-100 
foizini bajarganiga guvoh bo‘lishgan. Shu bois ham Linenberger tizimida topshiriqlarni 
stikerlarga yozish tavsiya qilinadi. Har kuni kechqurun uxlashdan oldin ertangi kunda 
bajarmoqchi bo‘lgan topshiriqlaringizning har bittasini bitta stikerga yozib olasiz va har 
ikkita sitikerni bloknotingizning bitta betiga yopishtirasiz. Stikerlarni bloknotning ikkinchi 
betidan yopishtirib borishingiz kerak bo‘ladi. Birinchi betga birorta topshiriqni tanlab 
yopishtirasiz.
Bloknotning birinchi beti siz uchun topshiriqlarning bajarilish joyi vazifasini o‘taydi. 
Bu qismga yopishtirilgan topshiriq albatta bajarilishi shart. Buni o‘zingiz uchun qonun qilib 
olganingiz yaxshi. Undan tashqari, agar sizda topshiriqlarni yozish jarayoningizda ertaga 
emas, bir necha kundan keyin qilishingiz mumkin bo‘lgan ishlaringiz chiqib qolsa, ularni 
ham stikerga yozib, bloknot markaziga yopishtirishingiz kerak bo‘ladi. Bloknot markaziga 


27 
yozilgan topshiriqlarni bajarish vaqti kelganida ularni birinchi betlarga olib qo‘yasiz. 
Topshiriqni bajarib bo‘lishingiz bilan stikerni olib tashlaysiz va keyingi topshiriq yozilgan 
stikerni birinchi betga yopishtirib, bajarishda davom etasiz. Birorta topshiriqni bajarib 
bo‘lganingizdan keyin bloknotning orqa tarafiga yopishtirib qo‘yib, kechqurun ularni 
sarhisob qilishingiz, nechta topshiriq bajarganingizni belgilab olishingiz mumkin.
Avvalroq aytganimizdek, biz bu yerda energiyani markaziylashtirib olyapmiz. Shu bois 
siz topshiriqlaringizga vaqt belgilashingiz yoki ketma-ketlikda yozishingiz shart bo‘lmaydi. 
O‘zingizning fiziologik holatingizdan kelib chiqqan holda topshiriqlardan birortasini tanlab, 
bajarishni boshlaysiz. Endi topshiriqlarni qanday qilib to‘g‘ri yozish haqida gaplashamiz.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə