Antidangasalik


Topshiriqlarni to‘g‘ri tuzish



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/27
tarix22.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97705
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Antidangasalik таҳрир

Topshiriqlarni to‘g‘ri tuzish
Bizning miyamiz asosiy ikki xil tizimdan iborat: biri — “O‘ylovchi” va ikkinchisi — 
“Bajaruvchi” tizimlar. Kaneman modulida biz “O‘ylovchi” tizimning o‘zi qanday tuzilganini 
ko‘rib chiqdik. Biz ko‘pincha bu ikki tizimni bir paytda ishlatishga urinamiz va bu bilan ish 
samaradorligini keskin tushirib yuboramiz. Misol uchun, siz bugunning hisobida qilishingiz 
kerak bo‘lgan bir nechta ishlarni xayolingizda reja qilib olasiz va shu bilan bajarishga 
urinasiz. Kechga borganda siz qilmoqchi bo‘lgan ishlaringizning bir nechtasini unutib 
qoldirgan bo‘lasiz yoki ba’zilarini qilishga layoqatingiz bo‘lmagan bo‘ladi. Buning sababi 
yuqorida aytib o‘tilgan “Zeygarnik effekti” bilan bog‘liq. Ya’ni siz bajarmoqchi bo‘lgan 
ishlaringizni xayolingizda ushlab turish oqibatida ularga ko‘p energiya sarflab yuborasiz va 
bajarishga kelganda bu energiya sizda yetarli bo‘lmay qoladi. “O‘ylovchi” va “Bajaruvchi” 
tizimlarni alohida ishlatishimiz uchun daftar tutib, ishlarimiz ro‘yxatini yozib borishimiz 
kerak bo‘ladi. Kundalik tutishni ko‘pchilik yoqtirmaydi, ammo bu juda muhim. Siz kundalik 
rejalarsiz ikki tizimingizni alohida ishlata olmaysiz. Kundalik tutishning, topshiriqlarni 
to‘g‘ri tuzishning ham o‘z qoidalari mavjud. Biz “time management” bilan shug‘ullanish 
jarayonida kundalik daftar tutib, topshiriqlarni tuzganmiz, ammo ko‘pchilik buni tashlab 
qo‘ygan. Sababi shundaki, topshiriqlarni tuzishda xatoliklar ko‘p bo‘lgan. Odatda biz 
toshiriqlarni quyidagicha tuzamiz: 
1.
Kitob o‘qish
2.
Vazifalarni bajarish
3.
Bozorga borish
4.
Telefon
5.
Universitet


26 
6.
Behruz ….. va hokazo. Ko‘rib turganingizdek bunday toshiriqlar ro‘yxatida aniqlik 
mavjud emas. Siz bloknotni ochib, topshiriqni o‘qiganingiz bilan yana shu topshiriq haqida 
o‘ylashni boshlaysiz. Misol uchun, “Kitob o‘qish” topshirig‘ini o‘qiganingizda savol 
tug‘iladi: “Qaysi kitobni o‘qish kerak edi?”, “Qancha bet o‘qishim kerak edi?”, “Qaysi 
mavzusini o‘qishim kerak edi?” va hokazo. “Behruz” degan topshiriqni ko‘rganingizda yana 
savollar tug‘iladi: “Qaysi Behruz?”, “Behruzga nima berishim kerak edi?”, “Behruzga nima 
deyishim kerak edi?”, “Nega Behruzni yozdim o‘zi?” va hokazo. Bu topshiriqlarda umuman 
yuqoridagi ikki tizim ajratilmayapti, ya’ni samarasiz ish bo‘lyapti. Topshiriqlarni qanday 
to‘g‘ri tuzish mumkin? Bunda bizga vazifalarni to‘g‘ri tuzish bo‘yicha mutaxassis Maykl 
Linenberger (Michael Linenberger) tizimi
22
yordam beradi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə