Antidangasalik



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Antidangasalik таҳрир

Prefrontal qatlam 
Agar siz prefrontal qatlamingizni shug‘ullantirib, undagi sinaps bog‘larini 
ko‘paytirishga erishsangiz, yuqorida sanab o‘tilgan barcha funksiyalaringizni kuchaytirgan 
bo‘lasiz. Shug‘ullantirish uchun kerak bo‘lgan mashqlarni keyinroq ma’lum qilamiz, chunki 
undan oldin bilib olishimiz kerak bo‘lgan narsalar bor. 
Ko‘pchilik yoshi ulg‘ayib qolgani uchun miyani rivojlantiruvchi mashqlar befoyda deb 
biladi. Ammo bunday emas. Birinchi bo‘lib 1890-yilda psixolog Uilyam Jeyms (William 


12 
James) fanga neyroegiluvchanlik
11
tushunchasini kiritadi. Bu borada hozirgacha bo‘lgan 
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson miyasi doimo o‘zgarish xususiyatiga ega: uni mashq 
qildirsangiz, u qayta tiklanishi, rivojlanishi mumkin. 
Zeygarnik effekti
13 
 
1920-yillarning
14
bir kunida gavjum Vena restoranida o‘tirgan rus psixologi Bluma 
Zeygarnik (Bluma Zeigarnik) ofitsiantlarning mijozlar hali qabul qilib olmagan buyurtmalar 
ro‘yxatini yaxshi eslab qolishlarini va oziq-ovqat yetkazib, chek yopilishi bilanoq bu 
buyurtmalar ro‘yxatini tez unutishlarini payqab qoladi. 
Zeygarnik ushbu hodisani o‘rganish uchun bir qator tajribalar o‘tkazadi. U 
ishtirokchilardan soat 18:00 dan 22:00 gacha oddiy vazifalarni bajarishni so‘radi, jumladan, 
loydan figura yasash, boshqotirma yoki matematik masalalarni ishlashni. Ishtirokchilarning 
yarmi bu vazifalarni tugallamasdan to‘xtatdi va qolgan yarim ishtirokchilar vazifalarni 
tugallashiga qo‘yib berildi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, ishtirokchilardan ular ishlagan 
vazifalar haqida aytib berishi so‘raldi. Shunda vazifani yarmigacha bajargan ishtirokchilar 
vazifani to‘liq bajargan ishtirokchilarga qaraganda 90% yaxshiroq eslab qolgani ma’lum 
bo‘ldi. Tadqiqot natijalaridan xulosa qilgan holda shu ma’lum bo‘ldiki, chala qoldirilgan 
ishlar xotiradan o‘chmagan holda energiyani yutishda davom etadi va bu muhim bo‘lgan 
ishlarga yo‘naltirilgan energiyaning kamayishiga olib keladi. Fanga bu “Zeygarnik effekti” 
nomi bilan kirdi. Zeygarnik tadqiqotidan keyin 1960-yillarda
15
xotira tadqiqotchisi Jon 
Baddeli (John Baddeley), 1982-yilda
16
Kennet MakGrou (Kenneth McGraw) va Jirina Fiala 
o‘z tadqiqotlari bilan Zeygarnik effektini tasdiqladi. 
Demak, biz o‘zimizdagi bitmagan ishlarni miyadan chiqarib tashlashimiz kerak bo‘ladi.
Buning uchun Dovranbek Turdiyevning “Antidangasalik” treningida keltirib o‘tgan 
“Qarmoqlar metodi”dan foydalanish juda samarali. 
Quyida jadvalning o‘zi bor. Sizga bu jarayonda bitta ruchka va oq varaq kerak bo‘ladi. 
Jadvaldagi har bir so‘zni o‘qiysiz va xayolingizga kelgan, qolib ketgan ishlaringizni yozib 
olasiz. Keyin ularni amalga oshirish bo‘yicha rejalar tuzib qo‘yasiz. Siz o‘zingiz uchun 


13 
maxsus jadvalni ham tuzishingiz mumkin. Bu ishni cheklistingizning “Amaliyotlar” 
bo‘limiga yozib qo‘ygan holda har kuni bir marotaba bajarasiz. Bu sizdan uzog‘i besh daqiqa 
vaqt oladi. Bir oydan keyin har haftada bir marta bajarishingizning o‘zi yetarli bo‘ladi. 


14 


15 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə